O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Yuqish mexanizmi. 
A gepatit fekal-oral mexanizm bilan tarqaladi, bu 
jarayon suv, oziq-ovqat va maishiy yo’llar bilan amalga oshadi. Ko’p hollarda suv 
yo’li asosiy yuqish yo’li bo’lib xizmat qiladi. Suv omili doimiy yoki epizodik 
tarzda ta’sir etib, o’tkir va surunkali suv epidemiyalariga (yoki epidemik 
chaqnashlarga) sabab bo’ladi. Suv yo’lining yuqori faolligi Shu bilan izohlanadiki, 
hatto vodoprovod bosh inshootlarida suvni tozalash va zararsizlantirish sanitariya 
me’yorlari, qoidalariga rioya etilib bajarilganida ham A gepatitga nisbatan suvning 
epidemiologik xavfsizligini kafolatlay olmaydi. Buning ustiga vodoprovod 
tarmoqlari va markazlashmagan suv manbalarida sanitar-texnik holatning 
qoniqarsizligi suvning doimiy ravishda ikkilamchi mikrob ifloslanishi xavfini 
tug’dirib turadi. A gepatit tarqalishida suv yo’li bilan berilishining surunkali 
faolligi etakchi rol o’ynaydi hamda bu hol aholi ichimlik suv bilan qoniqarsiz 
ta’minlangan, oqava suvlarni va chiqindilarni zararsizlantirish yomon 
tashkillashtirilgan hududlarda kasallikning endemikligini va kasallanishning yuqori 
ko’rsatkichlarda bo’lishini ta’minlaydi. Suv ta’minotida, kanalizatsiya holatida, 


kommunal qulayliklar darajasida jiddiy kamchiliklar mavjud bo’lgan Markaziy 
Osiyo mintaqasida bu yaqqol namoyon bo’lmoqda. Suv tanqisligi va sifatining 
pastligi A gepatit virusi berilishining maishiy yo’li faollashuviga ko’maklashadi. 
Bu yo’l ayniqsa, shaxsiy gigiyena qoidalariga yetarlicha amal qilmaydigan bolalar 
o’rtasida faoldir. Oziq-ovqat yo’li bilan zararlanish o’tkir va aksariyat hollarda 
surunkali tusda amalga oshadi. Bu yo’l bilan yuqishda termik ishlov berilmaydigan 
turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari - meva-chevalar, sabzavotlar, ko’katlar, poliz 
mahsulotlari, sharbatlar, non hamda konditerlik mahsulotlari va hokazolar 
yuqtirish omillari bo’lib xizmat qilishadi. Bunda ovqatni tayyorlashda, meva-
sabzavotlarni, idishlarni yuvishda ishlatiladigan ifloslangan suv, ovqat 
tayyorlashda qatnashayotgan zararlangan kishining qo’llari yuqtirishning oraliq 
omillari bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Moyillik. 
A gepatitga aholi moyilligi umumiy. Og’rib o’tganlarda paydo 
bo’luvchi immunitet umrbod saqlanib qoladi. Bu hol kasallik epidemik jarayoni 
ko’rinishlari o’ziga xosligiga ta’sir etuvchi omillardan biridir. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin