O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda 
bo’lganlarga nisbatan olib boriluvchi chora-tadbirlar 
1. Muloqotda bo’lganlarni ajratishga (izolyatsiya) ko’rsatma epidemiolog 
tomonidan bemor (vibrion tashuvchi) bilan muloqotda bo’lish darajasi; umumiy 
foydalanadigan joylar sanitariya obodonlashtirilganlik darajasi; kasbiy 
faoliyatining o’ziga xosligi va bu bilan bog’liq bo’lgan epidemiologik xavflar 
hisobga olingan holda aniqlanadi. 
2. Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda 
bo’lganlarga ularninig manzili, ish joyi yoki o’qish joyi, muloqotning vaqti, 
darajasi va xususiyati ko’rsatilgan holatda ro’yxati tuziladi. 
3. Vabo bilan kasallanganlar (vibrion tashuvchilar) bilan oila sharoitida 
muloqotda bo’lgan shaxslar; bemorlarning oila a’zolari; umumiy xojatxona, 
oshxonadan foydalanuvchi kommunal kvartiradagi barcha yashovchilar; boshqa 
doimiy bevosita muloqotda bo’luvchilar va yana bemor bilan bir xil zararlanish 
xavfida bo’lganlar ajratib qo’yilishi kerak bo’ladi. 


4. Bemor yoki vibrion tashuvchi bilan muloqotda bo’lgan oziq-ovqat sanoati 
xodimlari va unga tenglashtirilgan kontingentlar albatta ajratib qo’yilishi shart. 
5. Uydagi xo’jalik ishlarini qilish maqsadida ajratib qo’yilishi kerak bo’lgan, 
oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan biri uyda qoldirilishiga ruxsat beriladi. 
6. Bemordan (vibrion tashuvchidan) vabo vibrionining virulent (toksigen) 
shtammlari ajratib olinganda ular bilan muloqotda bo’lgan, lekin izolyatorga 
joylashtirilmagan shaxslar ustidan yashash (turar) joyi, ishlab chiqarish, o’qish 
sharoitida va boshqa yerlarda 5 kun davomida uch martalik (dastlabki sutka 
davomida) vaboga qarshi bakteriologik tekshiruv yo’li bilan; bemordan (vibrion 
tashuvchidan) vabo vibrionining avirulent shtammlari ajratib olinganda esa 5 kun 
davomida bir martalik bakteriologik tekshirish va antibiotiklar bilan profilaktik 
davolash yo’li bilan tibbiyot nazorati o’rnatiladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin