zararsizlantirilgach, yuviladi, quritiladi va yana shu bo’limdan boshqa yerlarga
chiqarilmagan holda ishlatiladi;
i) palatalarda, koridorlarda, oziq-ovqat tayyorlaydigan joylarda
dezinfeksiyalovchi eritmalardan foydalangan holda, kuniga 2 martalab namlab
tozalab chiqiladi;
k) infeksion shifoxonaning barcha xonalarida pashshalarga qarshi chora-
tadbirlar olib boriladi;
l) tozalash-asbob-uskunalari (tog’aralar, chelaklar va x,.k.) belgilanib,
qat’iyan o’z vazifasi bo’yicha (qatiy ko’rsatmaga binoan) ishlatiladi va har bir
ishlatishdan so’ng zararsizlantiriladi;
m) shifoxonani berkitish - yopish vaqtida yakuniy dezinfeksiya o’tkazilib,
albatta uning sifati tekshiriladi.
9. O’liklar (murdalar)ni yorish, tashish va ko’mish ishlari. “ I-II guruh
yuqumli kasalliklari qo’zg’atuvchilari bilan zararlangan yoki zararlanishga gumon
qilinayotgan materiallar bilan ishlashning epidemiyaga qarshi tartibi” nomli
amaldagi instruksiyaga mos ravishda o’tkaziladi (Toshkent, 1992).
10. Aholi yashash punktlarida vabo tez avj olish paytida hovli sanitariya
qurilishlarini zararsizlantirish va pashshalarni qirish chora-tadbirlari yuzasidan
profilaktik dezinfeksiya chora-tadbirlari olib boriladi.
11. Qishloq joylarida, shu jumladan dala shiyponlarida ham, zararsizlantirish
chora-tadbirlari shahar sharoitidagidek amalga oshiriladi. Vabo bilan kasallangan
bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar uyida qoldirilgan holatlarda kundalik
dezinfeksiya ishlari bemor bilan muloqotda bo’lganlar yordamida amalga
oshiriladi.
12. Dezinfeksion chora-tabirlar o’tkazish va uni tashkil etish yuzasidan va
zararsizlantirish bo’yicha dezinfeksiya stansiyasi va DSENM mutaxassislari yo’l-
yo’riqlar ko’rsatib borishadi.
Dostları ilə paylaş: