O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Profilaktikasi. 
B gepatit profilaktikasi borasidagi tadbirlar majmuasi 
infeksiya manbalarini faol aniqlashga, tabiiy va sun’iy yuqish yo’llarini bartaraf 
etish hamda maxsus emlash o’tkazishga qaratilgandir. 
Infeksiya manbaini aniqlash maqsadida barcha donorlar, homilador ayollar, 
xatarli guruhlarga mansub kontingentlar B gepatit virusini tashuvchilikka tekshirib 
boriladi. 
Donorlar har bir qon (to’qima, a’zo) topshirishlaridan oldin chuqur klinik-
laboratoriya (vrach ko’rigi, serologik va biokimyoviy) hamda epidemiologik 
tekshiruvlar o’tkazilishi darkor. Quyidagi hollarda kishi donorlikka qo’yilmaydi: 
- o’tmishda (qachonlikdan qat’iy nazar) virusli gepatit bilan og’rib o’tganlar; 
- qon zardobida 
HBsAg
topilganlar; 
- surunkali jigar xastaligiga (jumladan, toksik tabiatli va noaniq etiologiyali) 
chalinganlar; 
- jigar xastaligini klinik va laboratoriya alomatlari mavjud shaxslar
- oxirgi 6 oy davomida B gepatitga chalingan bemorlar bilan oilaviy 
muloqotda bo’lganlar; 
- oxirgi 6 oy ichida qon va uning mahsulotlari quyilgan shaxslar
- giyohvandlar, noto’g’ri jinsiy hayot kechiruvchilar. 
Infeksiya manbaini aniqlash va kelajakda uni donorlikdan chetlatish 
maqsadida har bir transfuziyadan keyingi gepatit jiddiy epidemiologik 
tekshiruvdan o’tkaziladi. 


Transfuziyadan keyingi gepatit hollarida muvaffaqqiyatli epidemiologik 
tekshiruvni amalga oshirish uchun barcha davolash-profilaktika muassasalarida 
quyidagilar yo’lga qo’yilishi zarur: 
- har bir quyilayotgan qon (uning mahsulotlari) qayd etib borilishi uchun 
maxsus jurnal yuritilishi va unda qonning barcha rekvizitlari, tayyorlagan 
muassasa, tayyorlangan kun, donorning ismi-sharifi, retsipientning ismi-sharifi, 
kasallik tarixi tartib raqami va transfuziya kuni aks ettirilishi; 
- retsipientning kasallik tarixida har bir transfuziya alohida qayd etilishi
- qon haqidagi hujjat (idishdagi etiketga), undagi axborotni to’liq saqlash 
maqsadida, kasallik tarixiga elimlanishi; 
- davolovchi vrachlar virusli gepatitga chalingan bemorlardan batafsil 
epidemiologik anamnez yig’ishlari, jumladan, transfuziyalar o’tkazilganligini 
aniqlab kasallik tarixiga qayd etishlari; 

HBsAg
"tashuvchiliga" aniqlangan yoki infeksiya manbai sifatida gumon 
qilinayotgan barcha donorlar qon quyish muassasalari va sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazlarida hisobga olinishi; 
- gumon qilinayotgan donorning shu paytgacha topshirgan qonlari, ularning 
barcha retsipientlari, ular orasida transfuziyadan keyingi gepatitga chalinganlar 
bor-yo’qligi aniqlanishi. 
Homilador ayollar homiladorlikning 8-10 va 30-32 haftalarida

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin