O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
 


MAVZU 16. B 
GEPATITNING EPIDEMIOLOGIYASI
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
В gepatitning etiologiyasini, epidemiologiyasini, profilaktikasini, 
epidemiologik nazoratini o’rganish. 
2. O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. 
Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi.
3. Talabalar quyidagilarni bilishi zarur: 
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, endemik holati va aholining kasallanish 
darajasini. 
3.2. Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi va omillari. 
3.3. Epidemik jarayon ko’rinishlari. 
3.4. Profilaktik tadbirlar va ularning samaradorligi. 
3.5. Epidemiologik tahlilni. 
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma:
4.1. Epidemik jarayon rivojlanishiga ta’sir etuvchi xavfli omillar, 
aholi guruhlari, vaqt hamda joylarni tahlil eta olishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1. Kirish. 
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish. 
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish. 
5.4. O’tkir va surunkali B gepatit bemorlari hamda virus tashuvchilarining 
epidemiologik ahamiyati. 
5.5. Qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi, yo’llari va omillarini muhokama 
etish. 
5.6. Profilatikasi.
6. Talabalarning mustaqil ishi: 
Tibbiy anjomlarning sterilizatsiyadan oldingi ishlovi va sterilizatsiyasi sifatini 
tekshirish usullarini o’rganish. 
Axborot uchun ma’lumot 
B gepatiti - antroponoz, tabiiy va sun’iy parenteral yo’llar bilan yuqadigan
keng tarqalgan virusli kasallikdir. 
Etiologiyasi. 
B gepatit virusi (VGV) gepadnoviruslar oilasiga mansub 
tarkibida DNK, DNK-polimeraza fermenti, 4 ta o’ziga xos antigeni mavjud. Sferik 
shaklda, diametri 42 nm. Virus tashqi muhit ta’sirotlariga odatdan tashqari 
chidamlidir. Infeksion jarayon davomida mazkur antigenlarga nisbatan tegishli 
antitelolar paydo bo’ladi. Organizmda B gepatit infeksiyasining turli serologik 
markerlari paydo bo’lishi va yo’qolishi dinamikasi infeksion jarayon kechishini, 
uning bosqichlarini aks ettiruvchi indikator bo’lib xizmat qiladi hamda tipik 
(asoratsiz) o’tkir bosqichda va surunkali shaklda turlicha serologik manzara 
kuzatiladi. 
Virus qobig’ini glikoprotein - virusning sirtqi antigeni –
HBsAg
tashkil etadi. 


Infeksion jarayon o’tkir bosqichida infeksiya yuqqanidan 1-2 hafta o’tgach 
HBsAg
paydo bo’ladi va qon tarkibida bir necha haftadan bir necha oygacha 
sirkulyatsiya qilib turadi. Uning mavjudligi bemorning yuqumliligidan guvohlik 
beradi, lekin infeksiya o’tkir shaklini surunkali shakldan farqlash imkonini 
bermaydi. Odatda organizmning 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin