O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Dezinfeksiya kameralari, ularning tiplari va qo’llash qoidalari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Dezinfeksiya kameralari, ularning tiplari va qo’llash qoidalari.
Ip 
gazlama, jun, movut, charm va mo’ynali kiyimlarni, to’shak, yostiq, hayvon 
mahsulotlarining ba’zi turlari (teri, jun, ot qili, to’ngiz qili va boshqalarni, eski-
latta va boshqalarni), kitoblarni zararsizlantirishda kamera usullarini qo’llash 
maqsadga muvofiqdir, buning uchun maxsus qurilmalar va turli xil dezinfeksiya 
kameralari mavjuddir. 
Boshqa usullarga nisbatan kamera usullarining katta afzalligi bor, chunki 
mikroblarning vegetativ va spora hosil qiluvchi turlari bilan zararlanganda 
yuqorida ko’rsatib o’tilgan buyumlarni ishonchli ravishda zararsizlantirib ularni 
dezinfeksiya qiladi. 
Dezinfeksiya kameralarining turlari
Mikroblarga ta’sir etuvchi vositalarning xususiyatiga ko’ra dezinfeksiya 
kameralarining uchta asosiy tipi farqlanadi: 
1. Issiq havoli kameralar, bunda 80-105° haroratgacha isitilgan issiq havo 
ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. 
2. Bug’ kameralari, bularda normal atmosfera bosimidan yuqori 0,5 -1 atm. 
bosim ostidagi bug’ (bug’ning harorati 110-180°) ta’sir ko’rsatadi. 
3. Bug’-formalinli kameralar, bunda normal bosim sharoitida bug’-havo 
aralashmasi va kamerada formalin bug’lantirilganda yoki changlantirilganda hosil 
bo’lgan formaldegid bug’larining birgalikdagi ta’siridan foydalaniladi. Vakuum-
bug’ formalin kameralarida suv bug’lari va formaldegid ta’sir ko’rsatadi, biroq 
bunday dezinfeksiya siyrak havo sharoitlarida va 55 - 60°S atrofdagi haroratda 
boradi (18-jadval). 
18-jadval
Kameralarda zararsizlantirish tartibi 
Zarasizlantirish 
turlari 
Zararsizlantirish uslublari 
Bug’ kameralari 
Bug’ formalinli kameralar 
Harorat
°S 
Ta’sir etish 
vaqti, 
minut 
Harorat 
Forma 
lin 
Davomi
ligi. 
Soat-
daqiqa 
Dezinseksiya 
80-85 
5-7 
57-58 

0-30 


Turli xil mikroblar 
bilan zararlangan 
(ifloslangan) kiyim-
kechaklarni 
dezinfeksiya qilish: 
Vegetativ turdagi 
mikroblar 
80-85 
12-15 
57-58 
80 
0-45 
Sporali mikroblar 
98 
45 
57-58 
250 
2-45 
Ko’rsatib o’tilgan tipdaga dezinfeksiya qiluvchi kameralar tuzilishiga ko’ra 
ko’chmas (turg’un) va ko’chib yuruvchi kameralarga bo’linadi. Ko’chmas 
kameralar shifoxonalar, dezinfeksiya muassasalari va shunga o’xshash joylarda 
ishlatiladi. Ko’chib yuruvchi kameralardan infeksiya o’choqlarini dezinfeksiya 
qilish uchun kameralarni infeksiya o’choqlari joylashgan yerlariga olib kelib 
foydalaniladi, dala sharoitlarida, ba’zan esa shifoxona, hammom va shunga 
o’xshash yerlarda ko’chmas kameralar o’rnida ham foydalaniladi. Ko’chib 
yuruvchi kameralarda dush qurilmalari ham montaj qilinishi mumkin. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin