4-Masala:
Ikki tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi o’rtasidagi
musobaqasi natijalariga ko’ra A-tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati
markazi g’olib deb topildi.
Bu tuman hududida hisobga olingan yuqumli bemorlar soni eng kam, operativ
(epidemiologik tekshirishlar) va tashkiliy ishlar turlari (ya’ni tibbiyot xodimlari
majlislarining soni) eng ko’p ekanligi aniqlandi.
1. Tumanda epidemik holat to’g’ri baholanganmi?
2. Ma’lum hududda epidemik holatni qanday baholash kerak?
3. Musobaqa natijalarini baholashda olingan ko’rsatkichlar to’g’rimi?
4. Epidemiolog vrach bajargan ishlarini baholash uchun qanday
ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi?
5-Masala:
Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga uchastka pediatr
vrachi tomonidan 3 yoshli, yasliga qatnovchi kasal bolaga to’ldirilgan zudlik bilan
keluvchi xabarnoma keltirildi. Kasal bolaga yuqumli sariq kasalligiga shubha deb
diagnoz qo’yilgan edi. Epidemiologik tekshirishni olib borgan epidemiolog
yordamchisi kasallik manbaini, yuqish omillarini aniqlay olmadi. Bolalar
bog’chasiga yuqumli kasalliklardan saqlanish uchun qo’llaniladigan qoidalar ham
buzilmagan deb topildi. 17 kunlik muhlatdan so’ng o’sha bolalar guruhida yana 3
ta bolada virusli gepatit A kasalligi bilan og’rish hollari kuzatildi. Ushbu epidemik
o’choqda bo’lgan holatni muhokama qilish paytida kasallangan bolalarning
uylarida va ular qatnashadigan bog’chada epidemiologik tekshiruv epidemiolog
vrachining yordamchisi tomonidan o’tkazilganligi, u kasallangan bolalarning ota-
onalari va bog’cha mudirasi bilan bo’lib o’tgan suhbat natijasigagina asoslanib,
yuqoridagi ko’rsatilgan xulosaga kelganligi ma’lum bo’ldi.
1. Zudlik bilan yuboriluvchi xabarnomani to’lg’azishda pediatr vrach
tomonidan qanday xatolikka yo’l qo’yilganligini aniqlang.
2. Tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Markazi xodimlari ushbu
hodisani tekshirishda qanday xatolikka yo’l qo’yganligini aniqlang.
3. Bolalar muassasasida qayta kasallanishga nimalar sabab bo’lganligini
ko’rsating?
Dostları ilə paylaş: