O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti



Yüklə 266,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix06.06.2020
ölçüsü266,83 Kb.
#31690
1   2   3   4   5   6   7
ТАРКАТМА 6 узб


Oila psixoterapiyasi 

 Oila psixoterapiyasi maxsus oila azolaridagi uchraydigan va o‘zaro munosabatni tiklash uchun qo‘llanadi.  

Oila psixoterapiyasining maqsadlari quyidagicha: 

- shikoyatlar to‘planadi;  

- o‘z muammolarini aytib chiqadilar;  

- modifikatsiya;  

- qo‘shimcha yechim yo‘llarini izlanadi;  

-muammoga sabab bulayotgan oila azo bilan mulokot olib boriladi;  

- korreksiya;  

-  disfunksional xulq-atvor aniqlanadi; 

-  Oila azolarining muammolari o‘z yechimiga ega bo‘la boshlaydi, ular o‘rtasidagi aloqa mustaxkamlanadi. 

 

Oilaviy o‘tkaziladigan terapiyaning konsepsiyasi. 

 

Oilaviy 

o‘tkaziladigan 

terapiya savollari 

Javoblar  

Ota-onalar: 

  Xar bir bola g‘amxo‘r ota-ona ga ega bo‘lishga xaqlidir. Ona – bola uchun eng 

yaqin inson bo‘lib xisoblanadi, bolani turli xil yemon faktorlarda asrovchi, g‘amxur 

insonidir. Ona professioanal tarbiyachi bo‘lib… bolani tarbiyasi xamda psixik va 

jismonan rivojlanishiga kata axamiyat beruvchi insondir. U farzandini tarixini, va 

dinini yaxshi bilibgina qolmay xurmat xam qiladi.  



aka-uka va opa-

singillari: 

Oilaviy aloqalar tabiiy yo‘l bilan bog‘lanadilar. Ikki xil jinsdagi opa-ukalar bir oilada 

opa uka bo‘lib birga yashaydilar. Bu farzandlar birga onalari bilan oilaviy aloqalarni 

bog‘lab o‘z umrlari davomida shu aloqani mustaxkamlab birgalikda xayet 

kechiradilar. 

Uy: 

Xar bir oila o‘zining shaxsiy xonadonini quradi. Uy o‘zining atmosferasiga ega bir 

qo‘rgon bo‘lib xisoblanadi. o‘zining uyi ichida bolalar zavq olib katta bo‘lishadi. 

Bolalar uy ishlarini birgalikda taqsimlab katta bo‘lishadi. Oiladagi g‘am va kayg‘uni 

birgalikda bosib o‘tishadi. 

Kishlok: 

qishloq bir necha oilalar va xonadonlardan tashkil bo‘ladi. o‘z kishloklarida bolalar 

birgalikda o‘ynab , taqsil olib katta bo‘ladilar. Kishlokda bolalar xamjixatlikka, bir 

biriga bo‘lgan mexrga o‘rganadilar. qishloq bola tarbiyasida juda katta axamiyatga 

ega. Bir biriga bo‘lgan, kattalarga Bo‘lgan, xamkishloklariga bo‘lgan xurmat 

e’tiborga o‘rganadilar. 



 

 Oilaviy psixoterapiyada ko‘p ko‘llaniladigan psixoterapiya usullari 



Oilaviy 

psixoterapiyada 

kup 

qo‘llaniladigan psixoterapiya usullari 

Javoblar  

Oilaviy psixoterapiyada ko‘p ko‘llaniladigan 

psixoterapiya usullariga quyidagilar kiradi. 

1) jimlikdan effektiv foydalanish. 

2) eshitishni o‘rganish 

3) savollar yerdamida o‘kitish. 

4) takrorlash (rezyumirovaniye), 

5) summar takrorlash 

6) aniqlash (proyasneniye)  

7) konfrontatsiya 

8) rollarni ijro etish, 

9) bunyod qilish «tirik skulpturalarni», 

10) videomagnitofon yozuvlvrni ko‘rib, taxlil 

qilib chiqish.  

 

 

 


40 

 

 Mustaxkam oila belgilari.  

1. Barcha oila azolari bir-birlarini tinglashadi va o‘zaro xurmatda bo‘lishadi. Sog‘lom oila-yaqinlik, sevgi va 

vafodorlik tuyg‘ulari aks etgan, salbiy xissiyotlardan yiroq maskan.  

2. Barcha oila azolari bir-biriga javobgar.  

3. Barcha oila azolari bir-birlarini yumushlarini bajaradilar (komandirovka, kasallik paytlarida). 

4. Barcha oila azolari o‘zlariga ishongan, adekvat qarashga ega bo‘lgan insonlar. 

 5. o‘zgalarni xurmat qila oladigan, ularni tanlovlarini rad etmaydigan, do‘stlarin xurmat qiladigan insonlar. 

 6. Barcha oila azolari o‘z xuquqlarini bilgan xolda ish olib boradilar.  

7. Oila azolari o‘z avlod tarixlarini biladilar va o‘z madaniyatilariga egadirlar.  

8. Oila azolarida malum bir chegara mavjuddir, bu esa ular o‘rtasida muvozanatni saqlab turishda yordam 

beradi.  

9. Oilada pozitiv ruxda tarbiyalanib, xazil-xuzil xam ishlatiladi. 

10. Ruxiy xolatga xam etibor qaratiladi.  

11. Kungilxushliklarga xam vaqt ajratiladi.  

12. Ovqat vaqti birgalikda tanovvul qilinadi.  

13. Kattalar xurmatda bo‘ladi.  

14. Oila azolari o‘zlari ustilarida ishlashadi, o‘zlarini rivojlantiradilar.  

15. Oila azolari qiyin bo‘lgan vaziyatlarda uyalmasdan mo‘taxassisga murojaat qiladilar. 

Sistemali buzilish turlari. 

- «Normativ vaqtinchalik o‘zgarishlari» bu turdagi buzilish xayotiy qiyin vaziyatlarda yani bola tug‘ilishida, 

kasb o‘zgartirishda, kuchib ketishda, oilani tashlab ketayotganda yuzaga chikqadi. 

«Sistemali o‘zgarishlar» malum turmush sharoitlarida (ayol bolalari katta bo‘lganidan keyin ishga tushishi, 

Kaynona o‘limidan so‘ng erning bebosh bo‘lib qolishi) oilaviy krizis paydo bo‘lishi. 

«Sistemali travma» — ruxiy yoki jismoniy qiyinchiliklar, o‘lim tasirida bo‘ladi. 

 

Oila psixoterapiyasida 3 etap mavjud:  

1) Ko‘shilish.  



Turlari: 

- ko‘maklashish – oila qonun qoidalarini xurmat qilish. 

- taqlid qilish – oila uslubini ishlab chiqish. 

2) Terapevtik so‘rovnoma ko‘rinishi. asosiy maqsad xar bir oila azosining erishgan yutuqlari

3) Oila munosabatlarining qayta tiklanishi, oila gomeostazini to‘g‘rilash natijasida erishiladi. 

Oila psixoterapiyasining vazifalari: 

-  simptoma tanqidi; 

-oila struktura tanqidi; 

- oila tanqidi. 

 

Guruxda uzini tutish turlari. 

 

Turlari 

Tarifi 

Umumiylashgan tur. 

Individual oriyentirovka yaxshi rivojlangan. 

Yo‘naltirilgan tur. 

Taqlid qilishga qaratilgan, o‘zini mustaqil fikri 

bo‘lmagan oila azosi maslaxatlashgan xolda 

oila bilan ish ko‘radi. 

Boshqaruvchi tur 

Barcha oila azolarini o‘ziga tobe qilgan xolda 

ish olib boradi. 

Xamkor tur. 

Oila  azolari  bilan  maslaxatlashgan  xolda 

xamkorlikda ish olib boradi. 

 

 

 

 

 


41 

 

Guruxli psixoterapiya usullari. 



Usuli.  

Tarifi. 

Guruxli diskussiya.  

Gurux diskusssiyasi 3 turdagi mavzuda bo‘ladi: 

biografik, tematik va interaksion. 

Psixodrama.  

Guruxli psixoterapiya usuli bo‘lib, muammolarni 

rollar orqali spontan namoyon qilishdan iborat. 

Psixogimnastika. 

Bu usul yordamida so‘zlarsiz  xarakat natijasida 

bemordagi kechinmalar  yuzaga chiqadi.  U 3ta 

qismdan tashkil topgan: tayyorlov, pantomimika, 

tugallanish. 

Proyektiv rasm.  

Gurux yoki individual tarzda xar bir qatnashchiga 

qalam, qogoz, kraska berib,30 daqiqa davomida 

rasm chizishga buyuriladi. Shu rasmlar muxokama 

qilinib, qo‘shimcha informatsiya yig‘iladi. 

Muzikoterapiya.  

Bu  psixoterapevtik  metod,  davo  maqsadida 

kullanadi. 

4 xil effekt kuzatiladi: 1) emotsional aktivlashish; 

2)  kommunikatsiya  yani  insonlar  orasidagi 

munosabat  yaxshilanadi;  3)  Psixovegetativ 

jarayonlarni  yaxshilaydi;  4)  Estetik  talabni 

rivojlantiradi. 

 

Mashg‘ulot 



 5-6 

Mavzu: Ishonish va ishontirish tushunchasi. Gipnoz. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatma. Autogen 

mashg‘ulot. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatma 

 

Ta’sir  o‘tkazish  ( lot. suggestio)  ruxiy – asab va somatik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi va tanqidiy 

baxolashsiz qabul qilinuvchi ma’lumotni yetkazish bilan belgilanadi.   Ta’sir o‘tkazish orqali xissiyot, 

tasavvur va turli xil emotsional xolatlar chaqiriladi, xamda shaxsiyatning faol aralashuvisiz, 

ta’sirlanuvchining mantiqiy fikrlashisiz vegetativ funksiyalariga ta’sir etiladi. 



Ta’sirchanlik – inson ruxiyatining qabul qilinayotgan ma’lumotni tanqidiy baxolashsiz qabul qilish 

xususiyatidir. Insonning orttirilgan xislati bo‘lib, shaxsiyat, jinsi, yoshi va aqliy faoliyatiga bog‘liqdir. 

Yuqori ta’sirchanlik ayollar, bolalar va keksa yoshdagi odamlarga xos. Yuqori ta’sirchanlik mustaqil fikrga 

ega bo‘lmaslik va tanqidiy fikrning yo‘qligiga bog‘liq bo‘lib, passiv, o‘ta ishonuvchan, aqli zaif, spirtlik 

ichimliklarni ko‘p istemol qiluvchi, BMJ va infeksiya oqibatida bo‘shashgan odamlarga xos.  

Ta’sir o‘tkazish turlari



Ta’sir o‘tkazish manbai bo‘yicha: 

geterosuggestiyu — boshqa shaxs tomonidan ta’sir o‘tkazilishi 

autosuggestiyu - o‘z-o‘zini ishontirish 

Mexanizmi bo‘yicha:  

Bevosita ta’sir o‘tkazish - to‘g‘ridan to‘g‘ri shifokor so‘zlari yordamida ta’sir o‘tkaladi. Bemor odatda 

ta’sirlanish va uning oqibati orasidagi aloqani o‘rnatadi. 



Bilvosita tasir o‘tkazish- bu xolatda shifokor ko‘shimcha (oraliq) tasir etuvchi xolatdan foydalanadi va 

bemor odatda davo natijasini shu bilan bog‘laydi. 

Davo maqsadida ta’sir o‘tkazish tetiklik xolatida (uyg‘ok), gipnoz ( gipnosuggestiya), xamda chuqur 

bo‘lmagan uyqu va narkotik uyqu (narkopsixoterapiya) xolatida o‘tkaziladi. 



   Uygoq xolatida  ta’sir o‘tkazish.Uyg‘oq xolatida ta’sir o‘tkazish samarasi o‘tkaziladigan joy sharoitiga 

xodimning tashqi ko‘rinishi, shifokorning obro‘siga va maxoratiga bog‘liq. Shifokorning obrusi qancha 

yuqori bo‘lsa, uning ta’sir etish «formula» si shuncha kamroq tanqidiy fikrga uchraydi. 

Psixoterapiyaning bu usulida bemorning affektiv xolati muxim axamiyatga ega.  qo‘rquv, jaxl, ekstaz va 

boshqa kuchli emotsional xolatlar uyg‘oqlik vaqtida ta’sir etishni osonlashtiradi (urush xolatida, turli 

mitinglarda va x.k.). Uyg‘oqlik davrida ta’sir o‘ o‘tkazish nevrozlarning barcha turlarida, ayniqsa isterik 



42 

 

turida, alkogolizm va kashandalikda, nojuya xatti-xarakatlarni bartaraf etish uchun ko‘rsatma bo‘ladi. 



Bolalarda va ta’sir ko‘rsatishi yukori bo‘lganlarda bu usul samaralirok. 

Tabiy uyqu xolatida ta’sir o‘tkazish.Uyqudagi odam bilan so‘zlashish orqali muloqotga kirishsa bo‘ladi. 

Bunda singdiriladigan ma’lumot verifikatsiyasi juda past bo‘lib singdirilish effekti yuqori bo‘ladi. Uyqu 

paytidagi kiritilgan ma’lumotni bemor eslab qolishi shart emas. Uyqu paytidagi aytilgan gap uyg‘ongandan 

kegin esdan chiqgan bqlsa shu ma’lumotning ta’siri kuchlirok bo‘ladi. 



Gipnoz xolatida ta’sir o‘tkazish. Bu usulning asosida qabul qilinuvchi informatsiyaning verifikatsiyasi 

pasayib ma’lumotning singdirilishi ko‘payadi. 

Davolash jarayoni bir kancha davrga bo‘linadi (etap):  

-tayyorlash, 

- gipnozlantirish,  

-gipnoz xolatida davolovchi ta’sir  

 -gipnozdan keyingi ta’sir orqali degipnotizatsiyalash. 

Gipnoz usullari. 

Fariya usuli, yoki fassinatsiya (ot lat. fascinare — maftun etish). 

Breyd usuli - Lebo. Bemorga gipnoz xolatiga kirguncha biron-bir predmetga tikilib turish buyuriladi. 

K. I. Platonov texnikasi -kuchsiz monoton ta’sirlantiruvchilar orqali, ko‘ruv, eshituv, taktil analizatorlari 

yordamida uyquni verbal tarzda chaqirish. 

Gipnozning kombinatsiyalashgan usullarga  Berngeym, P. I. Bul, V. Ye. Rojnov., Shertok. texnikasi kiradi. 

 

Umumiy va maxsus ta’sirlantirish farqlanadi. 

Umumiy ta’sirlarga  og‘riqli sipmtomlar va ular natijasida kelib chiqgan diskomfort xolatini pasaytirish, 

umumiy axvolini yaxshilovchi, tonusni ko‘taruvchi xattoki salbiy xotirani amneziyalovchi kiradi. 



Maxsus ta’sirlar umumiyga nisbatan aniqroq shu bilan birga xar doim individualdir. Shifokor bemorning 

shikoyatlaridan , shaxsning o‘ziga xos xususiyati, kasallik xarakteri, davolash etap  va x.k. 



Gipnoz boskichlari:  

-engil gipnoz(uyku),  

-o‘rta darajadagi gipnoz (gipotoksiya) 

- chuqur gipnoz (somnambulizm)  



Gipnozni ko‘llashda ta’sir etuvchi ko‘rsatmalar:  

-  isterik neroz, asosan isterik monosimptomlarda, falajlarda, nutk buzulishi, eshitish, amneziya, 

duduklanish.    

- uyquning buzulishi. 

- nevrasteniya. 

- yopishkok xolatlar nevrozi 

- psixogen depressiyalar. 

- somatik kasalliklar (GK boshlangich ko‘rinishi, bronxial astma, unikki barmokli ichak va oshqozon yarasi, 

turli xildagi allergiyalar)   

- narkomaniya, alkogolizm va kashandalik. 

Isterik proyeksiya , gipnologik gallyutsinatsiya va konfabulyatsiyaga moyilligi bo‘lgan bolalarda 

gipnosuggestiv psixoterapiya ko‘llanilmaydi. 



Quyidagilarga qo‘llaniladi

- psixogen mutizm,  

- nevrotik duduqlanish,  

- respirator tikda, 

- amavroz ko‘rinishdagi isterik buzilishlar, anesteziya, parez va falajlarda.  

- immun allergik buzilishlarda,  

- tungi enurezda.  

- bolalarning zararli odatlari (tirnok tishlash, masxarabozlik, onanizm)  

- o‘smirlarda o‘zini noto‘g‘ri tutishni korreksiya qilish usulidir (xukukbuzarlik, o‘z joniga qasd qilish, 

seksual deviatsi va x. k.). 



 

 

43 

 

Gipnosuggestiyani kullanilishiga qarshi ko‘rsatmalar: 

- psixozlar (ta’sir vasvasasi bilan kechuvchi shizofreniya, psixik avtomatizm sindromi bilan (Kandinskiy - 

Klerambo sindromi).  

- yaqqol debillik. 

- epilepsiya.  

- kasallik xolati, yaqqol intoksikatsiya bilan kechuvchi, isitmalash, ongning buzilishi (sopor, koma). 

- shaxsda isterik bilan gipnomaniq o‘rnatmalar mavjudligi. 



 

o‘zini o‘zi ishontirish (autosuggestiya) - bu o‘zini o‘zi ishontirish metodi. Bu o‘zi rejalashtirilmagan  

xoxlamagan xolda (masalan, ipoxondriklarni o‘zini o‘zi ishontirishi, bezovta va isterik shaxslarda) va 

ataylab, ongli. 

o‘zini o‘zi ishontirish davo usuli 1910 yilda fransuz aptekachi Emil Kue tomonidan taklif etilgan. 



o‘zini  o‘zi  ishontirish  -  o‘z o‘zini ishontirishni o‘tkazayotgan shaxsda farazlar, shaxsning ruxiy 

aktivlashishi yordamida uning vegetativ funksiyalariga yoki ruxiy kechinmalariga ta’sir o‘iladi. 

- o‘z o‘zini ishontirish -bu usul o‘ziga qandaydir fikr, xoxish, obraz, xis qilishni singdirish. 

Davolash texnikasi. 

- dastlabki suxbat, turli kasalliklarda o‘zini o‘zi ishontirishni  organizmga ta’siri xaqida misollar keltiriladi. 



-  shifokor bemor bilan birga o‘zini o‘zi ishontirish formulasini tuzishadi, davo jarayonida o‘zgarishi 

mumkin. Formula bir qancha so‘zdan iborat oddiy bo‘lishi lozim, ko‘pi bilan 3-4 iboradan tashqil topgan 

bo‘lib ijobiy so‘zlardan tashkil topadi. 

- bemor seans vaqtida o‘tirgan yoki yotgan xolatda o‘ziga qulay joylashadi, ko‘zlarini yumadi, past ovozda 

bo‘shashadi, 20 marta o‘zini o‘zi ishontirish formulasini kaytaradi. 

Seans 3-4 daqiqa davom etadi, kunda 2-3 marta qaytariladi, 6-8 xafta davomida. 

Davo odatda ambulator sharoitda, shifokor nazorati bilan o‘tkaziladi. 

 

Autogen mashg‘ulot (Shuls usuli) 

Autogen mashg‘ulot - bu o‘zini o‘zi ishontirishni relaksatsiya xolati (qo‘yi pog‘ona) yoki gipnotik trans 

(yuqori pog‘ona). 

Shuls tomonidan taklif etilgan bu usul klassik deb ataladi va u 2 boskichdan iborat: 1-chi, yoki boshlang‘ich 

(AT-1), va 2-chi, yoki oliy (AT-2). 

AT-1 Texnikasi 

- bemor bilan muloqot o‘tkazilib , u yoki bu mashg‘ulotlaring organizmga ta’sir mexanizmi fiziologik 

asoslar usulida tushuntiriladi. 

- seanslar kuniga 3-4 marta o‘tkaziladi. Birinchi 3 oyda xar bir seansning davomiyligi 1-3 daqiqadan 

oshmasligi kerak, keyinrok vaqti uzaytiriladi (AT-2). ammo 30 daqiqadan oshmaydi.  

- kamida 1 xaftada 1 marta guruxli mashg‘ulot o‘tkaziladi.  

- davoning birinchi etapida 6 ta mashqni o‘zlashtirig kerak. Xar bir mashg‘ulotga 10-15 kun ketadi.  

- bundan so‘ng davoning 2 chi etap  boshlanadi(AT-2), davo kamida 6 oy davom etadi.  

- autogen mashg‘ulot 9-12 oyga muljallangan. 

AT-2 Texnikasi. Shuls autogen mashg‘ulotni eng yuqori pog‘onasining maqsadi, mashg‘ulotda tasavvur 

jarayonini mashq qilish (xayolotni vizualizatsiya qilish qobiliyati) va affektiv kechinmalarni neytrallash. 

Autogen mashg‘ulotning asosida va yuqori pog‘onasida meditatsiya yotadi.  

Ishontirishni aniqlash usullari. 

Bauden (1) 

Shifokor bemorga uning asab faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirmokchiligini aytadi, unga o‘rnidan turib 

orkasini o‘girishini suraydi, asosiy tayanch nuktasi tovon bo‘lib tik xolatda turadi, oyoqlar jipslashtiriladi, 

qullar yonda. Bemor boshini orqaga tashlab shifokorning qo‘liga boshini quyadi. Ko‘zlarini yumgan xolatda 

mushaklarini bo‘shashtiradi; Sungra bemorga topshirik beriladi, bunda unga xozir asta orqaga yiqilishi va 

o‘z vaqtida uni ushlab olishlari xaqida unga buyuriladi. Sung shifokor bemorni ishontiradi: Men 

ensangizdan qo‘limni olishim bilan, asta syokin orqaga yiqilas! Sizni orqaga tortyapti! Siz yiqilyapsiz, 

yiqilyapsiz! 



Bauden bo‘yicha (2) 

44 

 

 Shifokor bemorni oyoqlari jipslashgan, qo‘llar  yonda turgan xolatda yuzma yuz quyadi. Bemorga 



shifokorning ko‘zlariga tik qarash buyuriladi. Shifokor ko‘llari bilan bemorning terisiga asta tegadi,shundan 

so‘ng bemorga qo‘llarini asta syokin olishini va uni shu yo‘nalishda og‘ishini aytadi shu bilan shifokor asta 

orqaga tisariladi va gapiradi: Siz yiqilyapsiz, yiq ilyapsiz. 

Rojnova (1) 

Shifokor bemorga qo‘l barmoqlarini birlashtirishni buyurib uni qo‘llarini o‘z qo‘li bilan yopadi. Bemorning 

nigoxi shifokorning ko‘zlariga qarab fiksirovat qilinadi. Bemorni qo‘llarini massaj qilayotib quyidagi 

ishontiruvchi  formulani  aytadi:  Sizning  qo‘llaringiz  qattiqlashyapti....qo‘llaringiz  kuprok 

sikilyapti...kullaringiz judayam kattik sikildi... Siz endi kullaringizni ocholmaysiz! Xarakat kiling...siz 

qo‘llaringizni ocholmayapsiz! 



Rojnova (2) 

Bemorga xid bilishingizni tekshirishaman deb aytib qo‘liga ikkita toza va bo‘sh probirka beriladi. Bemorga 

probirkalar xidlash uchun beriladi va qay birida kerosin, navshadil spirti xamda toza suv ekanini aniqlash 

so‘raladi. Agar bemor mavjud bo‘lmagan xidlarni sezishni boshlasa bu odamni o‘ta ishonuvchan desa xam 

bo‘ladi.   

 

Gipnoz bosqichlari   

Yengil gipnoz (uyquchanlik)  

Bemor yuzaki uyqu xolatida bo‘lsa xam tashqi muxit bilan aloqasi uzilmaydi so‘zlarga javob bera oladi va 

tanada yengil xolsizlik, qovoqlar og‘irligini sezsa xam o‘z xoxishi bilan ko‘zini ocha oladi qo‘l oyoqlarini 

xarakatlantira oladi va istaganda seansni tuxtata oladi. Sub’ektiv ma’lumotlarga ko‘ra bemor o‘zini uyquda 

xisoblamaydi.   

O’rta chuqurlikdagi gipnoz (gipotoksiya) 

Bu xolatda bemor yaqqol uyquda  bo‘lib, mushaklar xolsizligi, ixtiyoriy xarakatlar bo‘lmaydi, sezgi doirasini pasayishi, 

passiv bo‘ysunish kuzatiladi. Oriyentirovka saqlanadi. Bemor bilan  gaplashganda, u seans vaqtida yuzaki uxlaganligini, 

atrofidagi shovqinlarni eshitganini, ko‘zini ochmokchi bo‘lgani lyokin buni qilgisi kemaganini ta’kidlaydi. qisman 

postgipnotik amneziya kuzatiladi. 

Chuqur gipnoz (somnambulizm) 

Oriyentirni buzilishi va tuliq postgipnotik amneziya bilan tavsiflanadi. Gipnoz xolatida bemor xech kanday tashqi 

ta’surotlarni qabul qilmaydi, faqat gipnoz qilgan shifokor bilan aloqada bo‘ladi. Gallyutsinator kechinmalar tasiri bo‘lishi 

mumkin. og‘riq ta’sirini kuchaytirish yoki biror bir analizator ta’sirini o‘chirish mumkin. Bu bosqichda postgipnotik 

ta’sir bo‘lishi extimoli bor. 

 

Gipnoztizatsiya asoratlari 

Rapportni seans vaqtida yukotish 

 Gipnotik trans bunday xolatlarda oddiy uyqu xolatiga o‘tadi. Gipnolog seansni tugatishi yoki bemorni 

uyqudan uyg‘otib qaytadan gipnoz qilishi lozim bo‘ladi.  

Spontan katarsis  

Gipnoz vaqtida bemorda xech qanday sababsiz yoki (shifokorning nojuya xarakati bilan) to‘satdan uning 

oldingi jaroxatlagan kechinmalari yuzaga chiqishi, shu sabab unda ko‘z yosh, yig‘lash, ekspansiv xarakatlar 

vujudga keladi. Shifokor bemorga xissiy reaksiyalarini bosish uchun tinchlanishni va uyquda davom etishini 

buyuradi.  

Isterik gipnoid  

Seans vaqtida qichqirish, isterik xuruj, baqirib yig‘lash, xondon otib kulish talvasa tutganday qilib ko‘rsatadi 

o‘zini. Ba’zan isterik gipnoidda bemor ma’nosi yo‘k iboralarni aytishi, sher o‘qishi, o‘rnidan turib ketib 

qolishi,... mumkin. Bunday xolatda buyruq oxangida bemorni tinchlantirishi va seansni to‘xtashi lozim 

duladi.   

Spontan somnambulizm 

Isterik gipnozdek boshlanadi asosan isterik shaxslarda. Rapportni yo‘qolishi bilan boshlanadi. Bemor 

somnambulizm xolatiga tusatdan tushib qoladi, shu vaqtda oriyentirni yuqotadi, gallyutsinatsiya bo‘ladi, 

xonada yuradi, qandaydir xayotida sodir bo‘lgan yoki bo‘lmagan xolatlarni ijro etadi. Bunday xolat bir 

kancha daqiqadan bir qancha soatgacha davom etishi so‘ng tabiy uyquga aylanadi. 

Gipnotik letargiya 


45 

 

 Odatda gipnozning uchinchi bosqichida vujudga keladi. Shiokfokor bemor bilan o‘rtada rapportni yo‘qotadi 



va uni gipnoz xolatidan olib chiqish imkoniyatini yo‘qotadi. Bunday xollarda gipnotik trans tugab tabiy 

uyqu davriga o‘tishini kutish lozim, bemorga uxalab olishga vaqt beriladi, so‘ng u bilan tinchlantiruvchi 

suxbat o‘tkaziladi. 

 

Autogen mashg‘ulot mashqlari. 

Mashklar   

Tasnifi  

Og‘irlik chaqiruvchi xislar  

Xayolan qaytariladi: «Men mutlaqo xotirjamman» (1 marta); «mening 

ung (chap) qulim og‘ir» (6 marta ); «men xotirjamman» (1 marta). 4-6 

kundan sung mashq qo‘llar og‘irligi sezilarli aniq bo‘ladi. 

Issiklik chaqiruvchi 

xislar 

Xayolan qaytariladi: «men xotirjamman» (1 marta); «tanam ogir» (1 



marta); «mening ung (chap) qulim issik» (6 marta). Issiqlik ikkinchi 

qo‘lga, oyokga va badanga tarqaladi. Formulaga o‘tiladi: «Ikkala qo‘l 

issiq... ikkila oyok issiq...butun badan issiq».  Agar issiqlik yengil va 

aniq chakirilsa mashq o‘zlashtirilgan xisoblanadi. 

Yurak 

ritmi 


faoliyatini 

mo‘tadillashtirish. 

Bemor o‘ng qo‘lini yurak soxasiga qo‘yib xayolan 5-6 marta 

qaytaradi: «mening yuragim xotirjam va ritmik urayapti». Bemorga 

yurak urishini xayolan sanash o‘rgatiladi. Agar yurakni ritmiga yoki 

kuchiga ta’sir ko‘rsatilgan bo‘lsa bu mashq o‘zlashtirilgan xisoblanadi. 

Nafasni mo‘tadillashtirish 

Quyidagi o‘z o‘zini ishontirish formulasidan foydalaniladi: «Men 

xotirjamman... mening qo‘llarim og‘r va issiq... mening yuragim qattiq 

va ritmik urmoqda.. men tinch chuqur va tyokis nafas olyapman». 

Sungi suzlar 5-6 marta kaytariladi. formulaning oxiri qisqaradi: «men 

tinch nafas olyapman». 

Qorin  bushligidagi  organlarga 

t’siri. 


Bemorga ichki organlarning vazifalari xaqida qisqacha ma’lumot 

beriladi. Xissiyotlar chaqiriladi, xuddi 1-4 mashqlardagidek, so‘ngra 

xayolan 5-6 marta quyidagi formula kaytariladi: «Kuyosh nurlari 

issiq...u o‘zidan issiqlik chiqaryapti». 

Peshona  soxasida  chaqirilgan 

muzdeklik.  

Boshida 1-5  mashqlardagi  xislar  chaqiriladi,  1-5  mashqlarda 

tasniflangan. So‘ngra 5-6 marta bemor xayolan aytadi: «Mening 

peshonam muzdek». 

 

 



 

Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin