O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi


Mavzu: Bachadondan tashqi homiladorlik. Trofoblast kasalliklari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə56/127
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#2678
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127
Mavzu: Bachadondan tashqi homiladorlik. Trofoblast kasalliklari


    1. Mashg’ulotni o’tqazish va taminlash

  • Toshkent sh. Uchtepa tumanidagi 9-tug’ruq kompleksi, akusherlik va ginekologiya kafedrasi, ginekologiya bo’limi,poliklinika

  • Kerak bo’ladigan narsalar:

    1. Mavzu bo’yicha bemorlar

    2. Klinik anatomik taxlil natijalari

    3. Jadvallar

    4. Kasallik tarixi

    5. Fantomlar va mulyajlar

    6. Video filmlar

    7. Internet ma’lumotlari

    8. Genikalogik instrumentlar




    1. Mavzu o’zlashtirish davomiyligi

  • Soatlar miqdori – 6

    1. Mashg’ulotning maqsadi

Ektopik homiladorlikka olib kelishi mumkun bo’lgan patologik xolatlar bilan talabalarni tanishtirish.

Klinik bachadondan tashqi xomiladorliq to’g’risida klinik bilimlarni tekshirishga yordamlashish uchun tarqata materiallarga ega bo’lish,

Progressiyalanib boruvchi yoki tashqi ektopik homiladorlikning buzilishi tashxisini qoyish uchun bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish.

Ektopik homiladorlikni boshqa genikalogik va xirurgik kasalliklar bilan taqqoslama tashxislash uchun bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.

Gospitilizatsiyagacha bo’lgan muddatda tez tibbiy yordam uchun ko’nikmalarga ega bo’lish.

Ektopik homiladorlikda profilaktikasi, reablitizatsiya bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.

Masala 4

Ta’laba bilishi kerak:

Etiopatogenez,

Bachadondan tahqi homiladorlikning klinikasini paydo bo’lishi va o’sib borishi

Diagnostika metodlari va qiyosiy tashxislash

Bachadondan tashqi homiladorlik asoratlari

Talaba qila olishi kerak:

Ektopik homiladorlik tashxisini tasdiqlash uchun instrumental metodlar bilab klinik tekshirishlar olib borish.

Klinik tashxisni asoslash

O’z vaqtida gospitilizatsiya qilish

Kasallik varaqasini shakllantirish

Instrumental tekshirish usullarini va taxlil natijalarini interrpritatsiya qilish

Reablitizatsiya chora tadbirlarini o’tqazish.


    1. Motivatsiya

XX asrning ikkinchi yarimida butun dunyoda bachadondan tashqi homiladorlik ning uchrash chastotasi oshib ketdi. Epidemiologik izlanishlar natijasida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bachadondan tashqi homiladorlik umumiy homiladorlikni 1,2-1,4% ni tashkil qiladi va tug’ruqlarning 08-2,4 % ni tashkil qiladi. Xozirgi kunga kelib bu kasalliklar ikki yosh toifasi: o’spirimlar va 30-39 yoshdagilar orasida ko’p uchramoqda.

5. fanlar aro va fanga oid aloqalar

O’tilayotgan mavzu bo’yicha talabalar anatomiya, gistalogiya normal va potologik fiziologiyadan bazis bilimlarga ega bolishlari.


Ektopik homiladorlik etiyalogiyasi:

a. Kichik chanoq a’zolari infeksiyalari. Surunkali salpingit - ektopik homiladorlikka tez-tez (30-50%) olib keladi. Ayollarda bachadondan tashqi homiladorlik ko’pincha kichik chanoq a’olarini yallig’lanish kasalliklarida paydo bo’ladi.

1. Bachadon naychasi shilliq qavatidagi infeksion jarayon. Fibrozli va keloid o’zgarishlarga olib kelib naychaning transport funksiyasini torayishlar hisobiga buzilishi va soxta yo’llarning shakllanishi, kiprikchali epiteliy va to’liq bo’lmagan peristalfik o’zgarishlar. Bu hamma o’zgarishlar urug’langan tuxum hujayrasini ushlab qolib, naychaga implantatsiya qilishga yo’l ochadi. Kichik chanoq a’zolarining surunkali yallig’lanish kasalliklari odatda ikki tomondagi naychalarni ham shikastlaydi. Ikkinchi nayda qayta ektopik homiladorlik uchrashi 10-15% ni tashkil qiladi.

b.Bachadon naychasining torayishlari

1. Bachadon naychasini tug’ma defektlari

2. Naychaning yaxshi sifatli o’smalari yoki kistalari

3. Bachadon nayi burchagida bachadon fibroimomi

4. Naycha endometriozi.Ikkilamchi apendesitda yoki kichik chanoq va qorin bo’shlig’i a’zolari operatsiyalaridan keyingi paydo bo’luvchi naychalar atrofidagi chandiqlar.

Bachadon naychasida qilinadigan xirurgik amaliyotlar. Bachadon naychasini yallig’lanish kasalliklari yoki plastic operatsiyalar yoki jarohatdan keyingi o’tkazuvchanlikni tiklanishi oqibatida ektopik homiladorlikning uchrashishi chastotasi yuqori.

c. Urug’langan tuxum hujayra migratsiyasi . Ko’pchilik ayollarda ektopik o’choq joylashgan. Ektopik o’choqdan qarama qarshi tomonda sariq tana aniqlanadi.

1. Tashqi migratsiyada blatto sista yetarlicha o’sishga ulguradi va naychaning nozik yo’lidan o’ta olmasligi sababli.

2. Urug’langan tuxum hujayra bachadon orqali o’tib qarama qarshi naychaga tushadi.

d. БМС ko’pincha БМСni qo’llaganda ektopik homiladorlik rivojlanadi.

e. Ekstrokorporal yo’l bilan urug’lantirilgan homiladorlikda

Ektopik homiladorlik patogenezi

Bachadon naychasida qorin bo’shlig’ida va bachadon murtak shohchasida implantat uchun xarakterli bo’lgan odatiy yaxshi rivojlangan shilliq qavat bo’lmaydi. Rivojlanib boruvchi bachadondan tashqi homiladorlik homila joylashgan joyni cho’zilishiga, haryon varfinalari esa atrof to’qimalarini shikastlaydi. Shu jumladan qon tomirlarini ham. Bu jarayon joylashgan joyiga va ko’p yoki kam miqdorda qon ketish bilan ifodalanganligiga qarab har xil tezlikda kechishi mumkin. Agar urug’langan hujayra nayning boshlang’ich qismida rivojlansa, har yon vorfinalarini bozatrob o’sishi bo’lib tezda naychaning hamma qavatlarini shikastlaydi. 4-6 haftaga kelib bunaychaning yorilishi va massiv qon ketishiga olib keladi. Jarayon naychaning interpitsiya bo’limida joylashganda ham homiladorlik anologik ravishda rivojlanadi, U mushak qavatining yaxshi rivojlanganligi bilan bog’liq bo’lib homila 10-12 haftagacha yashaydi.

Urug’langan tuxum hujayra ampulyar joylashganda emdosalfingist burmasiga urug’langan tuxum implantatsiya bo’ladi. Bu holatda haryon varfinalarini o’sishi naycha yorig’i tomonga yo’nalgan bo’ladi. Buni oqibatida antiperistatikasi ko’chib tushgan urug’langan tuxum hujayra qorin bo’shlig’iga tushadi. Bu naycha aborti deb ataladi. Naychaning finbrial yopiq bo’lganda naychani jarohatlanishidan paydo bo’lgan qon gematosalfingist hosil bo’lishiga olib keladi. Ampula yo’li ochiq bo’lganda qon naycha orqali oqib o’tadi va voronka sohasiga borganda peritubardimatolyar hosil bo’lishiga olib keladi. Qon Duglas bo’shlig’ida chegaralangan gematoma paydo bo’ladi va qorin bo’shlig’ini figroskapsuladan ajratib turadi.

Ayrim holatlarda naychadan urug’langan tuxum halok bo’lmaydi va qorin bo’shlig’iga inflantatsiyalanib rivojlanishda davom etadi.

Ektopik homiladorlik belgilari.

Naychaning yorilish belgilari. Birdaniga qorinning past qismi tov sohasida qattiq og’riqlar paydo bo’lishi va yelka, kurak to’g’ri ichakka uzatiluvchi xarakterga ega. Ko’pincha sovuq terlash, hushdan ketish belgilari tez tez uchraydi.

1. Obyektiv ko’rik. Arteriya qon bosimi tushib ketishi. Sust tez teri qoplamalari va shilliq pardalarning rangparligi. Qorin paypaslanganda yorilgan tovonda og’riq shotkin – dyummer sust nisbat. Terkussiyada qorin bo’shlig’ida erkin suyuqlik belgilari.

2. Qin orqali tekshirish. Bachadon kattalashgan , silliqlashgan;

Odatdagidan harakatda (suzayotgan bachadon). Bachadon ortig’i sohasida pasozlik. Bachadon qinning orqa gumbazi qalinlashgan yoki bo’rtgan, paypaslanganda og’riqli (Duglas kiriki) bachadon bo’ynigi old tomondan tegilganda birdaniga og’riq paydo bo’ladi.

Naychali abort klinikasi: homiladorlik bachadon nayi tipdagi abortda qorinning past qismida hurujsimon og’riqlar paydo bo’ladi va qonli ajratmalar ajraladi, qisqa muddatli hushdan ketish holatlari kuzatiladi.

1.Qin orqali tekshirishlar: Bachadon silliq, ozgina kattalashgan, ortiqlardan birining sohasida o’smasimon hosila aniqlanadi, paypaslaganda og’riqli, kamharakatchan. Bachadon bo’yniga old tomondan tegilganda va qinning orqa gumbazi paypaslagandagi og’riq bachadon naychasi yorilgandagiga nisbatan sustroq ayrim holatlarda bachadon bo’shlig’ida detsidual qovoq ajraluvchi kuzatiladi.

2.Gistologik tekshirishlarda ajralgan getsidual qobiqda haryon elementlarisiz getsidual to’qima ko’rinadi.

Diagnostikaning tahminiy belgilari. Ektopik homiladorlik shubha qorinning pastki qismidagi og’riq va homiladorlardagi patologik qon ketishlar asosida paydo bo’ladi. Anammezida chiqish chanoq a’zolarining yallig’lanish kasalliklari yoki kichik chanoq a’zolaridagi operatsiyalar o’tqazganligi.

Qiyosiy tashxislar ektopik homiladorlikni amnoreyasi bor bemorlar bilan diagnostika qilinadi, amnoreyada homiladorlik belgisi qorinni pastki qismida og’riqlar va qon ketish belgilari kuzatiladi. Quyidagi holatlarni inkor qilish kerak:

1.Tuxumdon kistasi yoki o’tkir apendesit bir tomonlama o’ng yonbosh sohasida og’riq bilan ifodalanadi, tili quruq shotkin bryumberg simptomi uchratiladi, lekin amenoreya ,hushdan ketish va shok kuzatilmaydi. Qon tahlilida yallig’lanish jarayonini ko’rsatadi: Leykositoz, ECHT oshganligi.

2.Bachadon homiladorligini to’xtashi

Bachadon homiladorligini to’xtaganda tashqi qon ketish belgilari og’riq sindromidan ustun bo’ladi, ektopik homiladorlikda bo’lsa og’riq ustunlik qiladi. Qin orqani tekshirishda bachadon hayz sikli kutilishi muddatlariga mos ravishda kattalashgan. Sherrigald kanal ochiq, homila tuxumi bachadon bo’shlig’idan ajralgan. Ajratmalarning xarakteri ham ahamiyatga ega. Abortda u suyuq yorqin qizil rangda; Naychadagi homiladorlikda esa qon kofe quyqasi rangida u detsikolomatsiyalanib nekrozlangan detsidual pardaning qon bilan aralashma hosil bo’lgan. Sariq tanada normal bachadon homilasida qon talashlar (tuxumdon apoksiliksiyasi) . Sariq tanadagi ektopik homiladorlikni xarakterlab bo’lgan qon ketishlar odatda kuchli og’riq va shok chaqnaydi.

Bundan tashqari bachondan qon ketishlar odatda kuzatilmaydi. Tuxumdon apopeksiliyasi faoliyati davrida ham kuzatilishi mumkin.

Ektopik homiladorlikning diagnostika turlari.

Hgp miqdorni aniqlash. Ektopik homiladorlikda qon plazmasida har doim hgt subbirligi har doim musbat bo’ladi, siydikda bo’lsa SGT 50% holatlarda musbat bo’ladi.

a. HGT ning qondagi o’sib borish tezligi normal va patologik homiladorlikni qiyoslashga yordam beradi. Normal homiladorlikda qonda HGT miqdori har 2 kunda 2 marta oshib boradi.

b. HGTning eng ko’p miqdori 6 ming mME/ml. BAchadondagi homiladorlik OTTda ko’rinadi. Agar bachadon bo’shlig’ida embrion bo’lmasa ektopik homiladorlikni tahmin qilishimiz mumkin.

c. Homiladorlikda siydikning standart namunasi ektopik homiladorlikda 50% holatlarda manfiy bo’ladi.

2. Kichik chanoq a’zolarining UTT tekshirishi ektopik homiladorlikni inkor qilishga yordam beradi. Agar bachadon bo’shlig’ida homila tuxumi oxirgi hayz siklidan 7 haftadan so’ng aniq ko’rinadigan bo’lsa; bu muddatdagi homiladorlik HGT 5000-6000 mME/ml karelliyatsiya qilinadi. UTTda bachadon va tuxumdonning kattalashish belgilari diagnostic ahamiyatga ega emas bu esa bachadondagi homiladorlikda , sariq tanada bo’lishi mumkin.

Transvaginal UTT

UTT transvaginal datchik yordamida o’tkazamiz. Homila tuxumini transoptiminal ehografikadan oldin ko’rishimiz mumkin.

a. Bachadon bo’shlig’idagi homila tuxumini HGT 1500-2000 mME/ml miqdori 6 oylik homilaga mosligini aniqlashimiz mumkin. Transvaginal UTT yordamida ektopik homiladorlikni transoptaminal UTTga nisbatan 4-6 kun oldin inkor qilishimiz mumkin.

Kuldosentez (to’g’ri ichak bachadon funksiyasi) bemorning qornining pastki qismida o’tkir og’riq bilan patologik qon ketishlar yoki shok shikoyatlari bildirilganda qorin bo’shlig’idan erkin qonni ajratib olishda qo’llaniladi.

№ 18 igna qinning orqa gumbazi orqali to’g’ri ichak bachadon chuqurchasiga kiriladi.

b. To’g’ri ichak bachadon chuqurchasi funksiyasida suyuqlik olish kerak.

c.Normal holatda shprisda 3-5 ml xira sariq rangli suyuqlik bo’ladi. Agar qon qorin bo’shlig’idan olingan bo’lsa qora suyuq qon olinadi. Shpris tarkibidagilar qon laktakini hosil qilishi bachadondan tashqisini qo’ya olmaydi.

Agar tashxis shubha tug’dirsa laparoskopiya va kuldoskopiya bizga bachadon naychasi va tuxumdonni ko’rish imkoniyatini beradi. Laparoskopiyani bajarish bilan bog’liq bo’lgan xavf tashqi qo’yilmagan ektopik homiladorlikning oqibatlaridan anchagina kamroq. Laporoskopiyaga qarshi ko’rsatma bo’lib: peritonit o’tkazganlik qorinni oldingi devoridagi chandiqli o’zgarishlar, metiorizm, og’ir nevro’zlar va yurak qon tomir sistemasi kasalliklarining dekompensatsiya bosqichi.

Endometrning gistologik tekshiruvi.

Patologik qon ketish paytida bachadon bo’shlig’ini tozalaganimizda olingan varsinkasiz haryon detsidual to’qimalari endometrik homiladorlikni ko’rsatadi. Qo’shimcha;surtmalarni organish orqali Ariaz stella fenomenini ko’rish mumkin.

7. Kichik chanoq a’zolari reograsi

Bu tekshirish bizga har xil organlarning qon bilan to’lishi va funksional aktivligi haqida ma’lumot beradi.

Ektopik homiladorlikni davolash usullari. Hozirgi kungacha bachadondan tashqi homiladorlikni davolashda konservativ va operativ davo choralari qo’llanladi. Bu ikkala usul ham o’zining afzalikkalri va kamchiliklariga ega. Giryaznova bachadondan tashqari homiladorlikda operativ davo chora optimal sifatida hisoblaydi. Zamonaviy xorij adabiyotlarida sintetik,garmonsimon preparatlar va metatreksatlar bachadon naychasi homiladorligiga omadli qo’llanilganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bizning mamlakatimizda bachadon tashqi homiladorlikni davolashda kompleks yondashuvdan foydalanamiz. U o’z ichiga quyidagilarni oladi:

Operatsiya

Qon ketishi , gemorragik, shok va qon yo’qotish bilan kurashish. Opertasiyadan keyingi davrga kirish

Reproduktiv funksiya reabilitatsiyasi




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin