Darsning o`tish joyi- Jihozlangan sinf va Fuqarolar muhofazasi shtablari
Darsning o`tisn usuli-amaliy mashg`ulot, tushuntirish, tibbiy taktik
baholash shakllarini chizish, Jabrlanish
chegarasini aniqlash formulalarini tushuntirish
Inovasion texnologiya usuli- “Aylana stol”,multimediya ko`rsatish
Darsning moddiy ta`minlanishi
-
Multimediyalar, proektor
-
Jadvallar, shakllar, jarohatlanish o`chog`i haritasi
Yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollar ommaviy qirg'in qurollaridir. Ularni qo'llash qisqa muddat ichida moddiy boyliklarni yo'q qilish. parchalash yoki ishdan chiqarishga. aholi, qishloq xo'jaligi hayvonlari va o'simliklar orasida ommaviy yo'qotishlarga olib kelishi mumkin.
Shikast topgan joylarda aholiga tibbiy yordam ko'rsatishni to'g'ri va asosli ravishda tashkil qilinishi tibbiy-taktik sharoitni baholashga qarab qabul qilinadi. Bunday o'choqlarni tibbiy-taktik jihatdan baholash deganda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining faoliyatiga, ommaviy qirg'in qurollari ta'sirida vujudga kelgan salbiy omillar majmuasini aniqlash tushuniladi.
Sharoitni baholash, joylarda shikastlanganlar sonini aniqlash, kerakli tibbiy xizmat kuchlari va vositalarini hisob-kitob qilish. vazifalarni belgilab olib, davolash-ko'chirish ishlarini tashkil etishni taqozo etadi.
Shunday qilib, hozirgi zamon qurolining shikastlash ta'sirlarini bilish ommaviy shikast topgan joylar tavsifi va sharoitini baholash asosida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining boshliqlari aholini tibbiy jihatdan ta'minlashni tashkil etish, ular oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli ycchish uchun asoslangan qarorlarni qabul qilish imqonini beradi.
YADRO QUROLI BILAN SHIKASTLANGAN O'CHOQ
Yadro quroli - bu ommaviy qirg'in qurollarining asosiylaridan biridir. Ular - snaryadlar. bombalar. raketalarning boshi va boshqa ko'rinishlarda bo'Iishi mumkin. U qisqa vaqt ichida ko'plab odamlarni qirishi, binolar va inshootlarni katta hududlarda bo`zib, ishdan chiqarishi mumkin. Ularni ommaviy tarzda qo'llash. barcha odamzod uchun katta talafotlarga olib keladi. Shu boisdan ham hozirgi paytda dunyo ahli (BMT va boshqa nufo`zli tashkilotlar) Shimoliy Koreya, Eron kabi mamlakatlarda yadro quroli yaratilishiga jiddiy qarshilik qilmoqda.
Hozirgi zamon ma'lumotlariga ko'ra, yadro qurolining 4 xili ma'lum: 1) atom bombasi; 2) vodorod bombasi; 3) neytron bombasi; 4) lazer bombalari.
Yadro qurolini shikastlovchi ta'siri, yadroviy reaksiyalar jarayonida ajralib chiqadigan quvvat bilan bog'lanadi (par-chalanish, qaytadan vujudga kelish yoki bu har ikkala jarayonning bir vaqtda bo'Iishi). Hozirgi zamon ma'lumotlariga ko'ra, yadro quroli eng kuchli shikastlovchi quroldir. Yadro quroli portlaganda, o'ta yuqori darajada quvvat ajralib, uni odatda trotil deb ataladigan portlovchi moddaning ekvivalenti bilan belgilanadi. Trotil portlovchi moddasi bergan quvvatga qarab, yadro qurolining quvvati aniqlanadi. Trotil ekvivalenti tonnalarda izohlanadi (qilotonnalar, megatonnalar).
Quvvat berish jihatidan yadro qurollarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
o'ta kichik (portlash quvvati 1 qilotonnagacha);
kichik (portlash quvvati 15 qilotonna);
o'rtacha quvvatli (portlash quvvati 15-100 qilotonna);
katta quvvatli (portlash quvvati 100-500 qilotonna);
Portlash to'lqinining shikastlash ta'sirida vujudga kelib chiqqan havoning ortiqcha bosimi deganda portlash to'lqini oldidagi -frontidagi eng ko'p bosim bilan kundalik havoning bosimi orasidagi farqlanish tushuniladi. Ushbu ortiqcha bosim har bir kvadrat metrga to'g'ri kelgan nyutonlar bilan belgilanadi. Bosimning bu birligi paskal deb ham ataladi. 1 N/m2= 1 Pa(l kPa0,01 kgs/sm2). K.GS - qilokuch degani.
Portlash to'lqini odamlarga bevosita ortiqcha bosim, tezlik bosimi natijasida va bilvosita - ikqilamchi snaryadlar (binolar, inshootlarning parchalangan qismlari, uchib kelayotgan bo'laklar) orqali ta'sir o'tqazishi mumkin. Portlash to'lqini odamlarga ta'sir etib, turli darajadagi shikastlanishlarni keltirib chiqaradi:
yengil shikastlanishlar ortiqcha bosim 20-40 kPa ga teng bo'lganida kelib chiqadi. Bularga yengil lat yeyish, qonto`ziya, bo'g'imlarning chiqishi kiradi;
o'rtacha og'irlikdagi shikastlanish (eshitish a'zolarining shikastlanishi), qo'1-oyoqlarning kuchli chiqishi, suyaklarning sinishi, burun va quloqlardan qon ketishi);
ortiqcha bosim 40-60 kPa bo'lganida namoyon bo'ladi;
og'ir shikastlanishlar (ko'pchilik jarohatlar, butun tananing kuchli qonto`ziyasi, qo'1-oyoqlarning sinishi, ichki a'zolarning shikastlanishi) ortiqcha bosim 60-100 kPa ga teng bo'lganida ko`zatiladi;
o'ta og'ir shikastlanishlar (o'limgacha olib boradigan shikastlanishlar) ortiqcha bosim 100 kPa dan ziyod bo'lganida ko`zatiladi (3-jadval). Portlash to'lqinining tezligi va uni ta'sir etish doirasi - masofasi portlash quvvatiga bog'liq. Portlash joyidan o`zoqlashgan sari tezlik kamaya boradi. Masalan, 20 qilotonnali portlash yo`z berganida portlash to'lqini 1 km masofani 2 soniyada, 2 km masofani 5 soniyada, 3 km masofani 8 soniyada o'tadi. Ushbu vaqt ichida yorug'lik nurlanishi boshlanishi bilanoq berkinib olish va shikastlanishdan holis bo'lishi mumkin.
Portlash toiqini inshootlarni bo`zib, berkinchoqlar ichigacha kirib borishi mumkin. Undan himoya qilish maqsadida berkinchoqlar to'lqin qaytargich uskunalari bilan ta'minlanadi. Portlash to'lqinidan himoyalanish uchun portlash epidmarkazidan o`zoqroqda joylashgan yerning relyefidan (egri-bugri, o'nqir-cho'nqir) ham foydalanish mumkin.
Yorug'lik nurlanishi. Yadroviy portlash ro'y berganida odamlar tanasiga salbiy ta'sir etuvchi 2-o'rindagi omil bo'lib, u tarkib jihatidan nurli quvvatni tashkil qiluvchi ultrabinafsha, infraqizil va ko'zga ko'rinadigan nurlar majmuasidan iborat. Uning manbayi bo'lib cho'g'ga aylanib, qizib ketgan portlash mahsulotlari va havo xizmat qiladi. Yorug'lik nurlanishi deyarli bir vaqtda tarqalib, portlash quvvatiga ko'ra 20 soniyalargacha davom etadi.
Yorug'lik nurlanishi yadroviy jami quvvatning taxminan 35 %ini tashkil qiladi.
3-jadval
Yadro quroli zarba to'lqini ta'siri natijasida pay do bo'lgan oshiqcha bosimning odani organizmiga ta'sir qilishi tufayli paydo bo'lishi mumkin bo'lgan shikastlanishlar (V.V.Meshkov ma'lumorlari bo'yicha, 1969-yil)
Zarba
|
Yo`z berishi mumkin bo'lgan
|
Og'irlik
|
Jangovarlik
|
to'lqini
|
shikastlanishlar
|
darajasi
|
|
frontidagi
|
|
|
qobiliyatini
|
ortiqcha
|
|
|
yo'qotish,
|
bosimning
|
|
|
% hisobida
|
o'lchami
|
|
|
|
kg/sm2
|
|
|
|
0,1-0,2
|
Quloqlarda shovqin eshitilishi. subyektiv haraktcrga cga
|
-
|
|
|
bo'lgan ko'ngilsiz narsalami his
|
|
|
|
etish
|
|
|
0,2-0,4
|
Bosh aylanrshi, bosh og'rig'i.
|
Yengil
|
Ayrim
|
|
ko'ngil aynishi, ba'zi vaqtlarda
|
daraja
|
hollarda
|
|
qusish va yengil qonto`ziyaning
|
|
|
|
boshqa yengil klinik
|
|
|
|
simptomlari. Ba'zi vaqtlarda
|
|
|
|
nog'ora parda va burun
|
|
|
|
bo'shlig'i tomirlarming yorilishi
|
|
|
0,3-0,5
|
Kopincha nog'ora pardaning
|
O'rta
|
Shaxsiy
|
|
yorilishi, qisqa muddatli es-
|
daraja
|
tarkibi 50%
|
|
hushini, xotirani yo'qotish.
|
|
safdan
|
|
adtnamiya. nutqning bo`zilishi
|
|
chiqadi.
|
|
yoki umuman yo'qolishi va
|
|
10% o'lim
|
|
qonto`ziyaning boshqa
|
|
bilan
|
|
ko'rinishlari: qon qusish.
|
|
tugaydi
|
|
quloqdan, og'izdan qon ketishi;
|
|
|
|
ba'zi vaqtilarda o`zun naysimon
|
|
|
|
suyaklaming sinishi
|
|
|
0,5-0,8
|
Ichki a'zolarning yorilishi,
|
Og'ir
|
25% yuqori
|
|
oyoq-qo'llar suyaklarining
|
daraja
|
o'limni
|
|
sinishi; shok: o'rta quloqning
|
|
paydo
|
|
shikastlanishi (barotravma.
|
|
bo'lishi
|
|
akutravma); qonto`ziya
|
|
|
|
simptomlari ravmatik enclsefalo
|
|
|
|
yoki serebropatiyalar
|
|
|
|
simptomlari bilan birga: o`zoq
|
|
|
|
muddatli es-hushni yo'qotish;
|
|
|
|
nafas olishning bo`zilishi,
|
|
|
|
arterial bosimning tushishi,
|
|
|
|
sfinktrlarning bo'shab ketishi:
|
|
|
miyada. miokardda. ichaklarda mayda qon tomirlarining yorilishi tufayli mayda nuqtasimon qon quyilishlar; alveolyar va bron.xiolalarning yorilishi, o'pka to'qimalarining o`zilishi; portlashga qaragan tana tomonida qontalashlar va boshqalar
0.8-1.0
O'lim bilan tugaydi
O'ta og'ir daraja
Ko'krak va qorin devorlarining bo`zilishi va organlarning ezilishi; suyaklaming ko'plab sinishi, oyoq-qo'llarning o`zilib ketishi, og'ir shok holati, og'ir qonto`ziya
Sanab o'tilgan nurlar ichida ko'proq darajada salbiy ta'sir kuchiga. infraqizil nurlari ega. Uning asosiy ko'rsatkichi bo'lib, 1 snr (1 nr) yo`zaga tushadigan nur quvvati hisoblanadi. Bu quvvat tarqalayotgan yorug'lik nurlanishiga nisbatan ko'ndalang holda, yo`zalarga tushadi. Yorug'lik impulslari har bir sm2 tushadigan kaloriyalar (kal/sm2) yoki har bir m2 ga tushadigan kJ/m2 larda o'lehanadi.
Nurli impulslar darajasi portlash quvvati va portlash xiliga bog'liq. Portlash quvvati qanchalik kuchli bo'lsa, nurli impulsning darajasi ham shunchalik kuchli - katta bo'ladi. Portlash yer yo`zasida bo'lsa, havodagi portlashga ko'ra nurli impuls nisbatan kuchsiz bo'ladi.
Nurli impuls darajasi portlashgacha bo'lgan masofaning kvadratiga teskari proporsional holda bo'ladi. Havodagi portlashlarda shikastlanish doirasi eng yuqori darajada bo'ladi.
Yorug'lik nurlanishi qisqa muddat ichida namoyon boisa-da, lekin u terini kuydirishi, ko'zni shikastlashi, yonuvchi narsalarni va inshootlarni yondirib yuborishi mumkin.
Yorug'lik nurlanishi ko'zga ta'sir etganida. vaqtinchalik ko'r bo'lib qolish, ko'z tubining kuyishi, mugo`z pardaning va qovoqlarning ham kuyishi ko'zga tashlanishi mumkin.
Yorug'lik nurlanishining darajasiga ko'ra kuyishning 4 xil darajasi ajratiladi:
- 1-darajali kuyish - yorug'lik kuchlanishi 200 kJ/m2 gacha bo'lganida;
- 2-darajali kuyish - yorug'lik nurlanishi 200-400 kJ/m2 bo'lganida;
- 3-darajali kuyish - yorug'lik nurlanishi - 400-600 kJ/m2 bo'lganida;
- 4-darajali kuyish - yorug'lik nurlanishi - 400-600 kJ/m2 bo'lganida vujudga keladi
Qon yaratilish jarayoni keskin ravishda izdan chiqadi. Gemorragik alomatlar majmuasi kuchayadi. Markaziy nerv tizimi faoliyatining shikastlanish belgilari ko'zga tashlanadi. Agar bemor to`zala boshlasa, xastalik alomatlari asta-sekinlik bilan yo*qola boradi. To`zalish jarayoni sezilarli darajada sekinlashadi (3-5 oy).
- Nurlanish kasalligining 4-darajasi (o'ta og'ir) bir varaqayiga 600-700 R va undan ortiq nurlanish olinganida namoyon bo'ladi. Bu darajali betoblikda deyarli bir necha daqiqa yoki soat o'tgach (nurlanishdan so'ng) kuchli darajadagi tana reaksiyasi ko'zga tashlanadi: to'xtatib bo'lmaydigan qusish, keskin ravishda harakatsizlanish - adinamiya, qon tomirlarining o'tkir yetishmovchiligi - kollaps ro'y beradi. Kasallikning boshlang'ich davri aniq bir chegarasiz yorqin o'tadi va u septik alomatlar bilan kechadi. Qon ishlab chiqarish jarayoni tezlikda so'nadi (qizil ilikning aplaziyasi, pansitopeniya), gemorragiya belgilari erta paydo bo'ladi. Birinchi kunning o'zidayoq yuqumli dardlar paydo bo'ladi.
Shuni aytib o'tish joizki: yadro portlashi quvvatining ortishiga monand holda portlash to'lqinining ta'sir radiusi va yorug'lik nurlanishi ortadi, ammo bu vaqtda ionlashtiruvchi nurlanish ozginagina ko'payishi mumkin.
Radiofaol qurum bilan ifloslanish. Bunday holat yer yo`zasida yadro quroli portlatilganda hosil bo'Iadigan bulutdan to'qiladigan radiofaol moddalarning to'qilishi natijasida hosil bo'ladi va u portlash energiyasining taxminan 10 %ini aks ettiradi. Mazkur mahsulot asosi bo'lib, reaksiyaga kirishgan yadroning parchalanish zarrachalari xizmat qiladi. Undan tashqari, bu jarayonda yadro zaryadining reaksiyaga kirishmagan qismi va ikqilamchi tarzda vujudga kelgan yo'naltirilgan radiatsiya (qurol-yarog' vositasining devori tarkibidagi va yer tarkibidagi kimyoviy zarrachalar) ma'lum ahamiyat kasb etadi.
Radiofaol moddalar bilan atrof-muhitning ifloslanishi ionlashtiruvchi nurlanish quvvati bilan belgilanib, amper 1 kg ga nisbatan izohlanadi (A/kg) SI birligida yoki rentgen soatlarda (R/ soat). Dozaning kuch-quvvati ifloslangan yerda odamni vaqt birligi ichida olishi mumkin bo'lgan nurlanish dozasini bildiradi. Agar ma'lum joyda doza quvvati 0,5 R/soat yoki undan ortiq darajada bo'lsa. bunday joy radiofaol qurum bilan ifloslangan deb hisoblanadi.
Vaqt o'tishi bilan dozaning quvvati kamaya borib, odam tanasi uchun xavf tug'dirmaydi. Masalan, yadro quroli yer yo`zasida portlatilgandan so'ng 1 soat o'tgandan keyin ionlashtiruvchi nurlanish dozasi deyarli 2 marta kamayadi,3 soat o'tgach 4 marta. 7 soat o'tgach - 10 marta, 2 kecha-kundo`z o'tgach esa - 100 marta kamayadi (jadval).
-jad\dl
Radiatsiya darajasining kamayishi
Portlashdan
|
Radiatsiya
|
Portlashdan
|
Radiatsiya
|
ko>in o'tgan
|
darajasi.
|
keyin o'tgan
|
darajasi.
|
vaqt
|
% hisobida
|
vaqt
|
% hisobida
|
1 soat
|
100
|
7 soat
|
10
|
2 soat
|
43
|
10 soat
|
6
|
3 soat
|
27
|
1 sutka
|
2
|
5 soat
|
1 5
|
2 sutka
|
1
|
Vaqtning har 7 marotaba ortuvi (portlash ro'y berganidan so'ng) ionlashtiruvchi nurlanish dozasini 10 marotaba pasayishiga olib keladi.
Buyumlar, oziq-ovqatlar, texnikalar suv va odamning tashqi qismlarini ionlashtiruvchi nurlanish bilan ifloslanishi millirentgen/ soat larda o'lchanadi (mR/soat).
Radiofaol moddalarning kishilarga shikast yetkazishi 2 omil bilan bog'liq:
1) gamma-nurlarining tashqi tomondan ta'siri;
2) beta-zarrachalarining ta'siri (tanaga tushganida yoki odam
ichiga kirganida).
Bu ikki salbiy ta'sir o'tqazuvchi omillarda, asosiy radiofaol ta'sir gamma-nurlanishi bilan bog'liq bo'ladi. Bu nurlanish ta'sirida o'tkir nurlanish kasalligi rivoj topadi. Agar kishi terisi kirlanib ketgan bo'lsa, radiatsiyaviy kuyishlar ko'zga tashlanadi. Odamlarning shikastlanishi radiofaol moddalarning ichlariga oshqozon-ichak yo'li va nafas yo'llari orqali kirganda ham ko`zatiladi. Bunday hollarda qonga so'rilib o'tgan radiofaol moddalar a'zolar va to'qimalarga yetib boradi.
Yadro quroli portlatilganda parchalanish mahsuloti omixtasi dastavval 35 ta elementning 200 dan ortiq hosilalarini, izotoplarni o'zida tutadi, ammo ularning ko'pchiligi qisqa muddatli parchalanish davriga ega bo'ladi. Yadro portlashining izotoplari qatoriga stronsiy, ittriy. ruteniy, teziy, bariy, iod, tellur, molibden va boshqalar kiradi. Ulardan ayrimlari (seziy, tellur va molibden izotoplari) tanada nisbatan bir xil miqdorda tarqalib, tanadan tezda chiqib ketadi. Qolganlari esa ma'Ium a'zolar va to'qimalarda yig'ila boradi. Masalan, iod izotopi qalqonsimon bezda. stronsiy va bariy izotoplari - suyakda. tellur. molibden izotoplari va Iantonid guruhidagilar - jigar to'qimasida to'planadi. Portlash joylarida o'tlab yurgan sigir sutini iste'mol qilish katta xavf tug'diradi, chunki shunday qilinganda odamlarning qalqonsimon bezida sut bilan kirgan iodning 25-30 %i o'tirib qoladi. Nurlanishning ma'Ium dozalari yig'ilib qolgan a'zolar va to'qimalarda, ularning tuzilishi bo`zilishiga olib kelishi mumkin. Turli to'qimalarning nurlanish ta'siriga sezgirlik darajasi bir xil emas. Nurlanish ta'siriga sezuvchanligi eng kuchlisi limfatik to'qima bo'lib, 2-o'rinda limfatik tugunlar turadi. 3- va 4-o'rinlarda - qora taloq va qalqonsimon bez bo'lib, 5- va 6-o'rinlarda qizil ilik va jinsiy bezlar turadi. Mazkur sezgirlikni hisobga olgan holda mezoniy a'zolar yoki to'qimalar tanlanadi. Bunday tana qismlarining shikastlanishi tana salomatligini keskin ravishda yomonlashtirishi mumkin. Ushbu ta'sirlar oxir-pirovardida kelajak avlod uchun ham xatarlidir.
Radiofaol shikastlanishga sezgirligi jahatidan mezoniy a'zolar 3 ta guruhga ajratiladi:
gonadalar va qizil ilik;
qalqonsimon bez, jigar, qora taloq. buyraklar, o'pkalar, mushaklar:
teri qatlami, suyak to'qimasi.
Radiofaol ifloslanishning vujudga kelishida, yerning portlash ro'y bergan qismining osmonga (bir necha qilometr balandlikka) ko'tarilib. parchalanish mahsulotlari bilan birgalashib, radiofaol bulutni hosil qilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ana shu bulut shamol yo'nalishi bo'yicha 25-100 km/soat tezlikda atrof-muhitga tarqaladi va keyinchalik past tomonga yog'adi. Natijada portlash natijalari bir necha km masofagacha tarqalishi mumkin.
Radiofaol moddalar katta xavfni dastlabki portlash soatlarida ko'rsatadi, chunki bu paytda ularning faolligi yuqori darajada bo'ladi.
Radiofaol ifloslanishdan berkinchoqlar va maxsus yopinchoqlar ishonchli ravishda himoya qiladi.
Elektr-kahrabo impulslari. Bu qisqa muddatli elektr-kahrabo maydoni bo'lib. yadroviy portlash paytida ajraladigan gamma-nurlari va neytronlarni atrof-muhitdagi borliqlarning atomlariga ta'sir etishi natijasida elektronlar va protonlarning vujudga kelishi jarayonidir. Elektr-kahrabo impulslari bilan shikastlanish darajasi portlash quvvati va xiliga bog'liq. Elektr-kahrabo impulslari ta'siridan shikastlanish.
ayniqsa, atmosferadan balandroq fazoda yadro quroli portlatilganda kuchli ravishda namoyon bo'ladi. Bunday balandlikda yadro quroli portlatilganida ta'sir doirasi bir necha ming kvadrat qilometrni elallashi mumkin.
Elektr-kahrabo impulslari ta'sirida antennalari baland bo'lgan radioelektron va elektrotexnik uskunalarning kuyishi ko`zatiladi. Ulardan tashqari yarimo*tqazgichli, vaakuumli uskunalar, qondensatorlar, raqamli tuzilmalar va nazorat uskunalari ham ishdan chiqadi.
Shunday qilib, elekt-kahrabo impulslari ta'sirida aloqa uskunalari, elektron-hisoblash mashinalari va boshqalar ishi bo`ziladi. Urush sharoitlarida bunday tia'sir, shtablar va boshqa fuqarolar tuzilmalari boshqaruvini kiyinlashtiradi. Elektr-kahrabo impulslarining odamlarga ta'siri aytarli darajadagi shikastlanishni keltirib chiqarmaydi. Ammo, ular shikastlanishi mumkin, qachonki, ular shikastlangan simlar bilan aloqada bo'lsalar.
Yuqori harorat omili - +800°C dan to +1500°C gacha.
Ifloslangan joylarda faoliyat olib borilganida nafas yo'llarini, ko'zlarni va terini himoya qilish uchun havotozalagichlar, respiratorlar, changga qarshi matoli niqoblar va terini saqlash vositalaridan foydalanish mumkin.
Yuqorida bitilgan ma'lumotlar asosan atom bombasiga oidligi bilan ajralib turadi. Atom bombasi qisqacha qilib izohlanganda, snaryad bo'lib, uning kuchli portlashi natijasida, tezlikda atom quvvati ajraladi.
Uning asosiy qismi neytronlar ta'sirida atom yadrolarini o'z-o'zidan davomiy parchalanish jarayonlariga ega moddalar bo'lib, u qisqa muddat oralig'ida katta miqdordagi quvvatni ajratadi. Mazkur moddalar yadroviy yoqilg'i nomi bilan ma'Ium. Ular tabiiy yoki sun'iy ravishda olingan bo'lishi mumkin.
Tabiiy holdagi yadroviy yoqilg'iga atom og'irligi 235 ga teng bo'lgan uran hosilasi taalluqli bo'lib, tabiiy uran tarkibida 0,7 %ni tashkil etadi.
Sun'iy ravishda olingan yadroviy yoqilg'i, atom og'irligi 239 bo'lgan plutoniy hosilasidan iborat. Uni sintez qilish uchun uranni neytronlar bilan nurlantiriladi. Sun'iy yadroviy yoqilg'iga yana atom og'irligi 233 ga barobar bo'lgan toriyni, neytronlar bilan nurlantirilganda vujudga kelgan hosila kiradi.
Yadroviy jarayon zanjirining mohiyati shundan iboratki, uran yadrosi ayrim hollarda ikkita nisbatan qarama-qarshi tomonlarga sachrab ketadigan yadrolarga bo'linadi. Ana shu paytda, katta miqdordagi quvvat paydo bo'ladi. Mazkur bo'linish chog'ida 2-3 ta neytronlar uchib chiqib, ular o'z navbatida yadrolarning yana parchalanishini keltirib chiqaradi. Bu jarayon ayrim hollarda katta miqdorda neytronlar hosil bo'lishiga va jarayonning o`zluksiz davom etishini ta'minlaydi. Ana shu holat zanjirli yadroviy jarayon deyiladi. Soniyaning milliondan bir ulushi vaqtida ro'y bergan bu jarayon atom portlashi deb nomlanadi.
Neytronlar quvvatiga ko'ra shartli quyidagi 9 ta guruhga ajratiladi:
1) ultra sovuq - quvvati 10 7 ev gacha;
2)juda sovuq - quvvati 10"7- 104 ev oralig'ida;
sovuq - quvvati 104 - 5 x 10° ev chegarasida;
iliq - quvvati 5 x10s- 0,5 ev orasida;
rezonansli - quvvati 0,5 - 104 ev darajasida;
oraliq - quvvati 104 - 105 ev kenglikda;tezkorlar - quvvati 105 - 108 ev oralig'ida;
yuqori quvvatlilar - quvvati 108- 10l0ev atrofida;
relyativistlilar- quvvati 10'" ev darajada. Neytronlarning ultra sovuq guruhidan to oraliq quvvatlilargacha
(1-6) shoshilmas neytronlar, undan keyingilarini esa tez harakat qiluvchilar guruhi deb ataladi.
Shoshilmas neytronlarni aniqlashda neytron detektoridan foydalaniladi. Ushbu asbob ishlash negizida, yengil yadrolarni litiy, vodorod, geliy neytronlari yordamida yadroviy parchalanish reaksiyasi - jarayoni yotadi.
Mazkur jarayon davomida alfa zarrachalari va protonlar ro'yxatga olinadi.
Amaliy foydalanishda, neytronlar yadroviy quvvat olishda, transuran zarrachalarni va radiofaol hosilalarni (sun'iy radiofaollik) ishlab chiqarishda alohida ahamiyatga ega.
Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, shunday xulosaga kelish mumkin: atom bombalari ma'Ium qismlarga bo'lingan yadroviy yoqilg'i va ularni bir-biriga zudlik bilan qo'sha olib, bir butun omixta hosil qilib, portlashni ta'minlaydigan avtomatik uskunadan iborat bo'ladi (6-rasm).
Yadro yoqilg'isining kuchi, boshqa portlovchi moddalarga nisbatan million marta ortiq. Bunga sabab shuki, yadrolar bo'linishida ajraladigan quvvat, bir necha marta, kimyoviy jarayonda hosil bo'ladigan quvvatga ko'ra bisyordir.
6-rasm. Atom bombasining
namunali tuzilishi: / - oddiy portlovchi modda
(porox); 2 - detonatorlar;
3 - neytron qaytargichlar;
4 - neytronlar manbayi;
5 - bo 'linuvchi modda; 6 — portlatuvchi moslama.
Snaryad bo'laklaridagi atom og'irligi 235 bo'lgan uranning hosilasi to'la-to'kis ravishda parchalanganda. ajralib chiqqan quvvat taxminan 3 milliard kkal yoki 4 million kvt/soatga teng bo'ladi. Yadrolarning parchalanishida taxminan 200 Mev to'liq quvvat ajraladi. Uning tarkibiga snaryad parchalari quvvatidan tashqari (160 Mev), portlash paytida hosil bo'ladigan gamma nurlar (taxminan 5 Mev) va neytronlar (15 Mev) quvvatini, parchalanish mahsulotlarini bo'linish vaqtidagi (30 Mev) quvvatni o'z ichiga oladi.
Portlash joyida qattiq qizish va havo bosimining ortishi ko`zatiladi. Pirovardida 200-250 km o`zoqlikdan ko'zni qamashtiradigan yorug'lanish ko'rinadi. Shuning bilan birga, portlagan joydan tarqaladigan kuchli to'lqin hosil bo'ladi. Portlash joyidan osmon-u falakka 10-15 km balandlikka ko'tarilgan qizib ketgan gazlarning rang-barang manzarasi ustun shaklida namoyon bo'ladi. Shuni unutmaslik kerakki, atom bombasining vayronetish ta'siri, tashqi muhitdagi olovga o'ch moddalarning yonib ketishi va portlash to'lqini bilan bog'liq. Aytilganlar inobatga olinsa, u holda, atom bombasining yakson etish ta'siri mustahkam qurilgan inshootlarga unchalik ziyon yetkazmaydi. Bunga misol tariqasida, Yaponiyadagi Nagasaki orolidagi qamoqxonalardan birida 211 ta asrga tushgan odamlarning faqat 31 kishi nobud bo'lganini ko'rsatish mumkin. Bikini atolalarida, 1946-yili atom bombasi sinab ko'rilganda kemalardagi hayvonlar omon qolgan. Yaponiyaning Xirosima (1945-yil 6-avgust) va Nagasaki (1945-yil 9-avgust) orollarida atom bombasi ta'sirida vujudga kelgan vayronagarchilik negizida, u yerdagi uylarning qog'oz va sambitdan qurilganligidir. O'sha paytlarda, Xirosima orolida 357,3 ming aholi istiqomat qilgan bo'lib, amerikaliklar tomonidan tashlangan, yer yo`zidan taxminan 300 metr balandlikka og'irligi 8-10 tonnali atom-uranli bombasi ta'siridan 70-80 ming odam nobud bo'lgan. Shulardan 50 % aholi kuyish jarohatidan, 35 %i - portlash to'lqini va qulagan imoratlardan shikastlangan, 15 %i esa - ionlovchi nurlar bilan zararlangan. 14000 kishi bedarak g'oyib bo'ldi, 215000 odam turli darajada shikast topdi. 90 ming binodan 65 mingtasi (72,2 %i) bo`zilgan. O'sha voqealar jarayonida Nagasakida ham minglab odamlarning nobud bo'Iishi ko`zatilgan. Nagasakida portlash oqibatida 240000 aholi qirilib ketdi. 113000 kishi og'ir darajada shikastlandi. 2000 dan ziyod odam bedarak yo'qoldi.
VODOROD BOMBASI YOKI TERMOYADRO QUROLI
Vodorod bombasining tuzilishi, atom bombasidan ayrim jihatlari bilan farq qiladi. Uni kashf etish jarayonida, ilmiy tadqiqotlardan ma'lum bo'ldiki, yadroviy quvvatni nafaqat atomlarning parchalanishi tufayli, balki yadrolarni sintez qilish chog'ida ham ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun ma'lum maqsad bilan vodoroddan geliyni sintez qilish, atom quvvatini olishda faqat uran, toriy yoki plutoniyga bog'liq bo'lmaslik imqoniyatini yaratadi. Ana shu oddiy vodorodning, og'ir hosilalaridan bo'lgan deteriy va tritiy vodorod bombasini ishlab chiqarish poydevori bo'lib xizmat qiladi. Uning tarkibida termoyadro zaryadi, ya'ni deyteriy va tritiylar hamda tabiiy uran (atom og'irligi 238 bo'lgan) ishtirok etgan. Mazkur uran moddasi - atom bombasi - vodorod bombasining portlatgichi bo'lib xizmat qiladi. Vodorod bombaning kritik massasi yo'q. Shuning uchun ham u cheksiz katta o'lchamlarga ega bo'Iishi mumkin. Bu bomba portlaganida, termoyadro jarayoni oqibatida ko'p issiqlik ajralib chiqadi (7-rasm).
NEYTRON BOMBA
Neytron bomba ham yadroviy qurolning bir xilidir. Neytron bombasi haqidagi ilk bor ma'lumot: 1961-yil 26-iyunda «Vashington post» ro'znomasining matbuot xodimi G.Saymons bu bombani «toza», faqat odamni o'ldirishga mo'ljallangan qurol deb axborot chop etadi.
7-rasm. Vodorod bombasining namunali tuzilishi: / - termoyadro zaryadi;
2 - neytronlar manbayi;
3 - bo 'linuvchi modda;
4 - oddiy portlatuvchi modda;
5 - detonatorla; 6 - neytron qaytargichlar; 7 - portlatuvchi moslama.
Mazkur bombaning portlash kuchi atom va termoyadro-vodorod bombalarinikiga nisbatan aytarli darajada kuchsizdir. Jarayon ikki bosqichda: 1) parchalanish; 2) sintez, namoyon bo'ladi. Neytron bomba portlaganida, dastavval uran yoki plutoniy yadro zaryadlari zanjir reaksiyasiga kirishadi. So'ngra deyteriy va tritiy-vodorodning og'ir hosilalarini termoyadro reaksiyasi boisidan, geliy yadro sintezi ro'y beradi. Neytron bomba portlaganida, portlash quvvatining 80 %ini neytron va gamma-nurlanishlar, qolgan 20 %ini esa, boshqa omillar tashkil etadi. Bu paytda radioaktiv chang ham kam miqdorda bo'ladi. Lekin ochiq yerdagi odamlarning mehnat qobiliyati 4 barobar - atom bombadan ko'ra ko'proq yo'qoladi va nobud bo'ladi, ammo inshootlar va texnika saqlanib qolishi mumkin.
Neytron qurol-yarog' portla-tilgan paytlarda yadro qurolidan himoya qiluvchi berkinchoqlardan
foydalanish mumkin. Undan tashqari, berkinchoqlarni qurish chog'ida tuproqni zichlashtirib, namlash tavsiya etiladi. Kirish va chiqish joylari qo'shimcha ravishda muhofazalanishi kerak. Texnikalarni himoyalash uchun himoyalanishning majmuaviy usullari va narsalar qo'llaniladi. Lazer-yorug'lik manbayi.
Lazer nurlanishiga ma'lum bir nishonga nisbatan yo'nala olish imqoniyati bo'lganligi sababli, uning yordamida boshqara olinishi mumkin bo'lgan termoyadro jarayonlarini olish va shu asosda qirg'in qurol bombalarini tayyorlash mumkin.
YADRO ZARYADLARI QUVVATIGA QARAB (25 km uzoqlikdan ko`ringanda) KISHILARNING YORUG`LIK NURLANISHIDAN SHIKASTLANISH DOIRASI TAXMINAN QUYIDAGICHA (KM)
Shikastlanish xususiyati
|
Trotil ekvivalenti
|
1000 t
|
20000 t
|
1 mln. t
|
5 mln. t
|
10 mln. t
|
III darajali
Kuyish
|
0,6
|
2,4
|
12,8
|
24,0
|
32,2
|
II darajali
Kuyish
|
0,8
|
2,9
|
14,4
|
28,8
|
43,2
|
I darajali
kuyish
|
1,1
|
4,2
|
22,4
|
36,4
|
51,3
|
YARIM SUSAYTIRUVCHI QAVAT (K0,5), cm
Zararlanish
manbalari
|
Zichligi,
g/cm3
|
Yarim susaytiruvchi qavat, cm
|
Gamma-nurlaridan
|
Gamma-bo`linishlaridan
|
Suv
|
1,0
|
14-20
|
3-6
|
Daraxt
|
0,7
|
15-30
|
10-15
|
Tuproq, er
|
1,6
|
10-14
|
11-14
|
Beton
|
2,3
|
6-12
|
9-12
|
Bron (zirx)
|
7,8
|
2-3
|
5-12
|
Qo`rg`oshin
|
11,3
|
1,4-2
|
9-12
|
Po`lat
|
7,8
|
2,8-3
|
5-12
|
Qor
|
0,4
|
50
|
-
|
BA`ZI BIR RADIOAKTIV ZARRACHALARNING YARIM EMIRILISH DAVRLARI
IZOTOPLAR
|
YARIM EMIRILISH DAVRLARI
|
Radiy-100
|
30 sekund
|
Ittriy-95
|
10 daqiqa
|
Indiy-119
|
18 daqiqa
|
Yod-131
|
8 kun
|
Bariy-140
|
13 kun
|
Stronsiy-89
|
51 kun
|
Stronsiy-90
|
28 yil
|
Seziy-137
|
26 yil
|
RADIASIYA DARAJASINING KAMAYISHI
Portlashdan keyin o`tgan vaqt
|
Radiasiya darajasi,
% hisobida
|
Portlashdan keyin o`tgan vaqt
|
Radiasiya darajasi,
% hisobida
|
1 soat
|
100
|
7 soat
|
10
|
2 soat
|
43
|
10 soat
|
6
|
3 soat
|
27
|
1 sutka
|
2
|
5 soat
|
15
|
2 sutka
|
1
|
YADROVIY SHIKASTLANISH O'CHOG'I
Yadroviy shikastlanish o'chog'i deb, bilvosita yadroviy salbiy ta'sir etuvchi omillar ixtiyorida boigan hududga aytiladi. Mazkur o'choqda odamlar, hayvonot va o'simlik olami ichida ko'plab yo'qotishlar, binolar, inshootlarning ommaviy yakson boiishi, bosib qolishlar, kommunal-quvvat tizimlarida talafotlar mavjud bo'ladi. Yadroviy portlash qanchalik kuchli bo'lsa, shikast topgan hudud ham shunchalik katta bo'ladi. Yakson bo'lish jarayoni ko'p jihatdan binolar, inshootlar, ularning qavatlari, soni va qurilish zichligiga bog'liq.
Yadroviy shikastlangan hududning tashqi sarhadi deganda, qaysi chiziqdan tashqarida ortiqcha bosim darajasi 10 kPa ga teng bo'lsa, shu yerni tashqi chegara deb qabul qilinadi. Shuni unutmaslik kerakki, yadroviy portlash o'chog'ining katta-kichikligiga hududning relyefi ham ta'sir etadi. U qanchalik tekis bo'lsa, uning doirasi ham shu darajada keng bo'ladi. Yadroviy shikast topgan hudud shartli ravishda 4 qismga - zonaga ajratiladi. Bu qismlarning har biridagi yaksonlanish jarayoni, deyarli bir xilligi bilan ajralib turadi.
Batamom yaksonlanish qismi - uning tashqi chegarasidagi zarb to'lqinining ortiqcha bosimi 50 kPa dan ko'proq bo'ladi. Bu qismdagi barcha binolar va inshootlar, radiatsiyaga qarshi berkinchoqlar, yerto'lalarning bir qismi, yakson bo'lib, mutlaq bosib qolishlar vujudga keladi va kommunal quvvat tizimlari shikastlanadi. Bu qismda muhofazalangmagan odamlarda o'ta og'ir va keng doirali jarohatlar ko`zatiladi (ichki a'zolar shikastlari, suyaklarning sinishi, karaxt (shok) holatlari, qonto`ziyalar, miyaga qon quyilishi).
Muhofazalanmagan aholi orasida ommaviy yo'qotishlar uchraydi. Faqat yaxshilab jihozlangan berkinchoqlardagi kishilargina shikastlanmaydilar. Batamom yaksonlanish qismida, qutqaruv ishlari o'ta murakkab sharoitlarda olib boriladi. Qutqaruv ishlariga quyidagilar kiradi: bosib qolingan joylarni tozalash; bosib qolingan berkinchoqlardan odamlarni olib chiqish. Ommaviy tuzilmalar (sanitar drujinalari) uchun bajariladigan vazifalar qiyin sharoitda amalga oshiriladi.
Ushbu qismda yorug'lik nurlanishi 2000 kJ/m2 dan ham oshib ketadi. Natijada, narsalarning erib ketishi, kuyib ketishi ko`zatiladi. Ochiq joylardagi odamlar, o'ta og'ir darajadagi kuyishga mubtalo bo'ladilar. Ularga ta'sir etuvchi ionlashtiruvchi nurlanish 500 R va undan ham ko'proq bo'ladi. Yer yo`zasida yadro quroli portlatilganida ayni hududning portlash markaziga yaqin yerida kuchli ravishda radiofaol qurum bilan zararlanadi.
Kuchli darajada yaksonlanish qismi - zonasi portlash to'lqinining oldingi sarhadlarida ortiqcha bosim 30-50 kPa ga teng bo'ladi. Bu joylarda yer yo`zasidagi binolar va inshootlar kuchli darajada shikast topadilar. Devorlar va tomlarning bir qismi bo`ziladi. Mahalliy bosib qolishlar, butunlay va ommaviy yong'inlar ko`zatiladi. Ko'pchilik berkinchoqlar saqlanib qoladi. Yorug'lik nurlanishi ta'sirida 90 % imoratlar butunlay yona boshlasa, ommaviy yong'inlarda esa, 25 %gacha binolar alanga ichida qoladi. Ochiq joyda bo'lgan odamlar o'rta darajadagi shikastlanishlarga uchraydi. Ularda yorug'lik impulsi (40 yoki 2000-1600 kJ/nr) ta'sirida 3- va 4-darajali kuyishlar ko`zatiladi. Bunday joylarda, odamlar is gazi bilan ham zaharlanishi mum kin.Bu qismlarda asosiy qutqaruv ishlariga bosib qolishlarni bartaraf etish, olovlarni o'chirish, odamlarni bosib qolgan berkinchoqlardan olib chiqish, bo`zilgan, yaroqsiz holga kelgan va yonayotgan binolardan shikastlanganlarni qutqarish kiradi. Ommaviy tibbiy tuzilmalar - sanitar drujinalari faoliyati qiyinlashadi, dastlabki shifokor yordamini ko'rsatish guruhining ishlashi uchun sharoit to'g'ri kelmaydi.
O'rtacha yaksonlangan qism - portlash to'lqinining oldidagi ortiqcha bosim 30-20 kPa/m2 ga teng. Bu yerlarda imoratlar o'rtacha darajada shikastlanadi: binolar ichidagi to'siqlar, eshik kesaqilari, derazalar, tomlar bo`ziladi, devorlarda yoriqlar paydo bo'ladi. Yuqori qavatlarda shikastlanishlar ko`zatiladi. Berkinchoqlar yer ostida bo'lsa, saqlanib qoladi va foydalanish uchun ishlatiladi. Ayrim bosib qolishlar namoyon bo'ladi. Yorug'lik nurlanishi ta'sirida ommaviy yong'inlar ko'zga tashlanadi.
Berkinchoqlardan tashqarida bo'lgan odamlar yengil va o'rtacha darajada shikastlanadilar. Ammo, yorug'lik nurlanishi hamon kuchli bo'lgani bois kishilar orasida kuyish hollari davom etadi. Odamlar is gazi bilan zaharlanishi mumkin. Yengil shikastlangan, ammo kuymagan odamlar o'zlariga va o'zaro yordam berishlari hamda shikast topgan o'choqdan chiqishi mumkin.
Kuchsiz yoki ozgina yakson bo'lgan zona.
Bu yerda ortiqcha bosim 20-10 kPa bo'lib, inshootlar salgina shikastlanadi: deraza va eshik kesaqilari, yengil to'smalar - devorlar bo`ziladi, devorlar yoriladi. Yerto'la va pastki qavatlar saqlanadi. Yorug'lik nurlanishi ta'sirida ayrim yong'inlar ko`zatiladi. Ochiq yerdagi odamlar qulayotgan narsalar, oyna siniqlaridan shikastlanadi. Berkinchoqlarga yashiringanlarga ozor yetmaydi.
Bu zonada qutqaruv ishlari yong'inni o'chirish, qisman bo`zilgan va qulayotgan binolardan odamlarni olib chiqishga qaratilgan. Ommaviy tibbiyot tuzilmalari (sanitar drujinalar, dastlabki shifokor tibbiy yordamini ko'rsatish guruhi) faoliyati uchun sharoitlar nisbatan yaxshi.
Shikast topgan o'choqni baholashda, yuqorida aytilganlardan tashqari yer yo`zasida yadroviy portlash bo'lganida epidmarkazdan shamol yo'nalishi bo'yicha dozasi katta bo'lgan ionlovchi nurlanish bilan zararlangan joylar vujudga keladi.
Portlash to'lqini va yorug'lik nurlanishining neftqazuvchi, neftni qayta ishlovchi, kimyoviy, selluloza-qog'oz sanoatlarida, yonilg'i va kuchli ta'sir etuvchi zaharlovchi moddalar, omborxona inshootlarida ikqilamchi shikastlanishlar (yong'in, yonilg'i va moylash mahsulotlari solingan idishlarning portlashi, hududning kuchli zaharlovchi moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar ko`zatilishi mumkin. Bunday holatlar, zonadagi sharoitni murakkablashtirib yuboradi.
Yadroviy shikast topgan o'choqda tibbiy tuzilmalar odatda, yong'in o'chirilgach, bosib qolgan joylar - berkinchoqlar va yerto'ladagi shikastlanganlar asosan yopiq shikastlar olishsa, ochiq yerdagilar esa majmuaviy shikastlanadilar (kuyishlar, ochiq shikastlar) (5-jadval).
5-jadval
Shkastlanish turlari
Shikastlanishlarning turi
|
Shikastlanishlarning hajmi (% hisobida)
|
Shikastlanishlar
|
3,5—4,9
|
Kuyishlar
|
5,7—7,8
|
O'tkir nur kasalligi
|
3,1-4,7
|
Shikastfanish-kuyish
|
54,5—59,1
|
Shikastlanish+o'tkir nur kasalligi
|
3,1-6,9
|
Kuyish+o'tkir nur kasalligi
|
4,9—7,9
|
Shikastlanish+kuyish+o'tkir nur kasalligi
|
13,9—19,0
|
Radiofaol moddalar yog'gan joylarda nurli shikastlanish ehtimoli bo'ladi. Tuzilmalarning va davolash muassasalarining tibbiy xodimlari bir narsani e'tiborga olishlari kerak. U ham bo'lsa, shundan iboratki, shikastlangan o'choqlarni qism - zonalarga taqsimlash shartli tadbir bo'lib, maqsadi - fuqarolar muhofazasi tuzilmalari va fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati vujudga kelgan sharoitda amallarni bajarishni osonlashtirish.
Yadroviy shikastlangan o'choqdagi yaksonlangan qismlarni bilish, fuqarolar muhofazasi boshliqlariga sanitar yo'qotishlarni, shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish va ushbu jarayonni to'g'ri tashkil etish uchun zarur bo'lgan fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining kuchlari sonini taxminan belgilash imqonini beradi.
RADIOFAOL IFLOSLANGAN ZONANING TAVSIFI
Radiofaol moddalar buluti yog'ini bilan ifloslangan zonalarda tibbiy tuzilmalar faoliyati aytarli darajada murakkablashadi. Bunday joylarda, sanitar drujinalari ish tartibi shunday tuziladiki, odamlar ortiqcha miqdorda nurlanmasliklari kerak. Tuzilmalarning ishlash vaqti va qay tarzda amalga oshirishni belgilash uchun ifloslangan joylarda shaxsiy himoya vositalari (radiohimoya vositalari) qo'llaniladi.
Ifloslangan joylarda tuzilmalar harakat qilganida shaxsiy tarkibning ham nurlanib qolmaslik chora-tadbirlari ko'riladi. Masalan, ekspozitsion dozasi eng kam bo'lgan yo'nalishlar tanlab olinib, avtotransportlar (avtobuslar, yengil mashinalar va boshqa xildagi transportlar - vertolyotlar va hatto samolyotlar, poyezdlar, kemalar, katerlar, qayiqlar, sollar va boshqalar), radiohimoya vositalari, respiratorlar, havotozalagichlar (противогазлар) va boshqa himoya vositalari keng ko'lamda qo'llaniladi.Dastlabki shifokor tibbiy yordamini ko'rsatish guruhining faol tarkibini joylashtirish uchun radiofaol moddalar bilan ifloslanmagan binolar (xonalar) yoki imqoniyat bo'lmaganida ekspozitsion dozasi 0,5 Rentgen/soat gacha bo'lgan, nisbatan kam darajada ifloslangan joy-maskan topiladi. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari, jumladan radiofaol bulut yo'nalishidan tashqarida - chetda bo'lgan dastlabki shifokor tibbiy yordamini beruvchi guruhni ushbu xavfli bulut ular tepasiga yetib kelgunigacha boigan vaqt ichida boshqa joyga ko'chirish tavsiya qilinadi. Keyinchalik, ularni shikastlangan zonalarga kiritish mumkin bo'ladi. Tibbiy xizmat muassasasi xodimlarini mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda, ularni ma'lum muddatga radiatsiyaga qarshi qurilgan berkinchoqlarga joylashtirish kerak.
Dunyo miqyosida ko'pchilik qudratli davlatlarning yadro qurollari zahirasi asta-sekinlik bilan bo'lsa-da ortib borayotgani, o'z navbatida bir paytlar yadro qurolining «shoxlari» deb olamga tanitmoqchi bo'lgan Amerika davlati qongressi yo`zaga kelib chiqqan xavfli vaziyatni inobatga olgan holda 1980-yili (bundan 50 yil muqaddam (1950)) qabul qilingan fuqarolar muhofazasi haqidagi qonunga qo'shimcha ishlab chiqilgan va unda aholini yadro urushi ro'y berganida ko'riladigan tayyorgarlik jarayoni ma'lum darajada ipidan-ignasigacha oydinlashtirilgan. Bu qo'shimchalar .quyidagilardan iborat:
1) ustuvor yo'nalish tariqasida aholini xavf tug'iladigan joylardan ko'chirish ishlarida himoyani takomillashtirish;
2) yangidan-yangi berkinchoqlarni ishlab chiqish va qurishni
nazorat qilish;
3) berkinchoqlarni boshqarishni tashkil etish;
texnik, quvvatiy, oziq-ovqat zahiralarini yaratish va ularni o'z vaqtida yangilab turish;
yadroviy hujum boshlanganligi va radiatsiya bilan shikastlanish darajasi haqida ogohlantirish tizimini ishlab chiqish va ta'minlash;
6) aholini yadro qurollari ta'siridan himoyalanishni ta'minlash;
7) aholini muntazam ravishda yadroviy urushlar haqida xabardor
etish;
aholini o'ziga va o'zgaga yordam ko'rsatish usullariga o'rgatish;
tiklanish jarayonlarini rejalashtirish va tayyorlash;
10) ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish (Peterson, 1989).
11) hozirgi siyosiy harbiy muvozanat quyidagicha tahlil qilingan. Beto`xtov davom etayotgan qurollanish poygasi, atom, kimyoviy qurollar va ommaviy qirg`in qurollarining boshqa turlarini ishlab chiqarish, saqlash va sinash insoniyat yashaydigan muhit uchun juda katta xavfdir. Madomiki shunday ekan qo`qqisdan vaziyat o`zgarib urush boshlaguday bo`lsa unda taraflar o`zlariga ega bo`lgan barcha qurol yaroqlarni ishlatadilar,ayniqsa yadro quroli, ximiyaviy, biologic, yoppasiga qiruvchi qurollar ishlatilish xavfidan jamiyatimiz xoli emas.
Bunday sharoitda qisqa vaqt mobaynida minglab kishilar halok bo`lishi necha minglab yaradorlar, shikastlanishlar, zaharlanishlar va o`ta xavfli yuqumli xastaliklarning sodir bo`lishi ularga tegishli tez yordam berishni vaziyat vujudga kelgan joydan olib chiqilishi tegishli tibbiy yordam berilishi hamda sodir bo`lgan jqibatlarni tugatilishi uchun hamma`lum darajadagi kishilar mutaxasislarni jalb qilish zarur bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |