Mavzu bilan tanishih. uni o'rganib chiqqach, talabalar quyidagi vazifalarni bajara olishlari zarur: Aholini tarqoqlashtirish, ko`cherish (evakuasiya) joylashtirish shakllarini, haritasini Favqulodda vaziyat turlariga qarab to`za bilish ishchilar navbatini ko'chirish va tarqoqlashtirish jarayonlarida, aholini tibbiy jihatdan ta'minlash masalalarini, tibbiy muassasalarni ko'chirish, o'zi yura olmaydigan bemorlarning himoya amallarini rejalashtirish;
fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlari va vositalarini ko'chirish hamda tarqoqlashtirish jarayonlarida tibbiy jihatdan ta'minlash hisob-kitoblarini ishlab chiqish;
Favqulodda vaziyat sodir bo`lganda xavfi mavjud sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan tibbiy tadbirlarning muhimligi tushunchasini o'zida vujudga keltirish-tarbiyalash;
Mustaqil tayyorlanish jarayonida talab qilinadi: 1) asosiy nazariyalar mohiyatini tushunish va nazorat savollariga
doimo tayyor bo'lish;
murakkab-kompleks usullarida aholini ko'chirish va tarqoqlashtirish fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining kerakli miqdordagi kuchlarini hisoblash;
daftarda «Ko'chirish va tarqoqlashtirish jarayonlarini tibbiy jihatdan ta'minlash» chizmasini ifodalash.
evakuasiya, tarqoqlashtirish haritasini chizish. Quyidagi masalani yechish kerak: 1) 2ta yig'ish-ko'chirish bo'limlari (YKB) odamlarni transportlarga
o'tqazish va 3ta temir yo'l eshelonlaridagi ishchilar va xizmatchilarni
tibbiy jihatdan ta'minlash uchun nechta shifokor va hamshiralar
(ulardan biri oliy ma'lumotli hamshira) bo'Iishi mumkin?
2) ayni masalani yechish uchun, har bir navbatdagi yig'ish-
ko'chirish bo'limlari va odamlirni transportlarga o'tqazish
bo'limchalari hamda har bir eshelon uchun qancha miqdorda tibbiy
xodimlar ajratilishini eslash zarur.