Darsning moddiy ta`minlanishi:
1.Videofilm
2. Multimedia
3. Plakatlar
Tabiiy ofatlar barcha davlatlar, ayniqsa ular sodir bo'lgan mamlakatlar uchun katta fojialardan biridir.
Tabiiy ofatlar oqibatida katta ko'lamli noxush vaziyatlar yo`zaga kelib chiqadi. Ularga quyidagi holatlar misol bo'la oladi:
-
mamlakat iqtisodiyoti zarar topadi, ishlab chiqarish (davlat va xususiy tasarrufdagi korxonalar), xaql va zamin boyliklari barbod bo'ladi, odamlar orasida haloqatlar ro'y berib, turar joylar vayronalarga aylanadi, qolgan mol-mulklar ham zarar topadi, odamlarning hayot kechirish jarayonlari keskin ravishda yomonlashadi, xaqlning madaniy va ma'naviy boyliklariga katta ziyon yetadi;
-
yuqumli kasalliklarning tarqalish doirasi nihoyatda kengayib ketishi mumkin;
-
odamlar orasida shikastlanganlar soni, aytarli darajada ko'p bo'lishi mumkin;
-
shikastlanishlar turli-tuman ko'rinishlarga ega bo'lib, turli darajali og'irlikda bo'lishi ko'zga tashlanadi.
Dunyo miqyosida tabiiy ofatlar orasida eng ko'p va tez-tez uchraydiganlariga birinchi galda, suv toshqinlari taalluqli bo'lib, uning jami tabiiy ofatlar ichidagi ulushi 34-40%ga borib qoladi; eng kam darajada uchraydiganlari esa yer silkinishlari bo'lib, ular hisobiga barcha tabiiy ofatlarning 8-15% igina to'g'ri keladi. 1990-1996-yillarda ushbu raqamlar o'zgardi. Suv toshqinlari 52 %, qurg'oqchilik 22%, yer silkinishi, vulqonlarning otilishi 18%, shamollar 7%, boshqa xillari 1 % atrofida. Keltirilgan raqamlardan ko'rinib turibdiki, tabiiy ofatlar turi va xiliga ko'ra, 8-15% dan to 34-40% atrofida ko'zga tashlanadi. Suv toshqinlari ofatlari, atrof va ichki hududlari suvga boy mamlakatlarda namoyon bo'lsa, yer silkinishlari esa, tog'li mintaqalarga yaqin yoki ushbu mintaqalar chegarasida ko'zga tashlanishi bilan ajralib turadi. Suv toshqinlari ummon, dengizlarga yaqin hududdagi daryolar va ko'llar yoki boshqa suv havzalari mavjud mamlakatlar ichida uchrasa, yer silkinishlari tog'lik yerlarda, ayniqsa yosh tog"li hududlarda tez-tez va ko'plab uchrab turishi mumkin. Tropik mamlakatlarda siklonlar 20%, qolgan tabiiy ofatlar ulushi, ushbu mamlakatlarda 25% tashkil qilishi ko`zatiladi. Mamlakatda ro'y beradigan tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish niyatida, aholining barcha tarkibiy qismlari faol ravishda ishtirok etadi.
Ajratiladigan moddiy vositalar va odamlar tabiiy ofatlar oqibatlarini qisqa muddatlarda tugatish omillardan hisoblanadi. Bunday noxush sharoitlarda shikastlangan va zarar topgan aholiga uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, o'rin-ko'rpalar, malakali va maxsus tibbiy yordamlar bepul beriladi. Ammo, tabiiy ofatlar mohiyati jihatidan tabiiy hodisalardan tashkil topgan bo'lib, ular ustidan nazorat o'tqazish va ayniqsa, ushbu jarayonlarni boshqarish, aytarli darajadagi katta qiyinchiliklarni tug'diradi. Shu boisdan ham tabiiy ofatlar ro'y bergan vaqtlarda va ularning salbiy ta'siri oqibatida mamlakat iqtisodiyotiga, jumladan qishloq xo'jaligiga zarar yetishi mumkin. Bunday noxush oqibatlarning oldini olish uchun, tabiiy ofatlar yetkazadigan zararga chek qo'yish yoki nihoyat darajada kamaytirish maqsadida, qo'llanilishi nazarda tutiladigan barcha kuchlar va vositalar doimo shay holda ushlab turilishi va zarur bo'lgan chora-tadbirlar va lar amalga oshirilishi lozim. Mazkur niyatlarda, fuqarolar muhofazasining noharbiy tuzilmalaridan keng ko'lamda foydalaniladi.
TABIIY OFATLAR, KATTA TALAFOTLAR VA FALOKATLAR1NNG QISQACHA TAVSIFI
Tabiiy ofatlar mohiyati va mazmuni nuqtayi nazaridan odam ishtirokisiz ro'y beradigan noxush vaziyatlar bo'lib, ular odamlarning tinch hayot jarayonlarini me'yor darajasidan chiqarib, ayniqsa pasaytirib yuborishga olib keladigan noxush tabiatga ega bo'lgan voqealar va hodisalardir.
Hozirgi zamon taraqqiyoti jarayonlarini ko'zdan sinchkovlik bilan kechirilsa, ko'p bo'lmasa ham ayrim tabiiy ofatlarning yo`zaga kelib chiqishida inson omili ko'zga tashlanishi mumkin. Masalan, yer osti boyliklaridan bo'lmish gaz yer qa'ridan so'rib olinar ekan, albatta uning o'rnini boshqa biron-bir narsa to'ldirishi kerak. Aks holda, yer silkinishlari, yerning o'pirilib ketishi va hatto atmosferaning harorat namligi, bosimi va shamol yo'nalishlari hamda tezligiga ta'sir etishi mumkin. Bunday oqibatlar tez fursatlarda ko'zga tashlanmasligi, ba'zi hollarda odamlarning yer osti boyliklarini behisob miqdorda jamiyat manfaatlari yo'lida qo'llash uchun qazib, so'rib olishlari, vaqt o'tishi bilan kelajak avlodning hayotiga, uning umriga zomin bo'lishga olib kelishi mumkin. Natijada, yer ostida vujudga keladigan havoyi bo'shliq, o'z navbatida yer osti moddalarining bir-biriga tomon bo'lgan harakatlarini tezlashtirib yuboradi. Oxir-oqibat kutilmaganda yer cho'kishlari, o'pirilishlar bir zumda ko'ldagi suvning yer qa'riga g'oyib bo'lishiga olib kelishi va natijada tabiiy ofat nomi bilan ataladigan noxush vaziyatlarni vujudga kelishiga sabab bo'Iishi mumkin.
Aytilganlarni inobatga olgan holda, «tabiat posongisi» qonsepsiyasini oldinga surish va uni saqlab qolish amallarini bajarishga barcha insoniy xatti-harakatlarni yo'naltirishni afzal deb, aytish mumkin. Shunday nazariyaga o'z vaqtida, e'tibor berilsa, u holda ko'pgina tabiiy ofatlar deb nomlangan talafotlar insoniyatning o'zi uchun yo`zaga kelib chiqadigan falokatlarning oldini olishga ma'lum darajada erishish mumkin.
Tabiiy ofatlarga quyidagi voqealar va hodisalarni kiritish mumkin: 1) suv toshqinlari; 2) qor bosishi; 3) o'rmon va torf yong'inlari; 4) sel oqimi; 5) bo'ronlar; 6) yer silkinishlari; 7) havo haroratining keskin ko'tarilishi; 8) dunyo bo'yicha havo haroratining 1,5° ga ortishi; 9) magnit bo'ronlari; 10) meteoritlarning yerga tushishi; 11) daryo o'zanlarining o'zgarishi; 12) qurg'oqchilik; 13) chigirtkalarning bostirib kelishi; 14) ilonlarning ma'lum tomonga, mamlakatga yig'ilishi; 15) kemiruvchilar - kalamushlarning qisqa vaqt ichida ko'payib ketishi; 16) vulqonlarning otilishi; 17) osmondan baliqlarning, tangalarning yog'ilishi; 18) bermud uchburchagidagi g'aroyib tarzda kemalarning, samolyotlarning odamlari bilan g'oyib bo'Iishi; 19) har 1-1,5 milliard yil o'tgach, yer kurrasining bir butun holga aylanishi yoki uning parchalanib ketishi; 20) momaqaldiroq; 21) chaqmoq; 22) yashin tushishi v.h.k
Tabiiy ofatlar, ko'p hollarda shuning bilan tansiflanadiki, uning yo`zaga kelishida insonning ishtiroki yaqqol ko'zga tashlanmasligi mumkin. Odatda, tabiiy ofatlar, dabdurustdan , shifokor tilida, o'tkir boshlanish jihatlariga ega. Ofat so'zining lug'aviy ma'nosi shundan iboratki, u insoniyatga ko'p hollarda zarar yetkazuvchi voqealar va hodisalarga asoslanadi. Tabiiy ofatlarning yo`zaga kelib chiqishida yer qa'ridagi, atmosferadagi va suv qa'ridagi moddalar almashinuvining me'yor darajasidan chiqib ketishini asosiy sabablardan biri deb. aytish mumkin. Geologik nuqtayi nazardan sinch-kovlik bilan qaralsa, yer kurrasi va uni o'rab tur-gan atmosfera ham tirik muhitni eslatadi.
10-chizma. Yashin tushib shikastlanganda paydo bo'ladigan «yashin dog'i».
Yuqorida aytilganlar-ni inobatga olgan holda aytish mumkin: tabiiy ofatlarni keltirib chiqara-digan omillarga quyidagilarni kiritsa boiadi: 1) atmosferadagi o'zgarishlar (bo'ronlar, ajina shamollar, haroratni, shamolni, quyosh nurlanishini o'zgartirish. inversiyalar, yomg'ir va qor bo'ronlari va h.k.);
-
yer yo`zasi, suv sathidagi o'zgarishlar (qurg'oqchilik, yog'inlar, bahaybat dengiz va ummon toiqinlari);
-
magmaning harakatga kelishi, suv va yer qatlamlarining bir-biriga nisbatan siIjishlari.
Suv toshqinlari - tabiiy ofatlardan biri bo'lib, uning vujudga kelishi, suv hajmi va sathining havzalarda keskin o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Uni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan sabablarga quyidagilar kiradi: 1) qor va mo`zliklarning katta tezlikda erishi; 2) o`zoq muddatli yomg'ir yog'ishi; 3) daryolar o'zanida to'siq va to'g'onlarning paydo bo'Iishi; 4) falokatlar yo`z berganida to'g'onlarning darz ketishi yoki bo`zilishi; 5) daryolarning orqaga oqishi va dengiz yoki ummon suvlarining daryo bo'ylab tepaga ko'tarilishi (Amazonka daryosi).
Suv toshqinlarini oldindan bashorat qilish va unga nisbatan kerakli chora-tadbirlarni oldindan ko'rib qo'yish mumkin. Suv toshqinlarining ushbu jihati. uni boshqa tabiiy ofatlardan ma'lum darajada ajratib turadi. Bunga misol tariqasida har yili Pskent daryosining bahor oylarida o'zanidan chiqib, atrof-muhitga. yaqin joylashgan shahar va qishloqlarga toshishini ko'rsatish mumkin. Uning paydo bo'Iishi sabablaridan biri, tog'dagi qorlarning bahor oyidan boshlab katta sur'atlarda erishidir. Bu hodisa, deyarli har yili qaytariladi. Shu boisdan uning davriyligini hisobga olgan holda muhofaza ishlarini oldindan tayyorlab, bahor oylari boshlanishi bilan shay holatga keltirib qo'yish mumkin. Suv toshqinlari, ko'pincha kechalari yo`zaga kelib chiqadi. Bunga sabab, oyning dengizdagi suvni tortgani kabi daryo suvini ham o'zi tomon tortishi bo'lib. aynan oy faolligi oshadigan yarim kechalarda amalga oshadi. Shu boisdan ham odamlar kechalari vujudga keladigan suv toshqinlaridan bexabar qolishlari mumkin. Misol, tariqasida, o'sha Pskent shahrida, O'zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarining birida yarim kechadagi suv toshqinini eslab o'tish mumkin.
Suv toshqinlari tufayli nafaqat insonlar hayoti xavf ostida qolishi mumkin (1990-1996-yiIlar, yer kurrasida 10 milliongacha odam nobud bo'lgan), balki xaql xo'jaligining muhim sohalaridan bo'lgan, qishloq xo'jaligining katta zarar ko'rishi haqiqatdan yiroq emas. Suv toshqinlari natijalaridan yana biri. u ham bo'lsa epidemiologik vaziyatni og'irlashib ketishidir, chunki bu paytlarda inlaridan quvg'in bo'lgan kemiruvchilar: sichqonlar, kalamushlar najot izlab odamlar yashaydigan turar joylarga yopirilib kelishadi. Bunga sabab, ularni nafaqat najot izlashi, balki oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadidir. Oqibatda, aholi turar joylarida ularning keng ko'lamda yoyilib ketishiga olib kelishi mumkin. Keltirilgan ma'lumotlardan anglash qiyin emas, suv toshqinlari bu shunday tabiiy ofatlardan biriki, uning boshlanishi bir sababga ko'ra vujudga kelsa, undan keyin sodir bo'ladigan hodisalar zanjir xaqlalari kabi bir-biriga ulanib ketadi va nihoyat epidemik vaziyat inson nazorati ostidan chiqib ketishi mumkin. Shuning uchun ham tez-tez suv toshqinlari bo'lib turadigan mintaqalar, hududlarda, uning davriyligini hisobga olgan holda, har yili kerakli chora-tadbirlarni shaylab qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi. Har qanday davriy hodisalarni, ulqr tufayli kelib chiqadigan salbiy ofatlarning oldini olish, tashqi ko'rinishidan katta harajatlarni talab qilsa hamki, aslid.a davlat mulki, xaql boyliklari, aytarli darajada himoyalanib, salbiy oqibatlarga o'rin qolmaydi. Buning uchun albatta mavjud barcha suv havzalari, suv yo'llari, daryolar, suv quvurlari doimiy nazorat ostida bo'lishi kerak. Muhofaza ishlari qanchalik oldindan olib borilsa, talafotlar shunchalik kam bo'ladi. Ushbu aksiomani yoddan chiqarish, mamlakat iqtisodi, odamlar turmush darajasiga salbiy ta'sir etish uchun tabiatga katta yo'l ochadi. Suv balosidan himoyalanish jarayoni, ko'p jihatdan odamlarning o'zlariga, hokimiyat vaqillariga to'g'ridan to'g'ri bog'liq.
Suv toshqinlari nafaqat, O'zbekiston Respublikasida, balki Rossiyaning G'arbiy Sibir, ayniqsa, Ob, Irtish, Amur, Zeya, Burey va O`zoq Sharqdagi boshqa daryolarda ham ko`zatiladi. Masalan, Neva daryosida suv sathi shamol ta'sirida keskin ravishda ko'tarilib, uning toshib ketishi, oxir-oqibatda esa, qishloq xo'jaligi hayvonlari, odamlarning necha yillab yig'ib qo'ygan bisotlari nobud bo'lishiga olib kelish bilan birga odamlarning hayotini xavf ostida qoldiradi.
Sellar - bular tog'dan katta tezlikda tushadigan tosh-loy oqimi bo'lib, yo'lida uchragan deyarli barcha narsalar, inshootlar va qurilmalarni vayron qiladi hamda ayrim hollarda ayniqsa, kechalari ro'y berganida, odamlar hayotiga ham zomin bo'lishi mumkin. Sellar, asosan tog'li hududlarda ko'plab, deyarli har bir jaladan so'ng ko`zatiladi. Ularning kelib chiqish sabablari, bahor oylari va hatto yoz pallasida ham tog'dagi mo`zliklarning keng ko'lamda erishi yoki davomli tinmay quygan jalaning oqibatida namoyon bo'lishi ma'Ium. Bu paytda to'planib qolgan namlik, suv tog' qoyalaridan past tomonga oqayotib, toshlar va yerning ustki, tuproq qatlamini bir-biriga omixtalashtirib, tosh-loy oqimini yaratadi. Sellarning paydo bo'lishi bo'yicha xavfli deb topilgan hududlarga, O'rta Osiyo va Sharqiy Qozog'iston, Qrim yarim oroli, Karpatiston, Baykal oldi o'lkalari hamda Shimoliy Kavkaz va Kavkaz orti yurtlari taalluqlidir. Sel paytidagi aholi harakatlari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |