Mustaqil tayyorlanish jarayonida quyidagilarni bilish kerak
-
bosh nazariy asoslarni aniqlash va nazorat savollariga javob berishga tayyor bo'lish shart;
-
daftarda quyidagi chizmalarni ifodalash kerak: «Yadroviy qurol bilan shikastlangan o'choqda DTYKGni ishga tushirish». «Kimyoviy zararlangan o'choq vujudga kelganida DTYKG faoliyatini boshlash»;
-
tushunilmagan savollarni mashg'ulotlarda aniqlash uchun ifodalash.
DTYKG boshlig'i harakatlarining ketma-ketligini esda saqlab qoling.
I - Dushman hujumi xavfi davrida:
1) DTYKGni shahardan tashqariga olib chiqishdan oldin :
a-guruhning shaxsiy tarkibini yig'ish uchun ko'rsatma olish;
b-DTYKG ni yig'ish haqida xabar berish;
d-tayinlangan transportini olish choralarini qabul qilish;
e-tibbiy anjomlarni olish va uni transportlarga yuklash;
f-guruh majmuasini tashkil qilish, yo’nalishini aniqlash va
harakatga keltirishga shaylash.
2) DTYKG shahardan tashqariga yetib kelganida:
a-guruh tarkibini joylashtirish va ovqatlanishni tashkil qilish;
b-guruhning shaxsiy tarkibini himoyalashni tashkil etish;
d-tibbiy anjomlarni qabul qilish (omborxonalarda saqlanayotganini);
e-guruh bo'limlari bo'yicha tibbiy anjomlarni taqsimlash va uni faoliyat ko'rsatishga tayyorlash;
f-transport va tibbiy nazorat guruhini shay holga keltirish;
g-guruh majmuasini tashkil etib zararlangan uchoqqa kirish navbatini aniqlash;
h-DTYKG shaxsiy tarkibini mashq qildirish, ma'naviyat-tarbiya ishlarini amalga oshirish.
II - Dushman hujumga o'tgach :
-
tibbiy nazorat guruhi oldiga vazifalarni qo'yish;
-
zararlangan o'choqqa kirish va yo'nalishni belgilash;
-
ish olib boriladigan joyni aniqlash;
-
DTYKG ishini boshlashini tashkil qilish;
-
fuqarolar muhofazasining boshqa tuzilmalari bilan aloqa qilishni uyushtirish;
-
DTYKGning shikastlanganlarni qabul qilish, saralash va dastlabki shifokor yordamini ko'rsatish amallarini tashkil etish;
7) dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhini yig'ishtirish.
Dostları ilə paylaş: |