O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti



Yüklə 266,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix06.06.2020
ölçüsü266,83 Kb.
#31690
1   2   3   4   5   6   7
ТАРКАТМА 6 узб


Shaxsni tekshirish usullari 

1. Tugallanmagan gaplar usuli. Sinaluvchiga uning shaxsini ochib beruvchi va atrof-muhitga munosabatini 

ko‘rsatib beruvchi bir nechta tugallanmagan gaplarga o‘zi xohlagan so‘zini qo‘yish taklif etiladi. Masalan, 

«Men opamni ..... ko‘raman», «Ishxonamiz rahbari menga .....», «Mening ukam....», «Mening erim....», 

«Mening xotinim .....», «Men uni .....», «U meni.....», «Men unga .....», «Mening qo‘l ostimdagilar.....», «U 

.... odam» «Men qizlarni ..... ko‘raman», «Men onamni .... ko‘raman». «Men otamni ......ko‘raman», 

«Mening kayfiyatim doimo .....», «Mening kayfiyatim kechga yaqin ......», «Men hayotdan .... yashayman», 

«Men o‘zimni ..... ko‘raman», «Men kelajakka......», «Men .... xohlardim», «Men bolalik davrimdan.......», 

«Mening ota-onam .......bo‘lgan», «Maktabda mening ustozlarim......», «Men gaplashayotgan yigit va qizni 

ko‘rsam......», «Menimcha barcha yosh yigitlar va qizlar......», «Kattalar  meni.......», «Men 

farzandlarimdan......», «Mabodo men o‘lib qolsam, atrofdagilar.....» va h.k. Iloji boricha bu gaplar soni ko‘p 

bo‘lishi kerak (20-30 ta). Sinaluvchi gaplarni qanday to‘zishiga qarab uning shaxsini aniqlab olish mumkin.  

2.  Tematik aperseptiv test (TAT).  Ushbu  test  turli  voqealar  aks  etgan  20  ta  syujetli  kartinadan  iborat.  

Sinaluvchi har bir kartinaga qarab hikoya to‘zishi kerak. Shu yo‘l bilan sinaluvchining tasavvuri, qobiliyati, 

hissiyoti, voqealarga bo‘lgan munosabati va mimikasiga qarab uning shaxsiga oid ma’lumotlar to‘planadi.  

3.  Shaxsni har taraflama tekshirishga mo‘ljallangan Minnesot savolnomasi (MMPH). 1957 yil Kettel 

tomonidan tavsiya qilingan. Shaxsning barcha xususiyatlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Shuning 

uchun ham ilmiy va amaliy psixologiyada ko‘p qo‘llaniladi. Sinaluvchining testda ko‘rsatilgan savollarga 

shaxsiy munosabati, ya’ni ijobiy, salbiy va befarqligi o‘rganiladi. Savolnomaning to‘la varianti 187 ta, 

qisqartirilgan varianti 71 ta savoldan iborat. 

4.  Lyusher testi.  Bu testni o‘tkazish uchun 6 ta kartadan foydalaniladi: ularning 4 tasi asosiy ranglar – 

havorang, yashil, qizil, sariq va 4 tasi qo‘shimcha ranglar – binafsharang, jigarrang, qora, kulrang. 

Sinaluvchining qaysi rangni tanlashiga qarab uning ruhiy holati, kayfiyati va shaxsiy xususiyatlari 

aniqlanadi.  

5. Ayzenk shkalasi ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Anketa 57 

ta savoldan iborat bo‘lib, ulardan 24 ta savol ekstraversiya-introversiya shkalasi bilan, 24 ta savol neyrotizm 

shkalasi bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan 9 tasi Yo-shkalasi bo‘lib, sinaluvchining savollarga aldamasdan 

naqadar to‘g‘ri javob berganligini ko‘rsatadi (XHX bobga qarang). Savolnomaga javob berib bo‘lingandan 

so‘ng, savolnoma kaliti yordamida E – ekstraversiya, N – neyrotizm, Yo – yolg‘on ko‘rsatkichlari bo‘yicha 

shaxs xususiyatlari aniqlanadi. Sinaluvchida shaxsning qaysi xususiyati, ya’ni ekstraversiya, intraversiya, 

neyrotizm ko‘proq namoyon bo‘lganligi va uning temperamenti aniqlanadi. Ko‘rsatkich lar normadan farq 

qilsa, sinaluvchiga o‘z shaxsi ustida o‘ylab ko‘rish uchun zarur maslahatlar beriladi. Umuman olganda, 

ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm shaxsning tug‘ma xususiyatlaridir. Ekstravertlar xulq-atvori ko‘proq 

tashqariga yo‘naltirilgan bo‘ladi, ular o‘z his-tuyg‘ularini boshqalar bilan baham ko‘rib yashashadi, hamma 

bilan kirishib ketishadi, ko‘p do‘st orttirishga intilishadi, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishmaydi va ko‘p 

gapirishga moyil bo‘lishadi. 

Intravertlarda buning teskarisini ko‘rish mumkin, ya’ni ular kamgap, o‘z ichki dunyosini va his-tuyg‘ularini 

birov bilan baham ko‘rmaydigan, do‘stlari kam, tashqi tomondan faqat o‘ylanib yuradigan odamni 

eslatuvchi shaxslardir. Neyrotizm esa hissiyotga beriluvchanlikni, ortiqcha xavotirni, doimo tarang holatda 

yurishni va depressiyaga moyillikni belgilab beruvchi shaxs ko‘rsatkichidir. 

 

Temperament va uning tiplari 

Temperament odamning tevarak-atrofdagi voqealarga munosabati va hissiyotining ayrim xususiyatlarini 

belgilab beradi. Temperament ong, xotira, aql-zakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu bois ham barcha 

temperament vakillari orasida iqtidorli va iqtidorsiz, ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratish 

mumkin. Temperamentning to‘rtta tipi ma’lum: sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik. Quyida 

ularning har biriga alohida-alohida ta’rif berib o‘tamiz.  



Sangviniklar – chaqqon, tirishqoq, mehribon, ta’sirchan kishilardir. Ular tevarak-atrofga tez moslashadi. 

Reaksiyalari etarlicha kuchli yoki o‘rtamiyona bo‘ladi. Ular bilimni tez va osongina o‘zlashtirsalar-da, 

hammavaqt ham puxta egallamaydilar. Muomalada ular ko‘proq shirinsuxan, gapdon odamlardir. 

Sangviniklar ishga osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir bo‘lishadi, lekinmuntazam ravishda mehnat 

qilishga ancha qiynaladilar. Shu bilan birga ular tirishqoq va faol bo‘ladilar, boshqalar bilan osongina 

muloqotga kirishadilar. Sangvinik temperament, ayniqsa, bolalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. 



17 

 

Flegmatiklar sangviniklarga qaraganda birmuncha vazmin kishilardir. Ularda shoshmaslik, vazminlik ancha 

barqaror bo‘ladi, murakkab hayotiy vaziyatlarda kamharakatlilik ko‘zatilsa-da, qo‘yilgan maqsadga 

erishishda birmuncha barqaror, bir so‘zli va dadil bo‘lishadi. Bilimlarni sekinroq o‘zlashtirsalar ham, lekin 

puxta egallaydilar. Agar sangvinik alangaga o‘xshatilsa (u tez yonib, tezda so‘nadi), flegmatikka sekin va 

o‘zoq yonadigan alanga xos bo‘ladi. Birornarsaga tez javob qilish kerak bo‘lsa, flegmatiklar, ko‘pincha, 

vaqtni boy beradilar. Bunda sangviniklar ulardan ustun keladi. Qat’iylik, iroda va sabr-toqat talab 

qilinadigan ishlarda esa flegmatiklar ustun keladi. 

 Xoleriklar his-hayajonga beriluvchi odamlardir. Ularning o‘ziga xos xususiyati jizzakilik va beqarorlikdir. 

Xoleriklar faol, ishchan va to‘xtovsiz reaksiyali odamlardir. Ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh 

g‘ayrat bilan, goh imillab ishlashadi. Shuning uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidam talab 

qilinadigan vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishlari mumkin. 



Melanxoliklar g‘amgin, jur’atsiz va ma’yus kishilardir. Salga charchash, biror ishga etarlicha jur’at etmaslik, 

o‘z fikrlari va istaklarini qondira olmaslik ular uchun xosdir. Melanxoliklar, ko‘pincha, arzimagan 

qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar. Sangviniklar va 

flegmatiklar esa qiyinchiliklarni oson engishadi, xoleriklar ularni hatto yo‘q qilib yuboradi. Melanxoliklarda 

ijobiy his-tuyg‘ulardan salbiy his-tuyg‘ular ustunlik qiladi. Baxtli voqealarga qaraganda, ularga noxush 

voqealar ko‘proq ta’sir qiladi. Shuning uchun ham ular doimo tushkun kayfiyatda yurishadi. Ular zaif va 

sust kishilardir. 

Ikki temperament vakillari – sangvinik va flegmatiklar turmush qiyinchiliklariga juda turg‘un moslasha 

oladilar. Sangvinik va xoleriklar ko‘p tarqalgan temperamentlar sirasiga kiradi. Hayvon va inson uchun 

umumiy bo‘lgan oliy nerv faoliyati yoki temperamentlar tipiga qo‘shimcha ravishda I.P. Pavlov odamlarni 

fikrlovchi, shoirtabiat va aralash tiplarga ajratgan. 

Fikrlovchilarda ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasidan ustun turadi. Bunday kishilar borliqni 

vositali fikrlash orqali idrok etadi. Ulardan farqli o‘laroq, shoirtabiatlarda bevosita idrok etish va his etish 

yaqqol 


ifodalangan bo‘ladi va ularda birinchi signal sistemasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shunga muvofiq 

«fikrlovchilar» intellektual faoliyat, tahlil va abstraksiyaga, shoirtabiat kishilar esa san’at bilan 

shug‘ullanishga ko‘proq moyil bo‘lishadi (artistlar, aktyorlar, shoirlar). Aralash tipga kiruvchilarning 

faoliyati aniq bir yo‘nalishga ega bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, I.P. Pavlov odamlarni 

«shoirtabiat» va «fikrlovchi» tiplarga o‘zil-kesil bo‘lishga urinmasdan, balki kishilarda uchrab turadigan ana 

shu tip larni ajratgan, xolos. 

 

 Xarakter  



«Temperament» va «xarakter» tushunchalari bir-biriga yaqin turadi. Xarakter shaxsning muhim va o‘ziga 

xos sifatiy tomonidir. Ayni paytda, shaxsning ayrim xususiyatlari ham xarakterga, ham temperamentga 

aloqador bo‘lishi mumkin. Xarakter shaxsning yo‘nalganligi, irodasi va faoliyati bilan o‘zviy bog‘langandir. 

Xarakterning ko‘p sonli tasniflari mavjudligiga qaramasdan, uning umum qabul qilingan tasnifi hano‘zgacha 

yo‘q. Xarakterning xususiyatlari juda ko‘pdir. Uning uchun qat’iyatlilik, shijoatlilik, tirishqoqlik, vazminlik, 

dovyuraklik, jasorat va aksincha, jur’atsizlik, qo‘rqoqlik, qat’iyatsizlik, gumonsirash kabi xususiyatlar 

xosdir. Insonning individual xususiyatlarini etarlicha aks ettiruvchi xarakterning umum qabul qilingan 

tasnifi yo‘qligidan, odatda, xarakterga baho berish uchun unga xos bo‘lgan eng muhim belgilarni shunchaki 

sanab o‘tishdan foydalaniladi. Masalan, saxiy, maqtanchoq, quvnoq, yolg‘onchi, kamsuqum, qasoskor, xasis 

dovyurak, bag‘ri keng, qat’iyatli. Agar temperament tug‘ma xususiyat bo‘lsa, xarakter ko‘p jihatdan 

tarbiyaga va kishining hayot tajribasiga aloqador bo‘ladi. Xarakterni shakllantirishda tarbiya, ta’limberish va 

oilaning to‘tgan o‘rnini ham eslatib o‘tish joizdir. Xarakter tana to‘zilishiga bog‘liqmi? Bu savol qadimdan 

ko‘pchilikni qiziqtirib kelgan. 1921 yili Ernst Krechmer shu masalaga oid «Gavda to‘zilishi va xarakter» 

nomli asarini chop qildiradi. Ushbu monografiyada olim turli somatik konstitutsiyalarni bayon qilgan. Uning 

asarida pikniklar o‘rta bo‘yli, boshi, ko‘kragi va qorni nisbatan katta va semizlikka moyil bo‘lgan kishilar 

deb ta’riflanadi. Leptosomlar esa o‘zun gavdali, chayir bo‘lishadi. Bu gavda to‘zilishi atletik to‘zilishdan 

kam farq qiladi. Diplastik gavdali kishilarda tana nomo‘tanosib to‘zilishi bilan ajralib turadi. Bunday holat 

evnuxoidizm va boshqa nuqsonlari bo‘lgan endokrinopatiyalarda ko‘zatiladi. E. Krechmerning fikricha, 

leptosom, astenik, atletik va shuningdek, displastik gavda to‘zilishiga ega bo‘lgan kishilar shizofreniya kabi 

kasalliklarga moyil bo‘lishadi. Keyinroq E. Krechmer shizoid va sikloidlarga quyidagicha ta’rif bergan: 



18 

 

shizoidlar uchun autizm (yolg‘izlikka moyillik), injiqlik, sovuqqonlik xosdir. Sikloid-pikniklarda kayfiyat 



o‘zgarib turadi, ya’ni tushkunlik va gipomaniakal elementlar bir-biri bilan almashinib turadi. Xulq-atvorning 

xuddi shu xususiyatlari shizotimik va siklotimiklarda ham ko‘zatiladi. Uning fikricha, sog‘lom shizotimiklar 

shizofreniyaga uchragan bemorlarning qarindoshlari orasida uchrab turadi, ayni paytda, shizofreniyaga 

chalinganlar kasal bo‘lmasidan avval shizoidlar va shizotimiklar hisoblangan. 

 Sog‘lom siklotimiklar, psixopatik sikloidlar va maniakal depressiv psixozga uchragan bemorlar o‘rtasida 

ham xuddi shunday bog‘lanish bor. E. Krechmerning bu nazariyasiga qarshi e’tirozlar ko‘p bo‘lgan va 

psixologlar sog‘lom odam xarakterini tana to‘zilishiga bog‘lab o‘rganish noto‘g‘ri deb hisoblashgan. 

Sheldon gavda to‘zilishini normal va patologik xulq bilan bog‘lab o‘rgangan. Sheldonning tipologiyasi u 

yoki bu embriologik to‘zilmalarning ustun kelishiga asoslangan. U quyidagi uch tipni ajratadi: 1. 

Endodermadan taraqqiy etuvchi ovqat hazm qilish sistemasining ustun turishi (endomorfizm). Bu tipga 

ishtahaning zo‘r bo‘lishi, quvnoqlik, shirinsuxanlik xos bo‘ladi. Bu temperamentni Sheldon visserotoniya 

deb atadi. 2. Mezomorfizmda mezodermadan yo‘l oladigan suyak-mo‘shak sistemasining taraqqiy etishi 

ustun keladi. Bu temperament (samototoniya) faollik, hukmronlik bilan tavsiflanadi. 3. Ektomorfizmda 

ektodermadan rivojlanuvchi asab sistemasi taraqqiy etishi ustun turadi.

 

Diqqat 

Diqqat ongning birorta ob’ekt yoki hodisalarga yo‘naltirilganligi va ularni tanlab qabul qilishga 

qaratilganligidir. Tabiiyki, diqqat ruhiy jarayonning muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Diqqatning 

pasayishi ruhiy faoliyatga xalaqit beradi. Diqqatni muayyan ob’ektga qaratsangiz, begona ta’sirotlardan 

chalg‘igan bo‘lasiz. Siz birorta ishga qanchalik ko‘p berilsangiz, unga tegishli bo‘lmagan narsalarga 

shunchalik kam e’tibor berasiz.Diqqatning asosiy xususiyati shuki, uning ob’ekti birmuncha aniq va 

ravshan, yarqiragan, birmuncha tiniq va bo‘rtib turadigan bo‘ladi. Buni har bir kishi osongina tekshirishi 

mumkin. Birorta narsaga bir nazar tashlang-da, birozdan so‘ng diqqatingizni yana shunarsaga qarating. Siz 

shu zahotiyoq narsaning ilgari ko‘z ilg‘amaganyangi tomonlarini ko‘rib qolasiz, buyumning o‘zi go‘yo 

yoritilgandek bo‘lib qoladi. 

 Diqqat narsa va hodisalarni idrok etish bo‘sag‘asini qisqartiradi. Chunonchi, gapga diqqat bilan quloq 

solsak, past ovozni ham bemalol eshitishimiz mumkin.  

«Gapga diqqat bilan quloq solish», «hidlab ko‘rish», «sinchiklab qarash» kabi iboralar diqqatning buyumga 

qaratilganini ifoda etsa, «ko‘rish», «eshitish» singari tushunchalar sust idrok etishni bildiradi. Diqqat 

ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bunda bizning istash-istamasligimizdan qat’i nazar, tevarak-atrofdagi narsa va 

hodisalar tasodifan jalb etiladi. Bundan farqli o‘laroq, ixtiyoriy diqqat ma’lum narsa, u muayyan maqsadga 

qaratiladi. 

Buyum yoki hodisa birmuncha batafsil va chuqurroq o‘rganilganda, aynan ixtiyoriy diqqat asosiy o‘rin 

to‘tadi. Darvoqe, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga aylanishi mumkin va aksincha.

 

 



 

Mashg‘ulot 

 3 

Mavzu: Bemorlarni psixologik xususiyatlari. Stress tushunchasi. Psixosomatik 

kasalliklar. Davolash va diagnostika faoliyatida sub’ektiv va psixologik faktorlar 

oqibatida xatolar. Psixogigiyena va psixoprofilaktika 

 

Stress - so‘zi odatdagi turmushda va tibbiy atamashunoslikda ancha keng tarqalgandir. Turmushda «stress» 

deganda ruhiy zo‘riqish va hayajonlanish tushuniladi. Qattiq siqilsak: «Kecha men stressga uchradim!» deb 

xitob qilamiz. Bu so‘zni turmushda ishlatish shunga olib keldiki, XX asr oxiri madaniyatida «stress» so‘zi 

ishlatilganda odamlar faqat salbiy ruhiy zo‘riqishni tushunadigan bo‘lib qolishdi. Aslida «stress» so‘zini 

faqat salbiy ma’noda tushunish noto‘g‘ridir. «Stress» atamasini 1936 yili fanga kanadalik fiziolog olim G. 

Sele kiritgan. 

Stress nima? Stress – organizmning stressorga nisbatan javob reaksiyasidir. Bu holatda spetsifik va 

nospetsifik reaksiyalar kuzatiladi. Inson stressiz yashay olmaydi, hayot bor joyda stress bor, uning 

bo‘lmasligi o‘lim deganidir (G.Sele, 1956). Stress aslida «hayot» tushunchasiga hamohangdir. G. Sele bu 


19 

 

muammoni ochiq-oydin yoritib berdi. Stress inson uchun xavf tug‘dirmaydi. Distress xavflidir, chunki u 



ancha vaqt kuchli zo‘riqish natijasidir. Stress ijobiy va salbiy xillarga ajratiladi, lekin fiziologik nuqtai 

nazardan olganda, organizmning katta shodlik va qayg‘uga javob reaksiyasi bir xil bo‘ladi.  

«Stress kasalliklari» degan tushuncha noto‘g‘ridir, «distress kasalliklari» deyilsa, to‘g‘riroq hisoblanadi», 

degan edi G. Sele. 

G.Sele stressni 3 ta asosiy bosqichga ajratgan va uni quyidagicha ta’riflagan:  

 

Stress davrlarini aniqlash 



Vazifa  

Javob  

Birinchi bosqich  

xavotirlanish bosqichi

 

 Organizmning adaptatsiyalanuvchi resurslari va ximoya kuchlarini 



mobilizatsiyasi  bosqichida,  aniq travmalovchi ta’sirga  nisbatan 

chidamligini oshishi kuzatiladi. Bunda organizmning rezervlarini 

qayta taqsimlanishi yuz beradi. Odam struktur qayta qurilishlarsiz, 

funktionalsiz,  mobilizatsiya yordamida zo‘riqishga chiday oladi. 

Odam extiyotkor xolatda bo‘ladi. Bu stadiya davomiyligi xar hil, 

odam individualligiga ko‘ra o‘zgarib turadi.  Davomiyligi 2-3 min 

dan to oylargacha bo‘lishi mumkin. Deyarli sog‘lom xolatda, lekin 

psixosomatik kasalliklari bo‘lishi mumkin. Odam o‘zini boshqaruvini 

yo‘qotadi.               

Ikkinchi bosqich  

qarshilik ko‘rsatish bosqichi

 

Birinchi bosqichdagi xamma muvozanatdan chiqqan kqrsatkichlar 



yangi bosqichda mustaxkamlanadi. Tashqi xulq normadan kam farq 

qiladi.  Odam tashqi  muxit  o‘zgarishlariga  ko‘nikib  optimal 

energiyasini kuchaytirib boradi. Odam o‘zini chidasa bo‘ladigan 

darajada xis qiladi, lekin hissiy ko‘tarilishsiz, harakat effektligini 

pasayishi va o‘zini boshqarishini yo‘qolishi. To‘liq yoki qisman o‘zi 

bilan o‘zi bo‘lishi, kommunikativ aloqadan uzilishi, asoslanmagan 

agressiya. Charchash va bo‘shashish. Xamma  energiya stressni 

bloklash uchun ishlatiladi.  

Uchinchi bosqich 

toliqish bosqichi

 

Kuchni pasayishi, axvolni yomonlashishi, turli xil kasalliklarga 



moillik va xatto o‘lim bilan kechadi. Energiya sarflanib bo‘lingan, 

fiziologik  xamda  psixologik  ximoya  tugagan  va  odamda 

ximoyalanish uchun kuch yo‘q. Stressning bu bosqichida qaysidir 

kasallik kuchaya boshlaydi. Yana fiziologik toliqish xam kuzatiladi. 

Psixologik toliqish – odam o‘zi xaqida xaqiqatni, yana u o‘ylaganidek 

kuchli emasligini, u xamma ishlarni qila olmasligini bila boshlaydi. 

Kimdurlarning ayblashlarini tan oladi va b.q. Bu xolatdan chiqish - 

stressga olib kelayotgan faktorni bartaraf etish yoki stressni yengish 

uchun qo‘llab quvvatlovchi yordam ko‘rsatish. 

 

Stressni aniklash 

Savol  

Javob  

Stressni  kuchayish 

belgilari  

 

-biror bir narsaga diqqatni qarata olmaslik 

- ishida xatoliklarga tez-tez yo‘l qo‘yish 

-xotiraning pasayishi 

-tez-tez charchash xissi 

-juda tez gapirish 

-o‘ylarning uchuvchan bo‘lib qolishi 

-ko‘pincha og‘riqlar paydo  bo‘ladi (bosh, orqa  yelkada, 

epigastral soxada) 

- yuqori qo‘zg‘aluvchanlik  

-qilayotgan ishlari oldingidagidek quvonch, xursandchilik olib 

kelmaydi 

- xazilkashlik xissini yo‘qolishi 


20 

 

-doimiy ovqatdan to‘ymaslik xissi 



- appetit yo‘qolishi - ovqat ta’mining bilish sezgisi pasayadi 

-ishni o‘z vaqtida tugata olmaslik 



 

 

Stress qanday qilib distressga o‘tadi, haddan tashqari umumiy moslashuv sindromi qanday qilib yuzaga 



keladi? Bu muammolar hozirgi kunda olimlar tomonidan yana o‘rganib kelinmoqda. G.Sele ta’biri bilan 

aytganda, odamni yoshligidan «paxtaga o‘rab-chirmash», ya’ni uni muammolardan avaylab-asrash umumiy 

moslashuv sindromining pasayishiga olib keladi. Bunda stress distressga o‘tishi mumkin. 

  

 



O‘tkir stressda birinchi yerdam. 

1.  Stressga karshi nafas. Burun orqali syokin, chuqur nafas oling. Nafas olish chuqqisida bir necha minutga 

nafasni ushlang, undan keyin iloji boricha syokin nafas chikaring. Bu nafasni tinchlantiradi. Xar bir chukur 

nafas chikarishda stressli kuchlanishdan kisman kutilayetgandek uzingizni xis kiling. Yana nafas chikarishda 

karshilik qilish mumkin. M-n: «S » xarfini aytish bilan kuzatiladi. 

2.  Minutlik relaksatsiya. Lablarni namlang, ogiz burchaklarini bushashtiring. Yelkalarni bushashtiring. 

Tanangiz va yuz xoloatingizga dikkatingizni karating: ular sizni xiisiyetingizni, ichki xolatingizni kursatib 

berishini esda tuting Tabiiyki siz atrofdagilarni uzingizda stress xolatini bilishlarini xoxlamaysiz. Bunday 

xolatda siz mushaklarni bushashtirish va chukur nafas olish bilan «yuz va tana tili» ni uzgartirishingiz 

mumkin. 


3.  Atrofga karang, siz turgan xonani dikkat bilan kuzdan kechiring. Siz u narsalarni yaxshi bilsangiz xam 

mayda detallarga axamiyat bering. Syokin shoshmasdan, xayelan xama narsalarni birin ketin «yig‘ing».     

Bu «inventarizatsiyaga» diqqatni to‘liq qaratishga xarakat qiling. Uzingizga xayelan ayting. «jigarrang 

yezuv stoli, ok pardalar, qizil gulga atalgan guldon va b.k» xar bir aloxida predmetga diqqatni qaratib, 

atrofdagi sharoitni ratsional tasavvur qilib, siz, ichki stressli kuchlanishdan chalg‘iysiz. 

4.  o‘tkir stress xosil bo‘lgan xonani agar sharoit takozo qilsa tark eting. Uy xayellaringiz bilan yelg‘iz 

kolishingiz mumkin bo‘lgan joyga, xech kim yo‘k, boshqa xonaga o‘ting yoki kuchaga chiqing. Bu xonani 

3- puyoktagidak xayelan bulaklab ko‘rib chiqing.  

5.  Kalkulyator yoki qogoz va qalam oling va xayolan xayotta necha kun yashaganingizni xisoblab kuring. 

(to‘liq yesh sonini 365 ga ko‘paytiring. Xar kabisi yiliga 1 kundan ko‘shiladi va miqdorini, oxirgi tug‘ilgan 

kunidan keyingi kunlar sonini kushing).  Bunday ratsional xolat o‘zingizni diqqatingizni boshqa narsaga 

qarashga imkon beradi.     

6.  Yoningizdagi xoxlagan odam bilan qandaydir chalg‘ituvchi mavzu xaqida suxbatlashing. Agar 

yoningizda xech kim bshlmasa dugonangiz yoki sizga yaqin bo‘lgan insonga ko‘ng‘girok qiling. Bu uz 

navbvtida chalg‘ituvchi va ichingizdagi stressga boy bo‘lgan ichki yemon dialogni siqib chiqaradi.  

 

 



Psixosomatika 

O’tkir va doimiy salbiy ta’sirotlar (psixogen omillar) natijasida asab tizimi va ichki a’zolarning faoliyati 

buziladi. Bosh va tananing turli joylarida og‘riqlar va funksional xususiyatga ega bo‘lgan boshqa patologik 

simptomlar paydo bo‘ladi. Asab tizimi funksional faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi va organiq 

xususiyatga ega bo‘lmagan nevrologik buzilishlarga psevdonevrologik sindromlar deb aytiladi. Ular 

nevrozlarning klinik ko‘rinishi sifatida ham o‘rganiladi. Ma’lumki, nevrozlarda nafaqat asab tizimi faoliyati

balki boshqa a’zolarning ham faoliyati buziladi. Bu buzilishlar o‘tgan asrda (ba’zi mamlakatlarda hozir ham) 

«yurak nevrozi», «oshqozon nevrozi», «bo‘g‘im nevrozi» va shunga 

o‘xshash nomlar bilan atalgan. Keyinchalik ichki a’zolar funksiyasining buzilishi bilan kechadigan 

funksional kasalliklar «psixosomatik sindromlar» deb atala boshlandi. 

Psixosomatik kasallik haqida so‘z ketganda esa o‘tkir yoki doimiy stress sababli rivojlangan organiq 

kasalliklar tushuniladi, ya’ni xafaqon, bronxial astma, qandli diabet, yara kasalligi va hokazo. 

Bu atamaning sinonimlari juda ko‘p va xilma-xildir: 

«psixovegetativ sindrom», «somatogen depressiya», «niqoblangan depressiya», «vegetonevroz» va hokazo. 

Biroq klinik amaliyotda «psixosomatik sindrom» atamasi keng qo‘llaniladi. Agar funksional buzilishlar 


21 

 

somatik kasallik oqibatida rivojlansa, bunga somatopsixik sindrom deb ataladi. Bu atama klinik tibbiyotda 



juda kam ishlatiladi. 

Psevdonevrologik va psixosomatik sindromlar deyarli barcha organiq kasalliklarda uchraydigan klinik 

belgilarga o‘xshash bo‘lganligi sababli ularning har biriga ta’rif berib chiqishni lozim deb topdik. Chunki 

bemorni klinik tekshiruvdan o‘tkazayotgan har bir vrach psevdonevrologik va psixosomatik belgilarga duch 

keladi va aksariyat hollarda ularni farqlash mushkullashadi. Buning natijasida klinik tashxis noaniq bo‘lib 

qoladi va davolash muolajalari qiyinlashadi. 

 


Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin