O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə81/179
tarix28.12.2021
ölçüsü5,01 Mb.
#9371
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179
Qor ko'chishi. Bunday hodisalar ham ayrim paytlarda ko`zatilib turadi. Ular negizida, qalin yog'gan qor ostidan eriy boshlashi yoki tagiga suvning urib ketishi yotadi. Tagi yerga mustahkam yopishmagan qor ozgina bo'lsa-da, havo harakatlari ko`zatilsa, masalan. odamlar bunday paytlarda bir-birlarini kuchli ovoz bilan chaqirsalar, shuning o'ziyoq qor qatlamini o'rnidan harakatga kelishiga olib keladi. Ko'chgan qor past tomonga qarab siljir ekan, uning tezligi va quvvati ortib borishi natijasida yo'lida uchragan barcha narsalarni bosib o'tib ketadi.

Qor bosishi - bu holat qor ko'p yog'ganida ko`zatiladi. Masalan, ana shunday voqea 1968-yili Toshkentda ro'y bergan. Natijada, uylarning torn ostidagi sarrovlari sinib ketib. ko'pchilik aholining turar joylariga katta ziyon yetgan. Qor yog'ishi davomli bo'lgan vaqtlarda ustidagi qatlam tagidagi qatlamga bosim o'tqazadi va natijada qor zarrachalari zichlasha borib, ozgina erigach, mo`zlikka aylanadi. Qor bosishi uchun qorning davomli yog'ishi unchalik muhim shartlardan bo'lmay, birdan qisqa vaqt orasida ko'p yog'sa ham qor bosish oqibati vujudga kelishi mumkin. Masalan, 2005-yili Toshkentda o'riklar qiyg'os

gullagan chog'da tushgan ko'p miqdordagi qor, nafaqat meva gullarini sovuq oldirdi, ayrim joylarda hatto daraxt shoxlarini sindirib yubordi.

Qor ko'chishi, qor bosishi tabiiy ofatlari ham o'ziga yarasha odamlar hayotiga salbiy ta'sir o'tqazish quvvatiga ega. Uning salbiy ta'siri, ayniqsa tog'li hududlarda, odamlar orasida unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Masalan, 1999-yili Qamchiq dovonidagi qor bosishi tufayli hosil bo'lgan qor uyumlari ostida qolib ketgan odamlar orasida 10 lab oyoq-qo'llar shikastlanganlari aniqlangan.

Yer ko'chishi (surilishi) - yer yo`zasining bir qismini yonbag'irlab, gravitatsiya kuchi ta'sirida harakatga kelishi. Bunday tabiiy ofatlar tog' va tog' oldi hududlarida ko`zatiladi.

XX asrning 60-yillari nihoyasida yer ko'chishlari jarayonlari keskin ravishda ko'paygan bo'lib, keyingi 40 yillar orasida yer ko'chishlari ommaviy tus olgan: 1962-1970-yillar ichida yer ko'chishlari 2000 dan ortiq bo'lib, 1991-2000-yillar mobaynida esa, 3000 dan ham ziyod bo'lgan.

Ko'chqilar ham boshqa tabiiy ofatlar singari haloqatli xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar taalluqli deb hisoblanadi:



  1. qisqa vaqt mobaynida ommaviy tus olishi:

  2. aholi turar joylari va unumdor hududlarning yo'qqa chiqarilishi;

3) tog' yonbag'irlaridagi yo'llar, kanallar, anhorlar va boshqa shu
kabi inshootlar qurilishidagi texnogen ta'sirlarning ko'payib borishi.

Haloqatli ko'chqilar xronologiyasi 42-jadvalda keltirilgan.




Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin