Shaxsni tekshirish usullari
1. Tugallanmagan gaplar usuli. Sinaluvchiga uning shaxsini ochib beruvchi va atrof-muhitga munosabatini
ko‘rsatib beruvchi bir nechta tugallanmagan gaplarga o‘zi xohlagan so‘zini qo‘yish taklif etiladi. Masalan,
«Men opamni ..... ko‘raman», «Ishxonamiz rahbari menga .....», «Mening ukam....», «Mening erim....»,
«Mening xotinim .....», «Men uni .....», «U meni.....», «Men unga .....», «Mening qo‘l ostimdagilar.....», «U
.... odam» «Men qizlarni ..... ko‘raman», «Men onamni .... ko‘raman». «Men otamni ......ko‘raman»,
«Mening kayfiyatim doimo .....», «Mening kayfiyatim kechga yaqin ......», «Men hayotdan .... yashayman»,
«Men o‘zimni ..... ko‘raman», «Men kelajakka......», «Men .... xohlardim», «Men bolalik davrimdan.......»,
«Mening ota-onam .......bo‘lgan», «Maktabda mening ustozlarim......», «Men gaplashayotgan yigit va qizni
ko‘rsam......», «Menimcha barcha yosh yigitlar va qizlar......», «Kattalar meni.......», «Men
farzandlarimdan......», «Mabodo men o‘lib qolsam, atrofdagilar.....» va h.k. Iloji boricha bu gaplar soni ko‘p
bo‘lishi kerak (20-30 ta). Sinaluvchi gaplarni qanday to‘zishiga qarab uning shaxsini aniqlab olish mumkin.
2. Tematik aperseptiv test (TAT). Ushbu test turli voqealar aks etgan 20 ta syujetli kartinadan iborat.
Sinaluvchi har bir kartinaga qarab hikoya to‘zishi kerak. Shu yo‘l bilan sinaluvchining tasavvuri, qobiliyati,
hissiyoti, voqealarga bo‘lgan munosabati va mimikasiga qarab uning shaxsiga oid ma’lumotlar to‘planadi.
3. Shaxsni har taraflama tekshirishga mo‘ljallangan Minnesot savolnomasi (MMPH). 1957 yil Kettel
tomonidan tavsiya qilingan. Shaxsning barcha xususiyatlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Shuning
uchun ham ilmiy va amaliy psixologiyada ko‘p qo‘llaniladi. Sinaluvchining testda ko‘rsatilgan savollarga
shaxsiy munosabati, ya’ni ijobiy, salbiy va befarqligi o‘rganiladi. Savolnomaning to‘la varianti 187 ta,
qisqartirilgan varianti 71 ta savoldan iborat.
4. Lyusher testi. Bu testni o‘tkazish uchun 6 ta kartadan foydalaniladi: ularning 4 tasi asosiy ranglar –
havorang, yashil, qizil, sariq va 4 tasi qo‘shimcha ranglar – binafsharang, jigarrang, qora, kulrang.
Sinaluvchining qaysi rangni tanlashiga qarab uning ruhiy holati, kayfiyati va shaxsiy xususiyatlari
aniqlanadi.
5. Ayzenk shkalasi ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Anketa 57
ta savoldan iborat bo‘lib, ulardan 24 ta savol ekstraversiya-introversiya shkalasi bilan, 24 ta savol neyrotizm
shkalasi bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan 9 tasi Yo-shkalasi bo‘lib, sinaluvchining savollarga aldamasdan
naqadar to‘g‘ri javob berganligini ko‘rsatadi (XHX bobga qarang). Savolnomaga javob berib bo‘lingandan
so‘ng, savolnoma kaliti yordamida E – ekstraversiya, N – neyrotizm, Yo – yolg‘on ko‘rsatkichlari bo‘yicha
shaxs xususiyatlari aniqlanadi. Sinaluvchida shaxsning qaysi xususiyati, ya’ni ekstraversiya, intraversiya,
neyrotizm ko‘proq namoyon bo‘lganligi va uning temperamenti aniqlanadi. Ko‘rsatkich lar normadan farq
qilsa, sinaluvchiga o‘z shaxsi ustida o‘ylab ko‘rish uchun zarur maslahatlar beriladi. Umuman olganda,
ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm shaxsning tug‘ma xususiyatlaridir. Ekstravertlar xulq-atvori ko‘proq
tashqariga yo‘naltirilgan bo‘ladi, ular o‘z his-tuyg‘ularini boshqalar bilan baham ko‘rib yashashadi, hamma
bilan kirishib ketishadi, ko‘p do‘st orttirishga intilishadi, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishmaydi va ko‘p
gapirishga moyil bo‘lishadi.
Intravertlarda buning teskarisini ko‘rish mumkin, ya’ni ular kamgap, o‘z ichki dunyosini va his-tuyg‘ularini
birov bilan baham ko‘rmaydigan, do‘stlari kam, tashqi tomondan faqat o‘ylanib yuradigan odamni
eslatuvchi shaxslardir. Neyrotizm esa hissiyotga beriluvchanlikni, ortiqcha xavotirni, doimo tarang holatda
yurishni va depressiyaga moyillikni belgilab beruvchi shaxs ko‘rsatkichidir.
Temperament va uning tiplari
Temperament odamning tevarak-atrofdagi voqealarga munosabati va hissiyotining ayrim xususiyatlarini
belgilab beradi. Temperament ong, xotira, aql-zakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu bois ham barcha
temperament vakillari orasida iqtidorli va iqtidorsiz, ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratish
mumkin. Temperamentning to‘rtta tipi ma’lum: sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik. Quyida
ularning har biriga alohida-alohida ta’rif berib o‘tamiz.
Sangviniklar – chaqqon, tirishqoq, mehribon, ta’sirchan kishilardir. Ular tevarak-atrofga tez moslashadi.
Reaksiyalari etarlicha kuchli yoki o‘rtamiyona bo‘ladi. Ular bilimni tez va osongina o‘zlashtirsalar-da,
hammavaqt ham puxta egallamaydilar. Muomalada ular ko‘proq shirinsuxan, gapdon odamlardir.
Sangviniklar ishga osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir bo‘lishadi, lekinmuntazam ravishda mehnat
qilishga ancha qiynaladilar. Shu bilan birga ular tirishqoq va faol bo‘ladilar, boshqalar bilan osongina
muloqotga kirishadilar. Sangvinik temperament, ayniqsa, bolalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
17
Flegmatiklar sangviniklarga qaraganda birmuncha vazmin kishilardir. Ularda shoshmaslik, vazminlik ancha
barqaror bo‘ladi, murakkab hayotiy vaziyatlarda kamharakatlilik ko‘zatilsa-da, qo‘yilgan maqsadga
erishishda birmuncha barqaror, bir so‘zli va dadil bo‘lishadi. Bilimlarni sekinroq o‘zlashtirsalar ham, lekin
puxta egallaydilar. Agar sangvinik alangaga o‘xshatilsa (u tez yonib, tezda so‘nadi), flegmatikka sekin va
o‘zoq yonadigan alanga xos bo‘ladi. Birornarsaga tez javob qilish kerak bo‘lsa, flegmatiklar, ko‘pincha,
vaqtni boy beradilar. Bunda sangviniklar ulardan ustun keladi. Qat’iylik, iroda va sabr-toqat talab
qilinadigan ishlarda esa flegmatiklar ustun keladi.
Xoleriklar his-hayajonga beriluvchi odamlardir. Ularning o‘ziga xos xususiyati jizzakilik va beqarorlikdir.
Xoleriklar faol, ishchan va to‘xtovsiz reaksiyali odamlardir. Ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh
g‘ayrat bilan, goh imillab ishlashadi. Shuning uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidam talab
qilinadigan vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishlari mumkin.
Melanxoliklar g‘amgin, jur’atsiz va ma’yus kishilardir. Salga charchash, biror ishga etarlicha jur’at etmaslik,
o‘z fikrlari va istaklarini qondira olmaslik ular uchun xosdir. Melanxoliklar, ko‘pincha, arzimagan
qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar. Sangviniklar va
flegmatiklar esa qiyinchiliklarni oson engishadi, xoleriklar ularni hatto yo‘q qilib yuboradi. Melanxoliklarda
ijobiy his-tuyg‘ulardan salbiy his-tuyg‘ular ustunlik qiladi. Baxtli voqealarga qaraganda, ularga noxush
voqealar ko‘proq ta’sir qiladi. Shuning uchun ham ular doimo tushkun kayfiyatda yurishadi. Ular zaif va
sust kishilardir.
Ikki temperament vakillari – sangvinik va flegmatiklar turmush qiyinchiliklariga juda turg‘un moslasha
oladilar. Sangvinik va xoleriklar ko‘p tarqalgan temperamentlar sirasiga kiradi. Hayvon va inson uchun
umumiy bo‘lgan oliy nerv faoliyati yoki temperamentlar tipiga qo‘shimcha ravishda I.P. Pavlov odamlarni
fikrlovchi, shoirtabiat va aralash tiplarga ajratgan.
Fikrlovchilarda ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasidan ustun turadi. Bunday kishilar borliqni
vositali fikrlash orqali idrok etadi. Ulardan farqli o‘laroq, shoirtabiatlarda bevosita idrok etish va his etish
yaqqol
ifodalangan bo‘ladi va ularda birinchi signal sistemasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shunga muvofiq
«fikrlovchilar» intellektual faoliyat, tahlil va abstraksiyaga, shoirtabiat kishilar esa san’at bilan
shug‘ullanishga ko‘proq moyil bo‘lishadi (artistlar, aktyorlar, shoirlar). Aralash tipga kiruvchilarning
faoliyati aniq bir yo‘nalishga ega bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, I.P. Pavlov odamlarni
«shoirtabiat» va «fikrlovchi» tiplarga o‘zil-kesil bo‘lishga urinmasdan, balki kishilarda uchrab turadigan ana
shu tip larni ajratgan, xolos.
Xarakter
«Temperament» va «xarakter» tushunchalari bir-biriga yaqin turadi. Xarakter shaxsning muhim va o‘ziga
xos sifatiy tomonidir. Ayni paytda, shaxsning ayrim xususiyatlari ham xarakterga, ham temperamentga
aloqador bo‘lishi mumkin. Xarakter shaxsning yo‘nalganligi, irodasi va faoliyati bilan o‘zviy bog‘langandir.
Xarakterning ko‘p sonli tasniflari mavjudligiga qaramasdan, uning umum qabul qilingan tasnifi hano‘zgacha
yo‘q. Xarakterning xususiyatlari juda ko‘pdir. Uning uchun qat’iyatlilik, shijoatlilik, tirishqoqlik, vazminlik,
dovyuraklik, jasorat va aksincha, jur’atsizlik, qo‘rqoqlik, qat’iyatsizlik, gumonsirash kabi xususiyatlar
xosdir. Insonning individual xususiyatlarini etarlicha aks ettiruvchi xarakterning umum qabul qilingan
tasnifi yo‘qligidan, odatda, xarakterga baho berish uchun unga xos bo‘lgan eng muhim belgilarni shunchaki
sanab o‘tishdan foydalaniladi. Masalan, saxiy, maqtanchoq, quvnoq, yolg‘onchi, kamsuqum, qasoskor, xasis
dovyurak, bag‘ri keng, qat’iyatli. Agar temperament tug‘ma xususiyat bo‘lsa, xarakter ko‘p jihatdan
tarbiyaga va kishining hayot tajribasiga aloqador bo‘ladi. Xarakterni shakllantirishda tarbiya, ta’limberish va
oilaning to‘tgan o‘rnini ham eslatib o‘tish joizdir. Xarakter tana to‘zilishiga bog‘liqmi? Bu savol qadimdan
ko‘pchilikni qiziqtirib kelgan. 1921 yili Ernst Krechmer shu masalaga oid «Gavda to‘zilishi va xarakter»
nomli asarini chop qildiradi. Ushbu monografiyada olim turli somatik konstitutsiyalarni bayon qilgan. Uning
asarida pikniklar o‘rta bo‘yli, boshi, ko‘kragi va qorni nisbatan katta va semizlikka moyil bo‘lgan kishilar
deb ta’riflanadi. Leptosomlar esa o‘zun gavdali, chayir bo‘lishadi. Bu gavda to‘zilishi atletik to‘zilishdan
kam farq qiladi. Diplastik gavdali kishilarda tana nomo‘tanosib to‘zilishi bilan ajralib turadi. Bunday holat
evnuxoidizm va boshqa nuqsonlari bo‘lgan endokrinopatiyalarda ko‘zatiladi. E. Krechmerning fikricha,
leptosom, astenik, atletik va shuningdek, displastik gavda to‘zilishiga ega bo‘lgan kishilar shizofreniya kabi
kasalliklarga moyil bo‘lishadi. Keyinroq E. Krechmer shizoid va sikloidlarga quyidagicha ta’rif bergan:
18
shizoidlar uchun autizm (yolg‘izlikka moyillik), injiqlik, sovuqqonlik xosdir. Sikloid-pikniklarda kayfiyat
o‘zgarib turadi, ya’ni tushkunlik va gipomaniakal elementlar bir-biri bilan almashinib turadi. Xulq-atvorning
xuddi shu xususiyatlari shizotimik va siklotimiklarda ham ko‘zatiladi. Uning fikricha, sog‘lom shizotimiklar
shizofreniyaga uchragan bemorlarning qarindoshlari orasida uchrab turadi, ayni paytda, shizofreniyaga
chalinganlar kasal bo‘lmasidan avval shizoidlar va shizotimiklar hisoblangan.
Sog‘lom siklotimiklar, psixopatik sikloidlar va maniakal depressiv psixozga uchragan bemorlar o‘rtasida
ham xuddi shunday bog‘lanish bor. E. Krechmerning bu nazariyasiga qarshi e’tirozlar ko‘p bo‘lgan va
psixologlar sog‘lom odam xarakterini tana to‘zilishiga bog‘lab o‘rganish noto‘g‘ri deb hisoblashgan.
Sheldon gavda to‘zilishini normal va patologik xulq bilan bog‘lab o‘rgangan. Sheldonning tipologiyasi u
yoki bu embriologik to‘zilmalarning ustun kelishiga asoslangan. U quyidagi uch tipni ajratadi: 1.
Endodermadan taraqqiy etuvchi ovqat hazm qilish sistemasining ustun turishi (endomorfizm). Bu tipga
ishtahaning zo‘r bo‘lishi, quvnoqlik, shirinsuxanlik xos bo‘ladi. Bu temperamentni Sheldon visserotoniya
deb atadi. 2. Mezomorfizmda mezodermadan yo‘l oladigan suyak-mo‘shak sistemasining taraqqiy etishi
ustun keladi. Bu temperament (samototoniya) faollik, hukmronlik bilan tavsiflanadi. 3. Ektomorfizmda
ektodermadan rivojlanuvchi asab sistemasi taraqqiy etishi ustun turadi.
Diqqat
Diqqat ongning birorta ob’ekt yoki hodisalarga yo‘naltirilganligi va ularni tanlab qabul qilishga
qaratilganligidir. Tabiiyki, diqqat ruhiy jarayonning muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Diqqatning
pasayishi ruhiy faoliyatga xalaqit beradi. Diqqatni muayyan ob’ektga qaratsangiz, begona ta’sirotlardan
chalg‘igan bo‘lasiz. Siz birorta ishga qanchalik ko‘p berilsangiz, unga tegishli bo‘lmagan narsalarga
shunchalik kam e’tibor berasiz.Diqqatning asosiy xususiyati shuki, uning ob’ekti birmuncha aniq va
ravshan, yarqiragan, birmuncha tiniq va bo‘rtib turadigan bo‘ladi. Buni har bir kishi osongina tekshirishi
mumkin. Birorta narsaga bir nazar tashlang-da, birozdan so‘ng diqqatingizni yana shunarsaga qarating. Siz
shu zahotiyoq narsaning ilgari ko‘z ilg‘amaganyangi tomonlarini ko‘rib qolasiz, buyumning o‘zi go‘yo
yoritilgandek bo‘lib qoladi.
Diqqat narsa va hodisalarni idrok etish bo‘sag‘asini qisqartiradi. Chunonchi, gapga diqqat bilan quloq
solsak, past ovozni ham bemalol eshitishimiz mumkin.
«Gapga diqqat bilan quloq solish», «hidlab ko‘rish», «sinchiklab qarash» kabi iboralar diqqatning buyumga
qaratilganini ifoda etsa, «ko‘rish», «eshitish» singari tushunchalar sust idrok etishni bildiradi. Diqqat
ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bunda bizning istash-istamasligimizdan qat’i nazar, tevarak-atrofdagi narsa va
hodisalar tasodifan jalb etiladi. Bundan farqli o‘laroq, ixtiyoriy diqqat ma’lum narsa, u muayyan maqsadga
qaratiladi.
Buyum yoki hodisa birmuncha batafsil va chuqurroq o‘rganilganda, aynan ixtiyoriy diqqat asosiy o‘rin
to‘tadi. Darvoqe, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga aylanishi mumkin va aksincha.
Mashg‘ulot
3
Mavzu: Bemorlarni psixologik xususiyatlari. Stress tushunchasi. Psixosomatik
kasalliklar. Davolash va diagnostika faoliyatida sub’ektiv va psixologik faktorlar
oqibatida xatolar. Psixogigiyena va psixoprofilaktika
Stress - so‘zi odatdagi turmushda va tibbiy atamashunoslikda ancha keng tarqalgandir. Turmushda «stress»
deganda ruhiy zo‘riqish va hayajonlanish tushuniladi. Qattiq siqilsak: «Kecha men stressga uchradim!» deb
xitob qilamiz. Bu so‘zni turmushda ishlatish shunga olib keldiki, XX asr oxiri madaniyatida «stress» so‘zi
ishlatilganda odamlar faqat salbiy ruhiy zo‘riqishni tushunadigan bo‘lib qolishdi. Aslida «stress» so‘zini
faqat salbiy ma’noda tushunish noto‘g‘ridir. «Stress» atamasini 1936 yili fanga kanadalik fiziolog olim G.
Sele kiritgan.
Stress nima? Stress – organizmning stressorga nisbatan javob reaksiyasidir. Bu holatda spetsifik va
nospetsifik reaksiyalar kuzatiladi. Inson stressiz yashay olmaydi, hayot bor joyda stress bor, uning
bo‘lmasligi o‘lim deganidir (G.Sele, 1956). Stress aslida «hayot» tushunchasiga hamohangdir. G. Sele bu
19
muammoni ochiq-oydin yoritib berdi. Stress inson uchun xavf tug‘dirmaydi. Distress xavflidir, chunki u
ancha vaqt kuchli zo‘riqish natijasidir. Stress ijobiy va salbiy xillarga ajratiladi, lekin fiziologik nuqtai
nazardan olganda, organizmning katta shodlik va qayg‘uga javob reaksiyasi bir xil bo‘ladi.
«Stress kasalliklari» degan tushuncha noto‘g‘ridir, «distress kasalliklari» deyilsa, to‘g‘riroq hisoblanadi»,
degan edi G. Sele.
G.Sele stressni 3 ta asosiy bosqichga ajratgan va uni quyidagicha ta’riflagan:
Stress davrlarini aniqlash
Vazifa
Javob
Birinchi bosqich
xavotirlanish bosqichi
Organizmning adaptatsiyalanuvchi resurslari va ximoya kuchlarini
mobilizatsiyasi bosqichida, aniq travmalovchi ta’sirga nisbatan
chidamligini oshishi kuzatiladi. Bunda organizmning rezervlarini
qayta taqsimlanishi yuz beradi. Odam struktur qayta qurilishlarsiz,
funktionalsiz, mobilizatsiya yordamida zo‘riqishga chiday oladi.
Odam extiyotkor xolatda bo‘ladi. Bu stadiya davomiyligi xar hil,
odam individualligiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Davomiyligi 2-3 min
dan to oylargacha bo‘lishi mumkin. Deyarli sog‘lom xolatda, lekin
psixosomatik kasalliklari bo‘lishi mumkin. Odam o‘zini boshqaruvini
yo‘qotadi.
Ikkinchi bosqich
qarshilik ko‘rsatish bosqichi
Birinchi bosqichdagi xamma muvozanatdan chiqqan kqrsatkichlar
yangi bosqichda mustaxkamlanadi. Tashqi xulq normadan kam farq
qiladi. Odam tashqi muxit o‘zgarishlariga ko‘nikib optimal
energiyasini kuchaytirib boradi. Odam o‘zini chidasa bo‘ladigan
darajada xis qiladi, lekin hissiy ko‘tarilishsiz, harakat effektligini
pasayishi va o‘zini boshqarishini yo‘qolishi. To‘liq yoki qisman o‘zi
bilan o‘zi bo‘lishi, kommunikativ aloqadan uzilishi, asoslanmagan
agressiya. Charchash va bo‘shashish. Xamma energiya stressni
bloklash uchun ishlatiladi.
Uchinchi bosqich
toliqish bosqichi
Kuchni pasayishi, axvolni yomonlashishi, turli xil kasalliklarga
moillik va xatto o‘lim bilan kechadi. Energiya sarflanib bo‘lingan,
fiziologik xamda psixologik ximoya tugagan va odamda
ximoyalanish uchun kuch yo‘q. Stressning bu bosqichida qaysidir
kasallik kuchaya boshlaydi. Yana fiziologik toliqish xam kuzatiladi.
Psixologik toliqish – odam o‘zi xaqida xaqiqatni, yana u o‘ylaganidek
kuchli emasligini, u xamma ishlarni qila olmasligini bila boshlaydi.
Kimdurlarning ayblashlarini tan oladi va b.q. Bu xolatdan chiqish -
stressga olib kelayotgan faktorni bartaraf etish yoki stressni yengish
uchun qo‘llab quvvatlovchi yordam ko‘rsatish.
Stressni aniklash
Savol
Javob
Stressni kuchayish
belgilari
-biror bir narsaga diqqatni qarata olmaslik
- ishida xatoliklarga tez-tez yo‘l qo‘yish
-xotiraning pasayishi
-tez-tez charchash xissi
-juda tez gapirish
-o‘ylarning uchuvchan bo‘lib qolishi
-ko‘pincha og‘riqlar paydo bo‘ladi (bosh, orqa yelkada,
epigastral soxada)
- yuqori qo‘zg‘aluvchanlik
-qilayotgan ishlari oldingidagidek quvonch, xursandchilik olib
kelmaydi
- xazilkashlik xissini yo‘qolishi
20
-doimiy ovqatdan to‘ymaslik xissi
- appetit yo‘qolishi - ovqat ta’mining bilish sezgisi pasayadi
-ishni o‘z vaqtida tugata olmaslik
Stress qanday qilib distressga o‘tadi, haddan tashqari umumiy moslashuv sindromi qanday qilib yuzaga
keladi? Bu muammolar hozirgi kunda olimlar tomonidan yana o‘rganib kelinmoqda. G.Sele ta’biri bilan
aytganda, odamni yoshligidan «paxtaga o‘rab-chirmash», ya’ni uni muammolardan avaylab-asrash umumiy
moslashuv sindromining pasayishiga olib keladi. Bunda stress distressga o‘tishi mumkin.
O‘tkir stressda birinchi yerdam.
1. Stressga karshi nafas. Burun orqali syokin, chuqur nafas oling. Nafas olish chuqqisida bir necha minutga
nafasni ushlang, undan keyin iloji boricha syokin nafas chikaring. Bu nafasni tinchlantiradi. Xar bir chukur
nafas chikarishda stressli kuchlanishdan kisman kutilayetgandek uzingizni xis kiling. Yana nafas chikarishda
karshilik qilish mumkin. M-n: «S » xarfini aytish bilan kuzatiladi.
2. Minutlik relaksatsiya. Lablarni namlang, ogiz burchaklarini bushashtiring. Yelkalarni bushashtiring.
Tanangiz va yuz xoloatingizga dikkatingizni karating: ular sizni xiisiyetingizni, ichki xolatingizni kursatib
berishini esda tuting Tabiiyki siz atrofdagilarni uzingizda stress xolatini bilishlarini xoxlamaysiz. Bunday
xolatda siz mushaklarni bushashtirish va chukur nafas olish bilan «yuz va tana tili» ni uzgartirishingiz
mumkin.
3. Atrofga karang, siz turgan xonani dikkat bilan kuzdan kechiring. Siz u narsalarni yaxshi bilsangiz xam
mayda detallarga axamiyat bering. Syokin shoshmasdan, xayelan xama narsalarni birin ketin «yig‘ing».
Bu «inventarizatsiyaga» diqqatni to‘liq qaratishga xarakat qiling. Uzingizga xayelan ayting. «jigarrang
yezuv stoli, ok pardalar, qizil gulga atalgan guldon va b.k» xar bir aloxida predmetga diqqatni qaratib,
atrofdagi sharoitni ratsional tasavvur qilib, siz, ichki stressli kuchlanishdan chalg‘iysiz.
4. o‘tkir stress xosil bo‘lgan xonani agar sharoit takozo qilsa tark eting. Uy xayellaringiz bilan yelg‘iz
kolishingiz mumkin bo‘lgan joyga, xech kim yo‘k, boshqa xonaga o‘ting yoki kuchaga chiqing. Bu xonani
3- puyoktagidak xayelan bulaklab ko‘rib chiqing.
5. Kalkulyator yoki qogoz va qalam oling va xayolan xayotta necha kun yashaganingizni xisoblab kuring.
(to‘liq yesh sonini 365 ga ko‘paytiring. Xar kabisi yiliga 1 kundan ko‘shiladi va miqdorini, oxirgi tug‘ilgan
kunidan keyingi kunlar sonini kushing). Bunday ratsional xolat o‘zingizni diqqatingizni boshqa narsaga
qarashga imkon beradi.
6. Yoningizdagi xoxlagan odam bilan qandaydir chalg‘ituvchi mavzu xaqida suxbatlashing. Agar
yoningizda xech kim bshlmasa dugonangiz yoki sizga yaqin bo‘lgan insonga ko‘ng‘girok qiling. Bu uz
navbvtida chalg‘ituvchi va ichingizdagi stressga boy bo‘lgan ichki yemon dialogni siqib chiqaradi.
Psixosomatika
O’tkir va doimiy salbiy ta’sirotlar (psixogen omillar) natijasida asab tizimi va ichki a’zolarning faoliyati
buziladi. Bosh va tananing turli joylarida og‘riqlar va funksional xususiyatga ega bo‘lgan boshqa patologik
simptomlar paydo bo‘ladi. Asab tizimi funksional faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi va organiq
xususiyatga ega bo‘lmagan nevrologik buzilishlarga psevdonevrologik sindromlar deb aytiladi. Ular
nevrozlarning klinik ko‘rinishi sifatida ham o‘rganiladi. Ma’lumki, nevrozlarda nafaqat asab tizimi faoliyati,
balki boshqa a’zolarning ham faoliyati buziladi. Bu buzilishlar o‘tgan asrda (ba’zi mamlakatlarda hozir ham)
«yurak nevrozi», «oshqozon nevrozi», «bo‘g‘im nevrozi» va shunga
o‘xshash nomlar bilan atalgan. Keyinchalik ichki a’zolar funksiyasining buzilishi bilan kechadigan
funksional kasalliklar «psixosomatik sindromlar» deb atala boshlandi.
Psixosomatik kasallik haqida so‘z ketganda esa o‘tkir yoki doimiy stress sababli rivojlangan organiq
kasalliklar tushuniladi, ya’ni xafaqon, bronxial astma, qandli diabet, yara kasalligi va hokazo.
Bu atamaning sinonimlari juda ko‘p va xilma-xildir:
«psixovegetativ sindrom», «somatogen depressiya», «niqoblangan depressiya», «vegetonevroz» va hokazo.
Biroq klinik amaliyotda «psixosomatik sindrom» atamasi keng qo‘llaniladi. Agar funksional buzilishlar
21
somatik kasallik oqibatida rivojlansa, bunga somatopsixik sindrom deb ataladi. Bu atama klinik tibbiyotda
juda kam ishlatiladi.
Psevdonevrologik va psixosomatik sindromlar deyarli barcha organiq kasalliklarda uchraydigan klinik
belgilarga o‘xshash bo‘lganligi sababli ularning har biriga ta’rif berib chiqishni lozim deb topdik. Chunki
bemorni klinik tekshiruvdan o‘tkazayotgan har bir vrach psevdonevrologik va psixosomatik belgilarga duch
keladi va aksariyat hollarda ularni farqlash mushkullashadi. Buning natijasida klinik tashxis noaniq bo‘lib
qoladi va davolash muolajalari qiyinlashadi.
Dostları ilə paylaş: |