O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Natriy metasilikati 
- suvda yaxshi eruvchan, oq kristall modda. Uning 
suvdagi eritmasi yuvuvchi va zararsizlantiruvchi va oqartiruvchi xossaga ega. 
Ammo u matolarning rangini o’zgartiradi, shishalarda yuvilmaydigan dog’ 
qoldiradi. Shuning uchun dag’alroq yuza sathini zararsizlantirish uchun tavsiya 
etiladi. 
 
Dezinfeksiya turlari
Dezinfeksiyaning ikkita turi: o’choqli (epidemiyaga qarshi) va profilaktik 
dezinfeksiya farq qiladi. 
O’choqli dezinfeksiya yuqumli kasallik paydo bo’lganda joylarda, ya’ni 
infeksiya o’choqlarida o’tkaziladi. 


O’choqli dezinfeksiyaning ikkita turi: joriy va yakunlovchi dezinfeksiya farq 
qilinadi. Infeksiya o’chog’ida infeksiya manbai mavjud bo’lgan vaqt mobaynida va 
binobarin, ko’p marta o’tkaziladigan dezinfeksiya joriy dezinfeksiya deyiladi. Joriy 
dezinfeksiyani tibbiyot xodimlari yoki bemorga qarovchilar va uning oila a’zolari 
o’tkazishlari mumkin. Bemorni shifoxonaga yotqizilgandan keyin, infeksiya 
o’chog’idagi hamma narsalarni qunt bilan o’z vaqtida zararsizlantirish, ya’ni 
yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarni boshlang’ich paytidayoq 
yo’qotish bu yakunlovchi dezinfeksiya deyiladi. Yakuniy dezinfeksiya, maxsus 
dezinfeksiya stansiyalari xodimlari yordamida o’tkaziladi. 
Profilaktik dezinfekiiya aniqlangan infeksiya manbai bo’lmaganda 
o’tkaziladi. Profilaktik dezinfeksiya yordamida yuqumli kasalliklarning tarqalish 
ehtimolining oldini oladi. 
Dezinfeksiya usullari 
Dezinfeksiyaning asosan to’rtta usullari bor: mexanik, fizikaviy, kimyoviy va 
biologik. Amaliyotda ularning har biridan alohida yoki bir necha usuldan 
birgalikda foydalaniladi. 
Dezinfeksiyaning fizikaviy usuli. Bu usulda zararsizlantirish uchun yuqori 
haroratning har xil turlaridan (olov, issiq havo, qaynatish va suv bug’i) Shuningdek 
quyosh nurlari, ultrabinafsha nurlari va radiatsiyaning boshqa vositalaridan 
foydalaniladi. 
Fizikaviy usul Shuningdek mikroblarni o’ldirmay, zararsizlantirish, ya’ni 
ularni yo’qotadigan barcha mexanik usullarni ham o’z ichiga oladi. Masalan: 
xonalarni shamollatish, tozalash va boshqalar. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin