Mustaqil ish uchun ko`rsatma
Talabalar mavzuga asoslangan holda bajara bilishi kerak: -FM xizmatining vazifalari va uning tutgan o`rnini, tashkiliy strukturasini, to`zilish prinsiplarini.
Favqulodda vaziyatlarda hozirgi zamon ommaviy qirg`in qurollari qo`llanilganda FM kuchlarining vazifalariga aniq baho bera bilish, uning bajarilish sifatini aniqlash
FM tuzilmalarining harakatini favqulodda vaziyat sodir bo`lganda to`g`ri tashkil qilish, javobgarlikni sezgan holda chora tadbirlarni o`tkazish . Mustaqil ish jarayonida mavzu bo`yicha sinov savollariga javob berish, FM ning tashkiliy tizimining, tuzilmalarining shaklini daftarga chizish.Kerak bo`lganda mustaqil qaror qabul qilish malakasiga ega bo`lish.
Nazorat savollari.
Fuqaro muhofazasi tushunchasi
Fuqaro Muhofazasining davlat tizimi
Fuqaro muhofazasining shaxsiy tarkibi
Fuqaro muhofazasining mahalliy tuzilmalari
Fuqarolar muhofazasining vazifalari
Fuqaro Muhofazasining tashkiliy to`zilish prinsiplari
Fuqaro Muhofazasining kuchi, vositalari va tuzilmalari strukturasi
Fuqaro Muhofazasining umumiy bo`limlarining vazifalari
Fuqaro Muhofazasi xizmatining zamonaviy urushda tutgan o`rni
Fuqaro Muhofazasining o`quv muassasalaridagi tashkiliy tuzilishi
Fuqaro Muhofazasining oily va o`rta maxsus yurtlardagi tashkiliy tuzilishi
«Aylana stol» usuli.
Ushbu usul talabalarning joriy bilimlarini baholash bilan birga mavzuni mustahkamlash uchun ham qo`llaniladi. Guruh ikkitadan kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir kichik guruhga oq qog`ozga savol beriladi va bir ikki minut ichida javob variantlari yozilishi kerak bo`ladi. So`ngra qog`oz keying kichik guruhga o`zatiladi va boshqa guruhdan varaqalar olinadi. Shunday qilib har bir kichik guruhga o`qituvchi tomonidan 1 tadan savol berib uni stol bo`ylab aylantiradi. 6 tа kichik guruhga 6 tа savol beriladi. Agar 6 ta savolga to`g`ri javob berilsa «5» bахо, 5tа savolga to`g`ri javob berilsa «4» bахо, 4 tа savolga to`g`ri javob berilsa , «3» bахо qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |