O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi
―Informatika va information texnologiyalar‖ fanidan
“Operatsion tizimlar haqida ma’lumotlar”
mavzusi
bo’yicha
MUSTAQIL ISH
Bajardi: Sanoat farmatsiyasi yo’nalishi 3/2-guruh talabasi
M.Shuxratova
Qabul qildi:
O’qituvchi. A.Baydullayev
Toshkent - 2015 y
Reja :
Kirish
1. Operatsion tizim (OT) tushunchasi.
2. Operatsio’n tizim qobig’i ustida ishlovchi dasturlar.
3. Zamonaviy operatsion tizimlarning turlari.
4. Windo’ws operatsion tizimining qo’shimcha imkoniyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Zamonaviy dunyoda hayotimizni kompyutersiz tasavvur qila olmaymiz.
Kundalik turmushimizning barcha yo’nalishlari (ta’lim tizimi, ishlab chiqarish,
tibbiyot, iqtisod va hokazo)da axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish
ishlarini tez va so’z amalga oshirishda, kompyuter texnologiyalaridan keng
foydalanmoqdamiz.
Kompyuter texnologiyasi ma’lum bir operatsion tizim (sistema) asosida
ishlaydi. Kompyuterni foydalanuvchi ishga tushirishi (yoqishi) bilan ishga
tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi
o’rinlar, mavjud dasturlar va hokazo) boshqaradi. Foydalanuvchi bilan kompyuter
va uning qurilmalari o’rtasida qulay muloqotni tashkil etib, foydalanuvchi uchun
kerakli dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
Dunyo bo’ylab axborot texnologiyalari sohasida alohida izlanishlar olib
borilmoqda. Kompyuter yaratilganidan toki bugungi kungacha bir nechta
operatsion tizim (OT) ishlab chiqilgan. Ularning har birining o’ziga yarasha
yaratilish tarixi bor. Kun sayin dastur va operatsion tizimlar murakkablashib,
zamonaviylashib, qo’llanish borasida qulaylashtirish ishlari olib borilishi natijasida
ularning yangi (tip yoki tur)lari ishlab chiqarilmoqda. Ho’zirda bir-biri bilan
raqobatlashib kelayotgan ikkita operatsion tizim bo’lib, ular Windows va
Linuxlardir.
Windowsning juda keng qo’llaniladigan versiyalari Windows NT,
Windows98,
Windows2000,
WindowsXP,
Windows2003,
WindowsVista
operatsion tizimlar bo’lib, ular yopiq kodli, ya’ni foydalanuvchilar o’zlari istagan
holda o’zgartirish imkoniyatiga ega emaslar. Bu operatsion tizimlardan rus va
ingliz tilini biluvchilar qulay foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Ayni vaqtda
Linux ni Red Hat, Suse, Fedo’ra va Slackware, Ubuntu kabi versiyalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |