O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Odamlar - salmonellyoz infeksiyasi manbai



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Odamlar - salmonellyoz infeksiyasi manbai:
Odamlar salmonellyoz infeksiyasini tarqatishda ishtirok etishini birinchi 
navbatda bakteriya tashuvchilikning mavjudligi va kasal-likning turli davrlarida 
salmonellalarning organizmdan ajralib chiqishi bilan belgilanadi. 
Salmonellyozning o’tkir va engil turi bilan kasallangan bemorlar, Shuningdek 
oziq-ovqat korxonasida ishlovchi bakteriya tashuvchilarning o’rni nihoyatda 


muhim ahamiyatga ega. Salmonellyoz tarqalishida tibbiyot xodimlari infeksiya 
manbai bo’lib xizmat qilganligi aniqlangan. Salmonellyozdan sog’aygandan keyin 
odam ko’pincha uzoq muddatgacha bakteriya tashuvchi bo’lib qoladi. 
Salmonellyoz bilan kasallanganlar va bakteriya tashuvchilar ayniqsa bir yoshgacha 
bo’lgan bolalar uchun epidemiologik jihatdan xavflidir. Bakteriya tashuvchilar 
najasi bilan ko’plab salmonellalar ajralib chiqadi. Bunda salmonellalar o’zining 
morfologik, kultural, fermentativ va serologik xossalarini, oq sichqonlarga nisbatan 
patogenligini saqlab qoladi. 
 
Salmonellyozlarni tarqatuvchi asosiy omillar 
Salmonellyozlar asosan oziq-ovqat orqali tarqaladi. Mikroblar oziq-ovqat 
mahsulotlarida qulay sharoitda bir necha soat turadi va rivojlanadi. Hayvon, 
parranda go’shti va uning mahsulotlari salmonellalarni yuqtiruvchi asosiy omildir. 
Shuning uchun ham salmonellyozlar ko’pincha aholisi xom va chala pishgan 
go’shtni iste’mol qiladigan mamlakatlarda ko’proq uchrab turadi. 
Toshkent shahrida salmonellyoz o’choqlarida epidemiologik tekshiruv 
o’tkazilganda yuqtirish omillarining 37,5-60% ni go’sht mahsulotlari tashkil etgani 
ma’lum bo’ldi. 
Go’shtdan tashqari, hayvonlardan olinadigan boshqa mahsulotlar, xususan sut 
va sut-qatiq mahsulotlari ham salmonellyozlarni tarqatuvchi omil bo’lishi mumkin. 
Sut salmonellalar bilan endogen va ekzogen yo’l bilan zararlanishi mumkin. 
Salmonelez qatiq. suzma, qaymoq, tvorog, pishloq orqali ham yuqadi. Shunisi 
qiziqki, salmonellalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi 
ko’rinishi va ta’mi o’zgarmaydi. Tuxum, tuxum mahsulotlari va tarkibida tuxum 
bo’ladigan oziq-ovqatlarning salmonellyozlarni tarqatishdagi o’rni yildan-yilga 
ortib bormoqda. Baliq, baliq mahsulotlaridan ancha kamroq yuqadi, ammo ayrim 
joylarda ularning ahamiyati birmuncha muhimroq. 
Turli o’simlik mahsulotlari salmonellyozlarni tarqatish omillari bo’lishi 
mumkin. Axlat, go’ng, oqava suvlar, parranda axlati bilan ishlov berilgan 
tuproqdan salmonellalar o’simlik mahsulotlariga o’tishi mumkin. Pashshalar ovqat 
mahsulotlarini salmonellalar bilan zararlashda juda muhimdir. Ariq suvlarida ham 
salmonellalar topiladi. Suvda bir yo’la 2 va bundan ko’p serotur uchraydi. 
Zararsizlantirilmagan oqava suvda zararsizlantirilganiga nisbatan 2 barobardan 
ortiqroq salmonella topiladi. Salmonellalar suvda yilning har xil mavsumlarida 
ham bo’ladi. Shifoxonalarda salmonellyozlarning tarqalishida onalar va 
xodimlarning salmonella yuqqan qo’llari, ro’zg’or buyumlari, sochiq, ich kiyim, 
yo’rgaklash kursilari, manej, gilam, tuvak va boshqalar salmonellalarni maishiy-
muloqot yo’li bilan yuqtirishda muhim o’rin tutadi. 
Salmonellyozlarga qarshi chora-tadbirlar O’zbekiston Sog’liqni saqlash 
vazirligining "O’zbekiston Respublikasida salmonellyozlarning oldini olish 
choralari" nomli 1993 yil 06.10. № 491 sonli buyrug’iga asosan olib boriladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin