O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti
Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya, psixoterapiya
kafedrasi
Tibbiy psixologiya va psixoterapiya
fanidan tarqatma material
VI kurs
2
Mashg‘ulot
1
Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida
tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot
normada, tekshirish usullari.
Tibbiy ruxiy xolat o‘rganadi va tavsiya qiladi xammasidan ko‘ra oson yo‘llari tasir etishga, ruxiyatga va
salomatlik odamni tiklashga, meyordagi ruxiy tashqi qiyofa, xar qanday odamni o‘zining qaytarilmas va
o‘ziga xoslik vujudga keltirish va ruxiyatini o‘rganadi.
Bunday xolatlarda tarix rivojlanishi mumkin xolatlar aks etadi.
Ular biriktirilgan:
-
Odamning murakkab genetik kodiga
-
Organizmning pre va perinatal davrlari biogologik davrlarida
-
Postnatal va jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos xusiyatlari
Ushbu bosqichlarda farqlar sharoitlar, muxitlar organizmning rivojlanishinning o‘ziga xos xususiyatlarini
ta’minlanyapti va malum bo‘lishicha ruxiyatni rivojlanishida bosh sababchi xisoblanadi.
Ko‘p davlatlarda insonning individualligi rivojlanishiga bog‘liq. E.Krechmer insonning ruxiy o‘ylovlari tana
tuzilishi va tendensiyasiga bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Asosiy klinik tekshiruv usullari – intervyulash va kuzatuv. Psixologik testlarga tayyorlash. Zamonaviy
psixologiyaning asosiy metodlari.
Kuzatish. Psixologning maqsadli va rejali ravishda o‘rganilayotgan obektda kechayotgan psixik jarayonlarni
qabul qilishi va fiksatsiyalashi.
Tajriba. Tajriba orqali tekshiruvchi psixikani o‘rganilishi kerak bo‘lgan qirralarini ochib beradi. Tajribani 2
xil usuli mavjud. -laborator va tabiiy. Laborator usul maxsus muassasalarda o‘tkaziladi va bu metod maxsus
psixologik apparaturani talab etmaydi. Psixologik laborator tajribalar fizik, fiziologik tajribalarga nisbatan
ancha murakkab hisoblanadi, chunki bunda bemor o‘z xohishiga binoan bu tajribani boshqarishi mumkin:
tajribani tezlashtirish yoki aksincha; o‘zini notabiiy tutishi va hk.
Suxbat usuli. Bunda kuzatuvchi maxsus savollar orqali bemor bilan suhbatlashadi va uning javob
reaksiyasiga qarab bemorning psixikasini o‘rganadi. Bu usulni samarasi bemorni qay darajada tayyorlanishi
va kuzatuvchi tajribasiga bog‘liq. Bunda psixolog savollarni oldindan aniq va puxta tayyorlashi, suhbat
rejasini to‘g‘ri tuzishi kerak. Savollar to‘g‘ri ma’noli va bemorga javob berishi uchun qiyinchilik
tug‘dirmasligi kerak.
Inson tafakkur mas’ulini analiz qilish usuli. Bunda bazi psixologik jarayonlar bilvosita ya’ni uning tafakkur
mahsulini sintez qilish orqali o‘rganiladi. Psixologik analiz ob’ektlari; badiiy kitoblar, kartinalar,
konstruksiyalar va hk. Ayniqsa kuzatuvchining kundalik daftari, xatlari, tugatilmagan boshqa ijodiy ishlari
qimmatli material hisoblanadi.
Biografik usul. Bemorni hayot tarixi asosida o‘rganish usuli. Boshqa usullar bilan birga o‘tkaziladi.
Anketa usuli. Jamoa tarzida so‘rovnoma o‘tkaziladi. Anketa bu 5 dan 25 gacha bo‘lgan savollardan iborat
varaqa hisoblanib quyidagi kategoriyalardagi insonlarga taqdim etiladi; o‘quvchilar, talabalar, yosh
ishchilar. Javoblarga qarab ularning qiziqishlari, ideallari, maqsadlari, tahlillarini o‘rganiladi.
Testlash usuli. Test bu psixodiagnostik xarakterdagi maxsus tanlangan savollardan iborat.
Intervyulash usuli. Eng qadimgi usullardan hisoblanib, bemor bilan suhbatlashishga asoslangan. Bunda
maxsus sharoitda bemor bilan suhbat davomida kerakli informasiyalar olinadi. Demak, intervyu bu maqsadli
suhbatdir. Vrach maqsadi kerakli ma’lumotni yig‘ish va uni ma’lum maqsadda ishlatish. Masalan, bemorga
kerakli terapevtik yordamni tashkil etish. Suhbatni shifokor boshqaradi, shu bilan birga bemorni gaplashishi
uchun kerakli sharoit yaratadi. Vrach vazifasi- intervyu yo‘nalishini kuzatish va suhbatni nazorat qilish.
Intervyulashni umumiy qoidalari.
1) suhbatdoshni tinglay olish va u bilan suhbatlasha olish. Tinglash qobiliyati bilan bemorni ishonchini
qozonish, u bilan jiddiy muammolarni bo‘lishish mumkin. Agar bemor o‘z xohishi bilan kelgan bo‘lsa u
bemalol gaplasha oladi, lyokin majburan birovning qistovi bilan kelgan bemorlar bilan suhbatlashish ancha
qiyin. Shuning uchun ularning ishonchini qozonish muhim. Bunda suhbatni samimiy olib borish, ayni
3
damda bemor tomonga og‘ib ketmasligi kerak. Suhbatni so‘rashish yoki chalg‘ituvchi mavzulardan boshlash
kerak. Bemor gaplarini sharhlash, unga qiziqishni ko‘rsatish, suhbatni boshqarish kerak.
Intervyulashni maxsus qoidalari.
1) Jumlani qayta qurish. Masalan 40 yoshli bemor u onam tug‘ilgan kunimda menga uyinchoq mashina
sovga qilgandi, lyokin u ishga ketgani va menga tug‘ilgan kun uyushtirib bermagani uchun undan jahlim
chiqqan. Shuning uchun unga rahmat aytmaganman, men uni xafa qilganmikinman? Vrach u onangiz sizga
sovg‘a olgan va bu unga qancha qiyin bo‘lganini tushunmmaganingizni aytyabsizmi? deyishi kerak.
2) Tuyg‘ular aksi. U ilgari siz onangizni yaxshi ko‘rganingiz va jahl qilganda buni unutishingizni
aytganmidingiz?
3) Idrokni tekshirish. Tushunishimcha sizning tuyg‘ularingiz chalkash bazida onangizni yahshi ko‘rasiz
bazida esa yo‘q. Shundaymi?
Gilmor bunday ma’lumotlar yuborishni 2 xil usulini aytgan; verbal va noverbal.
Verbal:
- savol berish,
- bemor gaplarini to‘g‘ri tushunish,
uning hissiyotlarini to‘g‘ri aks ettirish.
Noverbal:
- ishora orqali o‘tirishga taklif qilish jilmayish,
- bosh bilan tasdiqlash,
- yig‘layotgan bemor yelkasiga urib qo‘yish va h.k.
Ma’lumotni qabul qilish:
Verbal:
-tinglash,
-bemor hislarini tushunish.
Noverbal:
- ovoz o‘zgarishini kuzatish,
- terlashi qizarishini, qo‘llarini chalkashtirishini kuzatish.
Va nihoyat bemor va shifokor ma’lumot almashgandan so‘ng yakuniy bosqichga o‘tiladi.
1) Vrach bemorga minnatdorchilik bildirishi, bemorni suhbat davomidagi negativ tuyg‘ularini aytish
masalan hayajonlanganini.
2) Intervyu xulosasini qisqa bayoni va keyingi etap haqida aytish
3) Va intervyu oxirida “syokin tipdagi bomba” fenomenini hisobga olib bemorga pozitiv malumotlar berish
uni qo‘llash.
Sog‘lom bola psixologiyasi
Sog‘lom bola psixologiyasi va o‘zini tutish asoslari va o‘zini o‘rganish aktual muammo xisoblanadi.
Maktabgacha bo‘lgan bolalik bola psixik rivojlanishining katta va javobgar davridir. Shu davrda shaxsiyat
rivojlanishi boshlanadi. Maktabgacha bo‘lgan davr oralig‘ida bolada faqatgina ruxiy funksiyalar
rivojlanmasdan tafakkurning murakkab ko‘rinishlari masalan o‘yin kattalar bilan muloqotlar rivojlanishi
mumkin. Uyinchoqlar yordamida bola rang, shakli ovozi va boshqalar bilan tanishadi. Keyin u - qila
boshlaydi: otishni uyinchoqlarni, siqishni va boshqalarni o‘rganadi.
Kommunikativ tayyyorgarlik – odamlar bilan qonuniy va norma bo‘yicha muloqot qilishda ko‘rinadai.
maktabgacha bo‘lgan yillarda bolalarning sotsializatsiyasi agressivligi kuchayadi. Ular boshqalarining ruxiy
stress xolatlariga adekvat reaksiya qiladi.
Kognetiv tayyorgarlik – bunda bilish protsessorlarini rivojlanish: diqqat, fikrlash xotira, tasurot.
Animizm – jonsiz narsalarga va xayvonlarga insoniy xislatlarni berish (misol: tulki – ayyor, ayiq – qo‘pol,
kuchuk – vofodor.).
Shaxsiy tayyorgarlik – samaaktualizatsiyada ko‘rinadi. Inson o‘zini xursandchilik bilan qanday inson, u
shunaqa, sevgi va zavq bilan o‘zini namoyon qiladi. Qizlar bu ko‘rinish lotofatli ekanligi bilan, o‘g‘il
bollalarda esa effektivlik bilan na’moyon bo‘ladi.
4
Shaxsiyatni davo qilish – muvoffaqiyatli va mukoffaqiyatsiz yo‘llar bilan rivojlanadi. Bola boshqalar
oldidagi o‘zining ustunligi bilan tasdiqlanadi.
Men konsepsiyasining – rivojlanishi o‘zida uchta aspektn oladi:
Baxolash aspekti – bola o‘zini qiyin baxolaydi.
Kognetiv aspekt – o‘ziga nisbatan imkoniyatlari ko‘rinishida nomoyon bo‘ladi.
Emotsional aspekt – agar katta odam o‘zini yoshligini eslay olsa bunda emotsional fon rol o‘ynaydi. Bunda
bolalarni chizgan rasmlari orqali yaxshi tushinladi.
O’smir va o‘spirinlar psixologiyasi
O’spirinlik davri – ruxiy rivojlanishning javobgar bosqichlaridir. Qayta qurilish o‘smir markaziy nerv
sistemasiga o‘xshash jinsiy gormonlarninng kuchli tasiri uning ruxiy rivojlanishi asosida yotadi. O’zini xis
qilish intensiv rivojlanadi atrof muxit analiziga nisbatan. Bu yoshda jinsiy extiyoj kuchayadi. O’smirlar,
kattalar tasiridan qochi ga xarakat qiladi. U xar kanday sharoitga o‘zicha yondashadi. Xulqni buzilishi
akseleratsiyani rivojlanishi bilan bog‘liq. 10 yoshda bola og‘ir vazmin bug‘ladi, 11 yoshda impulsiv
tasirchan ota onaga nisbatan qarshilik qiladi. 13 yoshda o‘zidan ketadi (xaddidan oshadi). 14 yoshda aktiv
kirishuvchan bo‘ladi. 15 yoshda urushqoq ota-ona bilan ziddiyatli muomilada bo‘ladi.
O’spirinlik yoshi qiz bolalarda 16 yoshdan 19 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda esa 17 yoshdan 22 yoshgacha
bo‘ladi. O’spirinlik 2 davrga bo‘linadi.
1.
14-15 yoshdagi kriz, bolalikdagi munosabatladan xoli bo‘ladi.
2.
17-21 yoshdagi kriz – o‘zini yolg‘izday xis qiladi.
14-17 yoshli kriz 2 ta fazaga bo‘linadi:
1.
Pozitiv faza. Bola falsafiy savollar bera boshlaydi, sherlar yoza boshlaydi, kundalik to‘ta boshlaydi,
diqqat markazda bo‘lishga xarakat qiladi.
2.
Negativ faza. Bezovtalik, trevoga, tasirchan, agressiv xammaga qarshi turishga xarakat qiladi.
Qizlada 2-9 oy, bolalarda 1,5-2 yilgacha davom etadi.
Qarilik yoshidagi psixologiya
Normal fiziologik qarilikda sezgi organlarining o‘zgarishi, emotsional o‘zgarishlar va motorika o‘zgaradi.
Odamlar noaktiv bo‘lib qoladi, atrofga va atrofdagilarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘ladigan bo‘lib
qoladi. Ayrim tejamkor odamlar qizg‘anchiq, bezovta bo‘lib qoladi. Kayfiyati tez-tez tushib ketadi. Bir
qancha tipik sindromlar paydo bo‘ladi: affektiv, deprissiv, maniakal sindromlar, qo‘rquv sindromi, vasvasa,
xotira pasayishi, xushni buzilishi kuzatiladi. Xarakat faoliyatiniyam pasayishi, xavfli suitsidlar uyushtirishga
moyil bo‘lib qoladi. Tibbiy psixolog barcha oila azolaridan, qarindoshlaridan, poliklinikadan, tanishlaridan
anamnez yig‘ib tashxis qo‘yishi lozim.
Idrok bu – sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etish orqali predmet va xodisalarni bir butun bo‘lib
ongimizda aks ettirilishidir.
Unga – predmetni fondan ajratib olish aktivlik, appersepsiya, konstantlik, tanlash, maqsadli xarakat, idrok
etish umumiyligi xosdir. Bu analiz va sintezni aktiv jarayoni bo‘lib, oldingi kechinmalarga asoslangan
holatda yo‘lga qo‘yilishi. Idrok etish jarayonida predmetning aniq obrozi yaratiladi. Buning uchun oldingi
malakaga asoslanib aloqani tiklash, solishtirish, taqqoslash va natijani baxolash kerak.
Inson idrok qilishda nimanidir tashqaridan qabul qiladi, kerakligini tanlab oladi. Masalan: poliklinikaga
borayotganda koridor, eshik, plakat va odamlarni ko‘radi lyokin uning etibori shifokor xonasi eshigida
osilgan yoziqga qaratilgan bo‘ladi (tanlovli idrok).
Opersepsiya – bu insonni oldingi malakasiga asoslangan xolatda predmet va voqeylikni idrok etishdir.
Bunda idrok etish aktida insonga quyidagi imkoniyatlarni beradi: shakli va kengligi, rangi va xidi, borliqdagi
va vaqtdagi xolatni tasavvur qilish. Materiya bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib sezishni xosil qiladi.
Xis qilish – bu sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etib, predmet va xodisalarni aloxida xossalarini inson
ongida aks etish jarayonidir. Sezish sifati – bu ichki xis qilish moxiyati. Masalan: ko‘rish sezgisining sifati
bu rang, eshitishniki bu tovushlar.
Tasavvur qilish- bu o‘tmishda qachondir idrok etilgan va qabul qilingan obrozlarni jonlanishi. Tasavvur
qilish umumiy xarakterga ega bo‘lib predmetning aloxida xususiyatlarini aniq tasavvur qilmaydi. Tasavvur
5
qilish mezoni inson irodasini aktiv ishga solganda chaqiriladigan bo‘lib, doimiy bo‘lmagan, o‘tib ketuvchi
xarakterda bo‘lishi mumkin.
Eydetizm – oldin idrok etilgan voqea, xodisa va predmetlarni teskari aksini tasavvur etish. Buning quyidagi
turlari mavjud: ko‘ruv, eshtuv, taktil. Bularda obroz yetarli darajada aniq idrok etiladi. Ta’surotni qabul
qilishdan farqli xolatda idrok etish xodisa yoki predmetni aloxida xossalarini ko‘rish emas balki predmet va
xodisalarni bir butun qilib ularning sifatlarini xam qabul qilish jarayonidir. Tasavvur va idrok etishning
umumiy tomoni bo‘lib ta’sir etuvchining bevosita sezgi a’zolariga ta’sir qilishi xisoblanadi.
Idrok qilish jarayoni shartli ravishda ikki etapga bo‘linadi.
1) Persepsiya – sezgi a’zoyimizga ta’sir etish orqali bevosita ob’ekt xaqida ta’surot xosil bo‘lishi. Bu
etapning asosi bu ta’surotni qabul qilish va shu orqali xayratlanishdir. Bu xildagi idrok etish ixtiyorsizdir.
2) Appersepsiya – buning mexanizmi asosida antitsipatsiya (xayratlanishdan oldingi xolat) yotadi. Bunda
shaxsning individual malakasiga asoslangan xolda obrozni aniqlab uni taqqoslaydi tasvirlaydi va aniqlaydi.
Bu turdagi idrok etish extiyoriy xisoblanadi. Bu jarayon quyidagilar bilan bog‘liq: xayolda yaratilgan
tasavvurga shuningdek bunda fikrlash, gapirish, xotira mexanizmi ishga tushadi.
Idrok etishning asosiy xarakteriga quyidagilar kiradi: konstantlik, predmetlik, butunlik va umumiylik.
Kostantlik (doimiylik) – obroz va predmetning idrok qilish shartini nisbiy mustaqilliligi va uning
o‘zgarmasligi bilan namoyon bo‘ladi. Bular predmet rangi, shakli, o‘lchami doimgidek qabul qilinishidir.
Ulardan kelayotgan signallar doimo o‘zgarib turishiga qaramasdan. Konstantlikning axamiyati juda katta.
Agar bu xossa bo‘lmaganida bizning maqsadga yo‘nalgan xarakatlarimiz predmetgacham bo‘lgan xar
qanday masofa boshimizni arzimagan burilganda yoki yoritilish o‘zgarganda inson o‘rganayotgan xamma
asosiy belgilar o‘zgargan xolatda qabul qilinar edi.
Predmetlik – ob’ekt aloxida bir biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan jamlanma sifatida emas, balki kenglikda
va vaqtda bitta aloxida yagona fizik tana deb qabul qilish bilan namoyon bo‘ladi.
Butunlik – bunda idrokning ikkita o‘zaro bog‘liq aspekti bor: xar xil elementlarni bir butun qilib birlashtiradi
va element sifatlaridan ozod xolda (ma’lum chegarada) xosil bo‘lgan bir butun birlik. Bunda predmet to‘liq
bo‘lmagan elementlar jamlanmasidan tashkil topgan xolatda idrok qilinadi va xayolda tasavvur qilish orqali
oxirgi shaklgacha yetkaziladi.
Umumiylik idroki – xar bir obrozni bitta ob’ekt sinfiga kirishi. Umumiylik idroki xodisa va predmetni
o‘rganishni emas balki ularni klassifikatsiyalashga yordam beradi. Lekin ularning ayrim xossalarini oldindan
ko‘radi.
Idrok qilish – guruxlardan yana birini quyidagilar tashkil etadi. Bular xajm, aniqlik, to‘lalik, tezlik.
Idrok xajmi – bu bitta idrok aktida inson qabul qila olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni.
Idrok aniqligi – bu qabul qilinayotgan ob’ektga nisbatan mos keladigan obrozni xosil bulishi.
Idrok tezligi – bu xodisa yoki predmetni adekvat idrok etish uchun kerak bo‘lgan vaqt.
Illyuziya – (lot. Illusere - aldash) real mavjud bo‘lgan ob’ektni noto‘g‘ri, o‘zgargan xolatda idrok qilish.
Tashqi yo‘k ob’ektni idrok qilish bilan gallyutsinatsiya shunisi illyuziyadan farq qiladi. Illyuziya chaqirilgan
bo‘lishi mumkin: fizik (sinish qonuni), fiziologik (e’tiborsizlik natijasida yoki o‘ta charchash fonida) psixik
buzilish sababli.
- Affektiv illyuziya – kuchli affektli xissiyot natijasida masalan qo‘rquvda yuzaga keladi. Bunga misol
devordagi veshilkadagi palto qandaydir daydi odamday, stul yelkasidagi galstuk o‘rmalayotgan ilondek
tuyiladi. Illyuziya psixik sog‘lom va psixik bemor odamlarda yuzaga keladi. Illyuziya yuzaga kelishiga
tashqi muxit xam aloqador, aniq idrok qilishga xalaqit qiladigan xolatlar: yoritilishning yomonligi, shovqinli
joylar, notanish joylar.
- Verbal illyuziya – (lot.verbalis-cezish) bu quyidagilar bilan namoyon bo‘ladi so‘zlar ma’nosini noto‘g‘ri
idrok qilish, atrofdagilarni gaplarini noto‘g‘ri qabul qilish, bunda atrofdagi insonlar bemorga ta’luqli
bo‘lmagan gaplarni gaplashayotganda ularning suxbatini eshitib xuddi uni urshayotgandek,
kamsitayotgandek, ayblayotgandek qabul qilishidir.
- Pareydolik illyuziya – (gr.pare-atrofida+eidolos-obraz) persepsiya buzilishi xaqiqiy bor obrazni boshqacha
qabul qilish odatda g‘ayratomus, fantastik xolatda qabul qilish. Masalan: devor gul qog‘ozida (oboy)
bezakni katta qurbaqadek, osmondagi bulutlarni inson yozig‘idek.
Shuningdek illyuziyalarni sezgi organlariga qarab bo‘linadi: ko‘ruv, eshituv, xidlov, taktil va boshqalar.
6
Sezgi - bu oddiy psixik jarayon bo‘lib tashqi dunyodagi predmetlarni sezgi organlarimizni retseptor qismiga
bevosita ta’sir qilishi natijasida materialli dunyodagi predmetlarni aloxida xossalarini va organizmning ichki
xolatini aks etishidir (rang, yorug‘lik, issiklik, og‘rik va boshqalar).
Tashqi va ichki dunyoning ob’ektlari MNSga bevosita ta’sir etmasdan balkim eksteroretseptorlar va
intraretseptorlarga orqali ta’sir etadi.
Ekstrotseptiv sezgi – bu tananing yuzasida joylashgan retseptorlarga ta’sir qilish natijasida yuzaga keladi:
ko‘ruv, eshituv, ta’m va teri. Ekstrotseptiv sezgi 2 turi farqlanadi:
- distatsion (masofali) – bu predmetlarni ta’sirini bevosita kontakt bo‘lmagan xolatda tashqi dunyodan qabul
qilish (ko‘ruv, eshituv, xidlov).
- kontaktretseptorlar – bunda ta’sirlovchi bilan bevosita ta’sirlanishi kerak, (bunga ta’m bilish, xar xil taktil
sezgilar, vibratsion sezgi va boshqalar).
Introretseptov sezgi – (yoki organiq) bu ichki organlarni innervatsiya qiluvchi nerv tolalari oxiriga
ta’sirlovchini ta’siridan yuzaga keladi. Retseptorning qismlari ichki organlarning tuqimalarida joylashgan
bo‘lib organizmning ichki sharoit xaqidagi ma’lumotlarni olib boradi. Ular 2 guruxga bo‘linadi.
Introretseptorning asosiy faoliyati bu ichki organlarning xolati xaqida ma’lumot yetkazishdir.
- Proprioretseptorlar – mushaklarda, bog‘lamlarda va vestibulyar apparatda joylashgan bo‘lib insonning
tanasini xolati va tana oxirlarining bir-biriga nisbatan joylashishi xaqidagi ma’lumotlarni olib boradi (o‘zini
kilayotgan xarakatlarini sezgi va tanasin fazodagi xolatini sezish).
Sezgining asosiy va muxim xarakteristikasi sezish bo‘sag‘asi xisoblanadi-ta’sirlovchilarning kanchaligi va
ularning sezgini chaqirilishidir. Absolyut, differensial va operativ sezish bo‘sag‘asi farqlanadi.
Absolyut sezgining past bo‘sag‘asi (yoki sezish bo‘sag‘asi) deb - zurg‘a sezgi xissini chaqiruvchi
ta’sirlovchining minimal darajasiga aytiladi, absolyut sezgining yuqori bo‘sag‘asi deb - maksimal darajada
kattalikdagi ta’sirlovchining ta’sir etishidir.
Differensial sezish bo‘sag‘asi deb – ikkita ta’sirlovchi orasidagi minimal farq yoki ikkala ta’sirlovchini eng
past yoki zurg‘a ikki xil sezish xissini chaqirish qobilyatidir.
Operativ sezgi bo‘sag‘asi deb – signallar orasidagi eng minimal, kichik farq bo‘lib bunda aniqlik va tezlik
fark maksimal darajaga yetadi.
Sezgi xarakterlanishi mumkin: balandligi, yorqinligi, tovushini jarangdorligi bilan.
Sezgi uzgaruvchanligining qonuniyatlari:
- adaptatsiya – ta’sirlovchining uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida sezishni o‘zgarishi va sezgi
analizatorlarining unga ko‘nishi.
- sensibilizatsiya – ichki psixik omillar ta’siri natijasida analizatorning sezuvchanligining oshishi.
- desensibilizatsiya – bitta analizator kuchli qo‘zg‘alishi natijasida ikkinchi analizatorning tormizlanishi.
- kontrast – faoliyat xossasiga qarama–qarshi xolatda, sezgirlikni bitta xossasini oshishi boshqa xossalar
natijasida.
-sinesteziya – assotsiativ inomadal sezgi; reallikka mos masalan: limonni ko‘rganda nordon ta’mni sezgi.
Xissiyot – bu insonga ta’sir qilayotgan omilni baxolash bilan bog‘liq bo‘lgan xolat. quyidagi formalarda
namoyon bo‘ladi- siqilish, mamnun bo‘lish yoki mamnun bo‘lmaslik.
Xissiyot – bu psixik faoliyatning asosiy tomonlaridan biri bo‘lib, insonni o‘rab turgan xodisa, vokealarga va
o‘ziga nisbatan munosabati va uni ichki kechinmalarda aks etishidir. Bu xolat insonni psixik xolati va
somatik protseslarida katta axamiyat kasb etadi.
Biz ko‘pincha xissiyot bilan sezish jarayonini bitta deb o‘ylaymiz. Xissiyot kandaydir bo‘layotgan sezgi
xodisasiga nisbatan bevosita, vaqtinchalik xis qilish xolatidir. Shuning uchun xissiyot sezgi tushunchasi
bilan bog‘liq. Xissiyot bir kator xossalariga ega: sifati, tarkibi, yo‘nalishi, davomiyligi, namoyon bo‘lishi,
namoyon bo‘lish manbasiga va boshqalari.
Shuningdek ijobiy, salbiy, neytral, aktiv(stenik) va passiv (astenik) xissiyotlar farqlanadi.
Stenik (gr. stenos- kuch) – bu xissiyot organizmni aktivligini, energiyasini va xayot faolligini orshiradi.
Astenik (gr.astenos- kuchsizlik, xolsizlik) – bu aksincha aktivlikni va organizmdagi xamma xayotiy
jarayonlarni pasaytiradi.
7
Stenik xissiyotga misol bo‘lishi mumkin xursandchilik xissi, kurashuvchanlikning oshishi yoki
ko‘zgaluvchanlikni, kaxr va gazabni.
Astenik xissiyotga misol bo‘lishi mumkin xursandchilikka qarama-qarshi g‘am, sog‘inch, ezilish.
Astenik yoki stenik xolatga o‘tish xar bir insonda induvidual bo‘lib, nerv sistemasini tipiga bog‘liq. Bir xil
insonlar qo‘rquv xis qilganda muskul kuchi oshadi va u kurgan insoniga tashlanishi va xavf tug‘dirishi
mumkin. Xuddi shu qo‘rquv xissi inson kuchini butunlay tushib ketishiga olib kelishi mumkin «qo‘rquvdan
tizzasi bukilib ketishi» shuning uchun qo‘rquvni ikkita turi farqlanadi: «mobilizatsiyalangan» va
«dezorganizatsiyalangan». Kayg‘u – irodasi bo‘sh insonlarda apatiyani, xarakatsizlikni chaqirishi mumkin,
shu vaqtning o‘zida irodasi kuchli odamlarda ularning kuchi ikki marta oshadi. Ish qilish va ijod bilan
shug‘illanib o‘ziga dalda topadi.
K.Ye.Izard asosiy yoki o‘zi nomlaganidek «fundamental» xissiyotlarni ajratib olgan bu xissiyotlar qolgan
xissiyotlarni belgilab beradi.
Bu: qizikish – ijobiy emotsional xolat, bilish xamda ko‘nikmalarni rivojlantirishga, yangi bilimlarni egallash
yordam beradi, bilim olishni motivatsiyalaydi; xursandchilik, xayratlanish, kayg‘urish, qaxr, yuz ugirish,
qo‘rquv, uyat.
Xodisa va predmetlarga inson tomonildan yuzaga keladigan munosabatga qarab ijobiy xissiyot ya’ni,
(do‘stlik, ota-onalik) va salbiy (yuz o‘girish, antipatiya, kamsitish) bo‘ladi.
Affekt – bu tusatdan yuzaga keladigan qisqa vaqt davom etadigan kuchli kuzg‘alish bqladigan xissiy xolat.
Bu paytda inson o‘z xissiyotini boshqara olmaydi, qisqa vaqt ichida o‘z ixtiyori o‘zida bo‘lmaydi.
Sezish – xissiyotning bir turi bo‘lib bu o‘zida insonning emotsional xolatini birlashtiradi. Bunda insonni
qandaydir xodisa, narsaga munosabati namoyon bo‘ladi.
Astenik xissiyot – g‘amginlik, qo‘rquv, tushkun kayfiyat. Bunda qiyinchilik bilan kurashdan bosh tortadi.
Stenik xissiyoT – bu ijobiy xolat, bu xursandchilik, xayajon, tetiklik bilan bog‘liq.
Intellektual xis – aqliy faoliyat jarayonida yuzaga keladi: qizikuvchanlik, kashf etish quvonchi.
Moralniy xis –etik normalar bilan yuzaga keladi; sevgi, qaxr, simpatiya, qarz va maslaxat.
Estetik xis – yangilik yaratganda va chiroyli narsalarni idrok etganda kuzatiladi.
Praksik xis – xar qanday mexnat faoliyatida yuzaga keladi.
Bazal xissiyot – minimal jamg‘arma bilan yuzaga namoyon bo‘ladi, buning asosida boshqa emotsional
jarayonga yoki xolatga aylanishi mumkin: quvonch, g‘amginlik, qo‘rquv, g‘azab, inkor etish.
Eyforiya – ko‘tarinki xursand kayfiyat, xarakatlarni tetiklashishi va ko‘p gapirish bilan namoyon bo‘ladi.
Ajitatsiya – bu psixopatologik buzilish. Bu affektiv taranglashuv stress oqibatida chakirilgan bo‘lib,
boshqarib bo‘lmaydigan xarakatlar, miyani bo‘sh bo‘lib kolgandek xis qilishdir. Logik muxokama qobilyati
buziladi. Taxipnoye, taxikardiya, ko‘p terlash, ko‘l qaltirashi, rangparlik bilan xarakterlanadi.
Affektiv dimlanish – afffektiv taranglashuv o‘zini tutib turganda xam o‘tib ketmaydigan xolat. Oldin manfiy
emotsiyalar yig‘iladi keyin sababsiz affektiv portlash yuz beradi.
Stress – bu psixik taranglashuv xolati. O’ta qiyin sharoitlarda faoliyat olib borish.
Distress – stressni bir turi, negativ emotsiyalarga bog‘liq bo‘lgan xolatda yokimsiz sharoitga adaptatsiya
xosil qilishga xarakat qilish.
Gedonizm – xuddi xayot prinsipi bo‘lgandek mamnun va xursand bo‘lish.
Atarksiya – qalban xotirjamlik, xayotning xar bir daqiqasini to‘liqligicha qabul qilish.
Uyalish – negativ xissiyot, bunda inson o‘zini yordamga muxtoj, kichkina, axmoq, xech nimaga
yaramaydigandek xis qiladi.
qo‘rquv - negativ xissiyot, bunda inson ko‘zgalgan va vaziyatdan chikishga xarakat kiladi, lyokin tashqi
omillar natijasida inson shu vaziyatida qolaveradi.
Xavf kelishi (trevoga) – manfiy xissiy xolat. Xavflirok nimanidir kutish.
Xavf kelish xolati – ta’sirga nisbatan yuzaga keladigan reaksiya. Bunday xolatda negativ baxolash va boshqa
tomondan agressiya yuzaga keladi.
Bezovtalik – bu shaxsning bir xususiyati bo‘lib, stressga bo‘lgan sezish bo‘sag‘asini pasayishi bilan bog‘liq.
1.
Kuzatuv
2.
Savol-javob
3.
Testlash
4.
Eksperimental usullar
5.
Ko‘ruv
8
6.
Suxbatlashish
7.
Yuz mimikasi, ko‘llarini xarakati kuzatgan xolatda xissiyotni tekshirish
8.
Frustratsion xoaltni tekshirish S.Rozensveyga bo‘yicha.
9.
Lyusher testi, TAT.
Dostları ilə paylaş: |