O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə81/127
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#2678
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127
Klinik manzarasi:

Hayzga bog’liq patologik qon ketishlar (odatda giperminoreya) kuzatilib, uning intensivligi sekin asta ko’payib boradi va yaqqol anemiyaga sabab bo’lishi mumkin. bachadon fibromiomasini o’rab turgan endometriyning shilliq osti qavati nekrozi, yoki bachadonning cho’zilishi va buning natijasida qonayotgan yuzaning kattalashishi va intramural bachadon fibromiomasi o’sib ketganda miometriyning qisqarish funksiyasi susayishi oqibatida ko’p qon ketishi uchraydi. Ko’pncha bachadon fibromiomasi endometriy giperplaziyasi va poliplar bilan birgalikda uchrashi ham patologik qon ketishga olib keladi. Ba’zihollarda hayz oralig’idagi qon ketishlar ham kuzatiladi.bachadon fibromiomasi organizmdagi jisiy gormonlar muvozanatiga binobarin hayz ko’rishning muntazamligiga ham ta’sir etmaydi. Og’ri asoratlanmagan bachadon fibromiomasi odatda og’riqsiz kechadi. Qattiq og’riq odatda oyqchaning buralib qolishi va bachadon fibromiomasi tuguning nekrozlanishi bilan bog’liq. Hurujsimon og’riq bachadon bo’shlig’iga kirib boruvchi submukoz bachadon fibromiomalariga hosdir.

Odatda miomatoz bachadon yoki tugun kattaligi 10-12 haftalik homila holatiga to’g’ri kelsa, yoki undan kata bo’lsa, kichik chanoq a’zolarining ezilishiyuzaga kelishi mumkin. Siydik ajratishning tezlashishi bachadon fibromiomasi qovuqni ezib qo’yishidan kelib chiqadi.Siydik tutilishi miomatoz o’sish natijasida yuzaga kelgan bachadon retroversiyasida kuzatiladi. Bunda uning bo’yni oldinga, orqa uretrovezikal burchak tomonga suriladi va siydik chiqarish kanali simfizga qisilib qoladi. Gidroureter, gidronefroz va piyelonefrit boylamlar ichidagi tugun siydik naylarini ezib qo’yishi tufayli kuzatiladi. Qabziyat defekatsiyaning qiyinlashishi bachadon orqa devorida joylashgan kata tugunlar evaziga bo’lishi mumkin.

Bepushtlik bachadon fibromiomasi tuxum hujayraning bachadon naylari bo’ylab harakat qilishiga va kontseptus implantatsiyasiga yo’l qo’ymaydi. Bachadon burchaklari sohasida joylashgan, kata intramural bachadon fibromiomalar ko’pincha bachadon naylarining intersitsial qismini berkitib qo’yadi.Submukoz bachadon fibromiomasining ustidagi endometriy, endometriyning boshqa qismlariga nisbatan, tsiklning boshqa fazasida bo’lishi mumkin. Submukoz yoki intramural bachadon fibromiomasi bor ayollarda bola tashlash va oy kuni yetmasdan tug’ish hollari ko’p uchraydi.


  • Diagnostikasi:

  1. Anamnez yig’ish

  2. Qin orqali tekshirish (bimanual)

  3. UZD (UTT)

  4. Funksional testlar o’tkazish

  5. Bachadon bo’shlig’ini zond bilan tekshirish

  6. Bachadon bo’shlig’I va bachadon bo’yni kanalini alohida alohida qirib gistologik tekshirish. Bunda alohida ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki tugunlar nekrozga uchragan bo’lsa qon ketishiga saba bo’lishi mumkin.

  7. Laporoskopiya

  8. Giteroskopiya va biopsiya qilish, bunda asosan submukoz tugunlar aniqlanadi.

  9. Gisterosalpingografiya (GSG), bunda contrast moddani bachadon va shilliq qavatida to’planish nuqsoni kuzatiladi (Braun shpritsi yordamida contrast modda 5 minut davomida yuboriladi).

  10. Kompyuter va yadro-magnit-rezonans (YaMRT) tomografiya.



  • Davolash:

Bemorning yoshi, jarayon lokalizatsiyasi, tarqalish darajasi, atrof toqimaning yallig’lanish alomatlari bor yo’qligiga qarab konservativ yoki operativ davo qilinadi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin