HBsAg dan xalos bo’lishi unga qarshi antitelo-
anti
HBs sintezi bilan kechadi. Anti-
HBs paydo bo’lishi sog’ayish alomati va
organizmda
B gepatit virusiga qarshi immunitet shakllanayotganligining belgisidir.
Odatda anti-
HBs B gepatitga qarshi emlash natijasida ham paydo bo’ladi, lekin bu
holda B gepatit infeksiyasining boshqa markerlari mavjud emas.
HBcAg (yadroviy antigen) faqatgina gepatotsitlarda topiladi, u qonda
aniqlanmaydi.
HbcAg ga nisbatan antitelolar (anti-HBc) odatda kasallikning klinik
alomatlari paydo bo’lishi bilan aniqlanadi. Infeksiya yuqqan kishi organizmida eng
avvalo
HBcAg ning IgM sinfiga mansub antitelolar (anti-HBc IgM) paydo bo’ladi
va virusning faol replikatsiyasining o’tkir bosqichida anti-HBc IgM ning yuqori
titrda aniqlanishi, ushbu markerning o’tkir B gepatit diagnostikasidagi beqiyos
o’rnini belgilaydi. Keyinroq uning o’rniga
HBcAg ning
IgG sinfiga mansub
antitelola-ri (anti-
HBc IgG ) paydo bo’ladi va ular infeksiyaning o’tkir yoki
surunkali shakllarida ham, rekonvalestsentlarda ham aniqlanadi, og’rib o’tganlarda
umrbod saqlanib qoladi.
HBeAg_(yuqumlilik_antigeni)_-_eruvchan_antigen,_yadroviy_antigen_hosilasi_hisoblanadi,_lekin_undan_antigen_strukturasi_bo’yicha_farq_qiladi._O’tkir_infeksiyada_HBeAg'>HBeAg (yuqumlilik antigeni) - eruvchan antigen, yadroviy antigen hosilasi
hisoblanadi, lekin undan antigen strukturasi bo’yicha farq qiladi. O’tkir infeksiyada
HBeAg HBsAg dan keyin paydo bo’lib, anti
HBsAg cirkulyaciyasi oldidan
yo’qoladi. Organizmda uning replikaciyasi davom etayotganligidan dalolat beradi
hamda infeksiya manbaining atrofdagilarga xavflilik (yuqumlilik) darajasi
HBeAg mavjudligi va uning miqdori bilan korrelyatsiya qilinadi.
HBeAg ga nisbatan
antitelolar (anti-