O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə27/127
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#2678
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127
Talaba bilishi kerak:

  • Etiopatogenez, turli yosh guruxlarida BDQK klinikasi

  • BDQK asoratlari

  • BDQK differensial diagnostikasi

  • BDQK bilan bemorlarni ambulator va statsionar davolash kriteriyalari

Talaba qila olishi kerak:

  • BDQK bilan bemorlarni laborator va klinik tekshiruv metodlaridan foydalanib bemorlarni o’rganish

  • Klinik tashxisni asoslash

  • Boshqarish taktikasini aniqlash

  • Bemor kartasini to’ldirish

  • Funksional diagnostik testlar bilan tekshirish

  • Xirurgik davolashga ko’rsatmani aniqlash

  • BDQK bilan ayollarni kuzatishni va reabilitatsiyasini tashkillashtirish

  • Laborator va instrumantal tekshiruv natijalarini muhokama qilish

  1. Motivatsiya

UASH BDQK bilan turli yoshdagi ayollarga tashxis qo’yishda sindromal yo’ldan foydalanishni (sindromlar asosi: qorin pastki qismida og’riq, qonli ajralmalar), profolaktika prinsplarini, tashxislashni, xomiladorlikda BDQK kuzatilgan ayollar reabilitatsiyasida shoshilinch yordam ko’rsatishni bilishi shart.

  1. Fan ishidagi va fandan tashqari aloqalar

Mazkur mavzuni o’rganish talabalarning anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiyada olgan bilimlariga asoslanadi. Mashg’ulot davomida bilimni o’zlashtirish endokrinologik, terapevtik, xirurgik, gematologik va boshqa klinik intizomlardan foydalanilgan holda olib boriladi.

  1. Mashg’ulat tarkibi:

    1. Teoretik qism

Bachadondan dissirkulyator qon ketish

Klinik-obektiv tekshirish metodlari: bunda talabalar bemorlarning shikoyatlariga e’tibor qaratishlari lozim:



  1. Yuvenil qon ketishlarda (anovulyator kabi), kechikkan yoki tutilgan menstruatsiyadan keyin qon ketish kuzatilishi mumkin. Bu ko’pincha ko’p miqdorda, og’riqlarsiz, bemorni tez orada kamqonlikka olib keladi, asosan qon ivishining ikkilamchi buzilishi oqibatida rivojlanadi;

  2. Anovulyator qon ketishlar premenopauza davridagi ayollarda kuzatiladi.

Talabalar anamnezni mukammal yig’ishlariga urg’u berish kerak: kasallik ko’pincha patologik homidarlik o’tkazgan, o’tkir va surunkali infeksion kasalliklardan aziyat chekkan ayollarda kuzatiladi.

Laborator-diagnostik metodlar: talabalarga BDQKda “inkor tashxis” borligini o’rgatish kerak. Yuvenil davrda qon kasalliklarini inkor qilish uchun umumiy qon taxlili, koagulogramma qon taxlili amalga oshiriladi. Yurak qon tomir kasalliklari, gepatobiliar tizim kasalliklari, tbs,qalqonsimon bez va buyrak usti bezi kasalliklari kabi yondosh kasalliklari bor bemorlarda qon ivishi va ivishga qarshi tizimining buzilganligini aniqlash.

Reproduktiv yoshda BDQK bachadon ichi va ektopik homiladorlik patologiyalarida, ayollar jinsiy a’zolari yallig’lanishli kasallklarida, endometriozda, miomalarda, tuxumdon o’smalarida, bachadon bo’yni va tanasining xavfli o’smalarida kuzatilishi mumkin.

Ayniqsa talabalarga BDQK diagnostikasida ayollar jinsiy a’zolaridagi organik o’zgarishlarni inkor etish uchun jinsiy a’zolar UTTsi muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish lozim.

Talabalarga yuvenil, reproduktiv va klimakterik yoshdagi ayollarda qon ketishlarni GVP va SVP sharoitda gemostaz metodlarini, uning xirurgik yo’llariga ko’rsatmalarni hal qilishni o’rgating. Ginekologik ko’rikning urg’u berishga, tizim bo’yichaligiga e’tibor qarating: sut bezlariga, jinsiy a’zolarga va ularga tuklar chiqishiga e’tibor qaratish lozim. Bimanual tekshiruvni tushuntiring va ko’rsating: bachadonning normal yoki normadan biroz kattaligi, ortiq soxasida patologik o’zgarishlar yo’qligi. Bundan tashqari, to’g’ri ichak orqali ko’rikka ham e’tibor qarating.

Talabalarga gormonal davolash va reabilaitatsiyaning muhim ekanligini tushuntiring. Mashg’ulot an’anaviy tarzda suhbat va savollarga javob berish ko’rinishida o’tkaziladi, volonter jalb qilinadi, vaziyatli masalalar yechilaldi.

Ushbu mashg’ulotda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

mushuk qopda”

Ish uchun kerak:


  1. Savollar va variantlar jamlamasi

  2. Guruxdagi talabalar o’rni bo’yicha raqamlar

  3. Toza qog’oz va ruchka


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin