Qobiliyat shaxsning individual psixologik xususiyati sifatida



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix26.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#85640
Tòliboyeva Shahnoza (1)



Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 
«Научный импульс» сентябр, 2022 г
97 
QOBILIYAT SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATI SIFATIDA 
 
Tòliboyeva Shahnoza 
Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti pedagogika psixologiya ta'lim 
yònalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya:Ushbu maqolada qobiliyat va uning turlari haqida, iste'dod, talant va 
geniylik haqida sòz yuritiladi. Qobiliyatni rivojlantirishning ahamiyati, qobiliyat bòyicha
B.M.Teplov va I.P.Pavlov nazariyasi borasida maqolada yoritib òtiladi. 
Kalit sòzlar: Qobiliyat, Iste'dod, Talant, Geniylik, Tabiiy qobiliyatlar, Maxsus 
qobiliyatlar, Umumiy qobiliyatlar 
 
Tuģma iste'dod nishonlari bu reallikdir, uni rivojlantirish lozim. 
S.L.Rubinshteyn. 
Qobiliyat insonning biror-bir soha bòyicha tajribaliroq ekanligidir. Unda shu sohaga 
nisbatan moyillik mavjud bòladi va ushbu faoliyatni u chin dildan qiziqib 
bajaradi.Qobiliyatlar insonning individual xususiyatiga qarab rivojlantirilishi yoki sònishi 
ham mumkin.Qobiliyatni rivojlantirish uchun inson shu faoliyat bilan shuģullanib turishi 
kerak. Masalan, shoir inson she'r yozib turmasa qobiliyati sònishi mumkin. Shu o'rinda 
S.L.Rubinshteyn ham aytib òtganki, " Tuģma iste'dod nishonlari bu reallikdir, uni 
rivojlantirish lozim" . Maktab bitiruvchilarining nimaga qobiliyatli ekanligini aniqlash juda 
muhimdir. Chunki shunga qarab ular kasbga yònaltiriladi. Aniqlangan qobiliyat, qiziqish 
bòyicha yònaltirilsa, ular ushbu kasb faoliyatini egallashi oson bòladi. Chunki ularda ushbu 
faoliyatga qiziqish va moyillik mavjud. 
Qobiliyatlar - shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron 
faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyatlar. Kishilar 
qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo'ladi. Har bir kasb kishidan mehnatda, ijodiyotda va o'qish 
faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi. Kishi faoliyatining har xii turlariga muvofiq, 
nazariy va amaliy qobiliyatlarni, matematika, texnika, musiqa, adabiyot, pedagogika, 
xo'jalik, tashkilotchilik va boshqa sohalarga oid qobiliyat turlari bo'ladi. Inson qobiliyatining 
barcha turlari hamma odamlarga xosdir - har qaysi odam ma'ium darajada kishi faoliyatini 
barcha turlariga layoqatli bo'ladi, lekin, shu bilan bir qatorda, ko'pchilik faoliyatning bir 
necha sohasidan yoki hatto bir sohasida salohiyat ortiqroq bo'ladi. Biror sohada qobiliyati 
sezilarliroq bo'lib ko'rinadigan ayrim kishilarni qobiliyatli kishi (umuman) qobiliyatli 
matematik, qobiliyatli musiqachi, konstruktor, rassom va hokazo deydilar. Faoliyatning 
biror turi sohasida qobiliyatning paydo bo'lish darajasi muayyan kishining individual 
xususiyati bilan xarakterlanadi.Ayrim kishilarning qobiliyati birgina sohada emas, balki bir 
necha sohalarda yaqqol namoyon bo'ladi. Bunday kishilar har tomonlama qobiliyatli 


Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 
«Научный импульс» сентябр, 2022 г
98 
kishilardir. Odamning qobiliyatlarida tug'ma xususiyatlar ham namoyon bo'ladi. Shaxsning 
rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo'ladigan tug'ma xususiyatlari iste'dod deyiladi. 
Kishining iste'dod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez o'sishiga, bilim 
va malakalarni qanchalik egallashiga hamda o'z ishini qanchalik muvafaqqiyat bilan va 
samarali bajarishiga qarab aniqlaymiz. Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi 
birinchidan, ma’lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalanning 
sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo'li bilan, ikkinchidan 
mutaxassis (muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish 
orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li, bilan uchinchidan, 
umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo'li bilan borishi kerakki, bu 
operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali o'zlashtirishni, tanlagan 
faoliyat bo'yicha ko‘nikma va malakalami hosil qilishni ta’minlasin.To'rtinchidan, 
o‘quvchining maxsus qobilyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta'minlovchi shaxsni har 
tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash 
yo'li bilan borish kerakki, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, 
tashabbuskorlik, puxtalik, qat’iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat. Bularsiz 
individning potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana 
olmaydi. Oltinchidan, maktab o‘quvchilanga nisbatan individual monosabatda bo‘lishni 
umumiy talablar bilan to' g‘ri qo'shib olib borishdir. Qobiliyatning muayyan izchillikda 
namoyon bo' lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko'rsatib turibdi.
Bolada juda erta seziladigan psixologik xususiyatlar zehn yoki dastlabki tabiiy 
xususiyatlardir. Shuni aytib o‘tish lozimki, B.M.Teplov haqli ravishda avtgandek, psixologik 
xususiyat har taraflama ahamiyatga ega bo‘lib, ular xarakterning ham, qobiliyatning ham 
tabiiy asosini tashkil qiladi. Umumiy tipdagi xususiyatlar kuchda va tonusda ifodalanadigan 
faollik, vazminlik, in’ikos va harakat jarayonlarining sezgirlik darajasi, shubhasiz 
qobiliyaming tashkil topishiga ta’sir qiladi. B.M.Teplov qobiliyatlarning uchta belgisini 
aniqladi, ular mutaxassislar tomonidan eng ko'p qo'llaniladigan ta'rifning asosini tashkil 
etdi: 1) qobiliyatlar - bu bir shaxsni boshqasidan ajratib turadigan individual psixologik 
xususiyatlar; 2) faqat faoliyat yoki bir nechta faoliyatning muvaffaqiyati bilan bog'liq 
bo'lgan xususiyatlar; 3) qobiliyatlar -insonda allaqachon shakllangan bilim, ko'nikma va 
qobiliyatlar cheksizdir, garchi ular ularni egallashning osonligi va tezligini belgilaydi.
Shunday qilib, qobiliyatlar psixologiyasi sohasi individual farqlar psixologiyasining 
(differensial psixologiya) bo'limidir. Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular 
birinchidan, voqelikni yaxlit, to'la va jonli tarzda idrok etadilar, holbuki mutafakkirlar uni 
bo'lib-bo‘lib qabul qiladilar va shuning bilan go‘yo uni jonsizlantiradilar. Ikkinchidan, badiiy 
tip vakillarida tasavvur abstrakt fikrlashdan ustun bo'ladi. Fantaziya - deydi I.P.Pavlov - bu 
badiiy qobiliyat bo‘lib birinchi signal tizimiga tegishlidir. Fikrlovchi tipda esa aql nazariy 
bo'lib, u so‘z bilan bog‘liqdir. Uchinchidan, badiiy tip yuksak emotsionallik bilan ajralib 
turadi, chunki birinchi signal tizimi LP.Pavlov tili bilan aytganda asosiy emotsional fondni 


Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 
«Научный импульс» сентябр, 2022 г
99 
tashkil qiluvchi miya qobig'i bilan yaqin bog‘liqdir. Badiiy tip havajonli, muqarrar, 
emotsional tipdir, degan edi LP.Pavlov va aksincha, mutafakkir tipda emotsional fon va 
birinchi signal tizimi zaif bo'lsada, lekin u sog‘lom va soddadil odam bo'ladi.
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: 1. Tabiiy qobiliyatlar odamlar 
va hayvonlar uchun xos bo'lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish 
shular jumlasidandir Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar 
hosil bo'lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi 
bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi. 
2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo'lib, ijtimoiy hayot va 
taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy 
qobiliyatlarga bo'linadi. 
3. Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta'minlovchi aqliy 
qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo'l harakatlarini aniqligi va boshqa 
xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini 
ta’minlaydi.
TalantIi deb shunday odamlarni aytiladiki, ular ma'lum sohada murakkab nazariy va 
amaliy masalalarni hal qiIishga, yangilik va progressiv ahamiyatga ega bo'lgan qimmatli 
narsalar yaratishga qodir bo'ladilar. Talantli deb, shuningdek, bilimlarni tez, muvaffaqiyat 
bilan o'zlashtirib oladigan va shu bilimlarni turmushda, o'z faoliyatlarida to'g'ri tatbiq 
qiladigan odamlarni ham aytiladi.
Genial yoki geniy deb, biz shunday kishilarni aytamizki, ular nihoyatda katta 
masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha insoniyat uchun 
ahamiyatli bo'lgan, misli ko'rilmagan qilmmatli narsalar yaratadilar. Bunda ular yaratgan 
narsalar tarixda go'yo burilish nuqtasi bo'lib xizmat qiladi, tarixni oldinga progressiv tomon 
harakatga keltiruvchi madad bo'lib xizmat qiladi. Masalan, biz Alisher Navoiyning genial 
shoir deb hisoblaymiz, chunki, u shunday asarlar yaratdiki, uning asarlari bunyodga kelishi 
bilan o'zbek adabiyotida o'zbek tili taraqqiyotida yangi bir davr boshlandi.
Shuni xulosa qilish kerakki, inson zoti borki, albatta barchasida qobiliyatlar bisyor, 
faqat ushbu qobiliyatlardan ayrimlari ustunlik qiladi xolos. Qobiliyatlar faqat tuģma holda 
berilmaydi, ularni biror narsaga qiziqish asosida ham rivojlantirish mumkin. Bu o'rinda 
qiziqishlar katta ahamiyatga ega. Qobiliyatli kishilar òz sohasidagi faoliyatini samarali 
bajarishadi. Albatta, har bir qobiliyatning murakkab tomoni bòladi va u òsha qobiliyatli 
kishiga ham yuksak talablar qòyadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova - "Umumiy psixologiya"-T-2009; 
2.P.I.Ivanov, M.E.Zufarova-"Umumiy psixologiya"-T-2008; 
3.V.N.Drujinin-"Umumiy qobiliyat psixologiyasi"-1996. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin