O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə101/127
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#2678
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127
Gipеrаntеflеksiya ( bachadon patologik antefleksiyasi) Bu xolatda bachadonning oldingi egilishi kuzatiladi, buning natijasida bachadon tanasi va bo’yni orasida o’tkir burchak (70 dan kam )hosil bo’ladi. Bu holatning asosiy sabablari jinsiy a’zolar va boshqa a’zolar yallig’lanish jarayonlar, jinsiy infantilizm hisoblanadi.Bu holat menstrual siklning, bepushtlikning (oligomenoreya, gipomenoreya, opsomenoreya, algodismenoreya) bilan namoyon bo’ladi. Tashxis ginekologik ko’ruv asosida qo’yiladi- bachadonning oldingi keskin egilishi, normal o’lchamda, qin devori qalinlashgani aniqlanadi. Bu patologiyani keltirib chiqargan va chqiruvchi omiliga qarab davolanadi. Menstruatsiya paytida og’riq sezilarli darajada kuchli bo’lganda bemorga nonarkotik analgetiklar, smazmolitiklar va yallig’lanishga qarshi dori vositalar buyuriladi.

Bachadon retrofleksiyasi. Tana o’rta o’qida bachadon sining orqaga egilishi. Buning natijasida bachadon tanasi va bo’yni orasida orqaga ochilgan burchak hosil bo’ladi.

Fiksatsiyalangan va harakatchan retrofleksiya farq qilinadi. Fiksatsiyalangan retrofleksiyani sababi yallig’lanish jarayoni va endometrioz natijasida bo’ladigan kichik chanoqdagi yopishish jarayoni hisoblanadi. Harakatchan retrorefleksiya astenik tana tuzilishli ayollarda( ingichka suyakli tana skeletda, ko’krak qafasi uzun bo’lganda qo’zg’aluvchanlik, ta’sirchanlik, enteroptoz) infantilizmda, tug’ruqdan keyin, ayollarda keskin ozish natijasida ( og’ir kasalliklarda, noratsional ovqatlanishda) bachadon apparatining ushlab turuvchi, osib qo’yuvchi va mustahkamlovchi tonusining pasayishi kuzatiladi. Harakatchan retrofleksiya odatda klinik belgilarsiz kechadi. Fiksatsiyalangan retrofleksiya patognomik, klinik belgilarga ega bo’lmaydi. Bemorni odatda kasallika xos shikoyatlari, ya’ni bachadon noto’g’ri joylashishi sabablari ( yallig’lanish jarayonlari yoki endometrioz) bezovta qiladi. Uzoq vaqt retrofleksiyani mavjudligi ko’pincha jinsiy a’zolar tushishiga olib keladi. Qin orqali tekshirganda bachadon tanasi orqaga egilishi, bachadon bo’yni oldinda joylashishi ko’rinadi. Harakatchan retrofleksiyada bimanual tekshirganda bachadon tezda normal holatga keladi. Fiksatsiyalangan retrofleksiyada bachadonni normal holatga keltirishga urinish keskin og’riq va chanoq a’zolari funksiyasi buzilishiga sabab bo’ladi. Davolash menstrual sikl buzilishi shikoyatlari, dumg’aza va qorin pastki sohasida og’riqlar, jinsiy qo’shilishdagi og’riqlar asosida bajariladi. Endometrioz bo’lganda maxsus bo’lsa, uning asoratlarini oldini olishga qaratilgan terapiya o’tkaziladi. Ginekologik massaj, gimnastika, fizioterapiya, vitaminoterapiya, senator-kurort davolash o’tkaziladi. Bachadon ko’ndalang o’qi atrofida aylantiriladi va qayiltiriladi. Kichik chanoqda o’sma jarayoni bo’lganda bir tomonlama dumg’aza-bachadon bog’lami yallig’lanishiga olib keladi ( o’sma bachadonning orqa va yon tarafida joylashadi). Bu patologiyani davolash sabab bo’luvchi faktorni bartaraf etishdan iborat.

Bachadon buralishi-bu bachadon tanasini ko’ndalang o’qining bachadon bo’yni fiksatsiyasi asosida aylanishi. Bu holatning sababi bir tominlama tuxumdon hajmli hosilasi ( kista, kistoma) yoki bachadon miomasining qorin parda osti joylashishi hisoblanadi. Davolash-keltirib chiqargan faktorni bartaraf etish.

Bachadon elevatsiyasi-bachadonni yuqoriga birikishi. To’lga siydik pufagi va to’gri ichakda ham fiziologik elevatsiya kuzatilishi mumkin. Patologik elevatsiya sababi bo’lib, bachadon ortig’I hajmli hosilasi, gematoma va boshqa patologik protseslar bo’lishi mumkin.

Davolash-keltirib chiqargan faktorni bartaraf qilish.

Jinsiy a’zolar tushishi va osilishi- bu shunday holatki, unda bachadon bo’yni spinal chiziqdan pastda joylashadi. Jinsiy a’zolar tushishi- bachadon jinsiy yoriqdan qisman chiqadi- faqat bachadon bo’yni (qisman tushish) yoki to’liq tushish.

Malinovskiy bo’yicha tasnifi.

1-daraja. Jinsiy a’zolar tushishi-bachadon bo’yni spinal yuzada pastda joylashadi, qin devoir qin dahlizigacha yetishi kuzatiladi.

2-daraja. Jinsiy a’zolarning to;liq bo’lmagan tushishi- bachadon bo’yni jinsiy yoriqdab chiqib turadi, tanasi undan yuqorida joylashadi.

3-daraja. Jinsiy a’zolarning to’liq tushishi-butun bachadon jinsiy yoriqdan pastda joylashadi.

Bu holatlarni keltirib chiqaruvchi faktorlar:



  1. Tug’ruq vaqtida oraliq va chanoq diafragmasi muskullarini travmatizatsiyasi (ayniqsa oraliq tikilmaganda yoki ikkilamchi infeksiya bo’lganda) tez-tez tug’ruq.

  2. Ayollarda astenik tuzilishli oziqlanishni pasayishi, og’ir jismoniy mehnat bilan shug’illanish, surunkali qabziyat, jinsiy infantilism, keskin ozish bilan bog’liq, tug’ruq bilan esa bog’liq bo’lmagan oraliq muskullar kuchsizligi.

  3. Katta yosh va qarilikdagi to’qimalar atrofiyasi. Ko’pincha bachadon tushishi bachadon retrofleksiyasida kuzatiladi. Bachadon tushishida qin devorlari tushishi, tushganda ularning ichiga o’girilishi kuzatiladi. Qin devorlari tushishi va ichiga o’girilishi u bilan bog’liq bo’lgan siydik pufagi (sistosele) va tog’ri ichak (rektosele) tushishi va ichiga o’girilishiga olib keladi.

Klinik belgilar: Bemorlarni yo’tal, aksirish, yuk ko’targanda kuchayuvchi og’riq, qorinni pastki qismida og’irlik, qinda yod narsani his qilish, defikatsiya va siydik ajratishning buzilishi, siydik va gaz ushlay olmaslik bezota qiladi. Jinsiy a’zolar tushishi ularning shilliq qavatida yotoq yaralar, yoriqlar, trofik yaralar kuzatilishi mumkin. Unga ikkilamchi infeksiya qo’shilib siydik ayirish sistemasiga tarqalishi mumkin. O’girilib qolgan bachadon ko’kimtir rangli, shishgan (qon va limfa aylanishi buzilishi tufayli, bemor gorizontal holatda oson to’g’irlanadi).

Davolash: Bachadon tushishida dieta terapiya, vitaminoterapiya, gimnastika, suv muolajalari qo’llaniladi. Ayol og’ir ishdan yengilroq ishga o’tkaziladi. Jinsiy a’zolar to’liq yoki qisman tushishida xirurgik davolanadi.

Ushbu mashg’ulotda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

mushuk qopda”

Ish uchun kerak:


  1. Savollar va variantlar jamlamasi

  2. Guruxdagi talabalar o’rni bo’yicha raqamlar

  3. Toza qog’oz va ruchka


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin