Tuxumdon o’smalarining xavfli guruxlari
Tuxumdonning o’smalari bilan kasallangan Ayollarda xushsiz premorbid fon
kuzatiladi, ya’ni ular bolalik davrida xar xil infeksion kasalliklarni ko’p marta
boshlaridan kechirgan bo’ladi. Bu kasalliklar gipatalamus-gipofiz tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, buning natijasidaganadotropi garmonlarining ishlab chiqarilishi izdan chiqadi.Gormonal buzilishlar o’sma xosil bo’lishiga olib keladi. Shunday qilib, yuqoridagilar shuni ko’rsatadikki, xushsiz premorbid fonli ayollar tuxumdonining o’smalari bilan kasallanuvchi xavf guruxlarihisoblanadilar. Bachadon ortiqlarining yallig’lanishi bilan og’rigan ayollarda ham tuxumdonning o’smalari kelib chiqadi.Shu sababli bu ayollarni ham xavf guruxlariga kiritiladi.Shuningdek, xavf guruxiga birlamchi farzandsizlik kuzatiladigan ayollar va bachadon miomasi bilan og’rigan ayollar kiradi, chunki ko’pgina xollarda tuxumdonning
o’smalari bu kasalliklar bilan birga kechadi. Bulardan tashqari menarxedan boshlab xayz faoliyatining buzilishi kuzatilgan ayollar ham xavf guruxi hisoblanadilar.
Birlamchi xayzning kechikkib kelishi va birlamchi amenoreya kuzatilgan
ayollar xavf guruxlari orasida alohida ahamiyatga egadirlar.Chunki bunday
ayollarda jiddiy garmonal buzilishlar kuzatiladi, bunday ayollarni tekshirish va
davolash ancha qiyin masaladir. Shuningdek, jinsiy diferensirovkaning buzilishi
kuzatiladigan bemorlarda (gonadlar disgeniziyasi) ham tuxumdonlarning o’smalari
yuzaga chiqadi. Bunday bemorlar ham xafli hisoblanadilar.Xavf guruxlarini aniqlash tuxumdonning o’smalarini oldini olishda juda katta ahamiyatga ega.Shu maqsadda bu guruxlarini aniqlab profilaktika ishlari to’liq olib borilsa, tuxumdonning o’smalari bilan kasallanuvchi ayollarning soni sezilarli darajada kamayishi turgan gap yoki ular bachadon bo’yni raki kasalligi bilan kasallanadilar.
Tuхumdоnlаrning o’simtаlаri xаqidа gаpirgаndа yuqоri dаrаjаgi аsаb-ruxiy bоsim –tushkunlikkа tushish xаqidа esdаn chiqаrmаslik kеrаk. Tushkunlikkа tushish fаktоrlаri o’simtаlаrning rivоjlаnishining indusik fаktоrlаri bilаn bir qаtоrdа mа’lum rоlь o’ynаydi.
Irsiy –gеnеtik fаktоrlаr kаttа аxаmiyatgа egа. Аyniqsа o’simtаlаrning rivоjlаnish extimоli egizаk-оpа-singillаrdа yuqоridir. Xоmilаdоrlik, tuғish jаrаеni qаndаy kеchgаnligi аxamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: |