O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


HBe ) organizmdan  HBeAg



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

HBe
) organizmdan 
HBeAg
yo’qolgach paydo bo’lib, uzoq 
muddat saqlanib qoladi. 
HBxAg
virus oqsillari sintezi regulyatori hisoblanib, gepatokarsinoma 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qon zardobida B gepatit virusi replikatsiyasining eng ishonchli 
ko’rsatkichidir. U infeksiyaning o’tkir shaklida ham, surunkali shakllarida ham 
aniqlanishi mumkin. Ayniqsa, surunkali 
HBeAg
musbat kishilar qoni zardobida 
DNK yuqori konsentratsiyada bo’ladi. Anti 
HBe
paydo bo’lishi arafasida yoki u 
paydo bo’lishi bilanoq 
DNK 
aniqlanmaydi.
HBsAg
ning 6 oydan oshiq persistensiyasi bemorda surunkali tashuvchilik 
holati shakllanganligini ko’rsatadi. 
Infeksiya manbai. 
B gepatit - tipik antroponoz kasallikdir. Infeksiya manbai 
bo’lib infeksion jarayonning turli ko’rinishlarini boshidan kechirayotgan kishilar
ya’ni o’tkir va surunkali B gepatit bemorlari, surunkali virus "tashuvchilari" asosiy 
infeksiya manbai bo’lib, ularning epidemiologik ahamiyati (xavfi) oxirigacha 
saqlanib qoladi. O’tkir B gepatitdan keyingi surunkali infeksiya chaqaloqlarda 70-
90%, 1-5 yoshli bolalarda 25-50% va katta yoshlilarda 6-10% holda kuzatiladi. 
Surunkali shaklga o’tish yoshga, jinsga, immunogenetik xususiyatlarga va 


immunitet holatiga bog’liqdir. Kichik yoshda, erkaklarda va turli immunodefitsit 
hollarda surunkali infeksiya shakllanish ehtimolligi yuqori. 
O’tkir B gepatitda kasallik yuqtirilganidan bir necha hafta o’tgach qonda 
HBsAg
sirkulyatsiya qila boshlashi virusning jigar hujayralarida replikatsiyasi 
boshlanganligidan dalolat beradi. Shu paytdan boshlab kishi infeksiya manbai 
bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu jarayon qondagi biokimyoviy o’zgarishlar va 
klinik alomatlar paydo bo’lishidan ancha burun (odatda 2-8 hafta burun) 
boshlanadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin