Fuqaro muhofazasi qo'shinlari.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo'shinlari O'zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi qo'shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
zararlanish o'choqlarida va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv ishlarini olib borish;
-
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan faoliyatlarni amalga oshirish;
-
aholini va xaql xo'jaligi tarmoqlari inshootlarini ko'chirish jarayonlarida ishtirok etish;
4) aholi hayot faoliyatini ta'minlash inshootlarini tiklash. ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
Tuzilmalar qutqaruv, kechiktirib bo'lmaydigan talafot-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan texnika (asbob-uskunalar. transportlar va boshqa narsalar) bilan ta'minlanadi.
Bularga Olmoniyaning «Mersedes-Bens», «Rozenbaum» Rossiyaning «Gazel», «Kamaz» rusumli qutqaruv avtotransportlari, «Faun» yuk ko'targichi, «Trelgem» muhofaza kiyimlari, «Xolmatro» pnevmogidravlik jihozlari. balandlikka ko'tarilish moslamalari va g'avvoslik anjomlari kiradi.
Tuzilmalar soni ishlab chiqarish korxonasi doirasida va ishchilar soni hamda xizmatchilar miqdoriga bog'liq.
Umummaqsaddagi tuzilmalar qutqaruv-kechiktirib bo'lmaydigan talafot-ta'mirlash ishlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga mo'ljallanib. fuqarolar muhofazasi kuchlarining o'zagi bo'lib hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi: guruhlar uyushmasi, guruhlar. qutqaruv guruhlari va bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash guruhlari.
Xizmat tuzilmalari shikast topgan yerlarda maxsus vazifalarni amalga oshirishga belgilangan bo'ladi. Ular qatoriga aloqachilar, o't-o'chirish guruhlari, zararsizlantirish guruhlari, berkinchoqlar xizmatlarini bajaruvchilar, avtouyushma va jamoa tartibini saqlash guruhlari, sanitar guruhlari va boshqalar kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2000-y. 4-avgustdagi 81-sonli buyrug'iga ko'ra «0'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi falokatlar-qutqaruv bo'linmalari xizmatlariga toifa unvonlarini belgilash va berish tartibi to'g'risida»gi «yo'riqnoma» amalga kiritilgan. Yo'riqnoma qoidalariga binoan qutqaruvchilar 3 ta toifaga ajratiladi: 1, 2 va 3-darajali. Ularga, kezi kelganda «Xalqaro miqyosdagi qutqaruvchi» toifasi ham topshiriladi.
Vazirlikning alohida o'rnak ko'rsata olgan xizmatchilarini rag'batlantirish, tarkibiy bo'linmalar faoliyati samaradorligini ko'tarish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 1999-yil 8-sentabrdagi 197-sonli buyrug'iga binoan «0'zbekiston najotkori» esdaiik nishoni ta'sis etilgan. Bunday nishonga birinchilardan bo'lib. 1999-yili Turkiya yer silkinishlari oqibatlariga barham berishda qatnashgan 24 kishi sa/ovor boidi.
Tibbiyot institutida fuqarolar muhofazasi shtabi (rahbariyati) tuzilib, unga alohida boshliq tayinlanadi va uning tarkibi shu yerda ishlaydigan xodimlar va rasmiy shaxslardan tashkil topadi. Bu tarkibdagi kishilar asosiy ish joyidan ajratib olinmaydi. Shtab tarkibiga boshliqdan tashqari, tezkor guruh, harbiy tayyorgarlik va boshqa fuqarolar muhofazasi boshlig'i zarur deb topgan yordamchilar kiradi. Institut qoshida mavjud bo'lgan klinik bo'limlarda, ulardagi boshliqlar fuqarolar muhofazasi rahbari bo'lib hisoblanadi va uning qo'li ostida shtab ham tashkil qilinishi mumkin.
Tibbiyot institute qoshida quyidagi xizmatlar joriy etilishi mumkin: axborot va aloqa, tibbiy, radiatsiya, kimyoviy vositalarga qarshi jamoa tartibini saqlash, elektr toki bilan ta`minlash, yorug`likni pinhonlashtirish, talofat-texnik va o`t o`cherish, berkinchoqlar, transportlar.
XULOSA
Fuqaro muhofazasi umum davlat himoyalash vazifasi bo`lib, uning maqsadi barcha aholini, ishlab chiqarish korxonalari, jamoa xo`jaliklari, o`simliklar oziq-ovqat mahsulotlarini, ichimlik suv manbalarini barcha boylik manbalarini eng muhimi fuqarolarning hayotini har qanaqa xavf-xatardan asrash, hayot izmini eng og`ir vaziyatda ham ushlash kabi oily janob vazifalarni bajarishni o`z oldiga maqsad etib qo`yadi. Tabiiy ofatlarda urushning og`ir oqibatlaridan vujudga kelgan vaziyatni yo`qotish eng muhimi tez sanitariya yordami, qutqarish ishlarini ommaviy bajarishni tinchlik davrida aniq rejalashtirib yo`zaga kelgan oqibatni tugatishi shart.
Yuqorida keltirilgan ishlarini to`la va to`kis, o`z vaqtida kechikmasdan bajarishi uchun umum fuqaroni o`qitish, o`rganish muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot xodimlari fuqaro muhofazaasi tarkibida misli ko`rilmagan muhim vazifalarni bajaradi. Bu vazifalarni biz kelgusi darsimizda o`rganamiz.
Dostları ilə paylaş: |