Epidemiyaga qarshi kurashish jarayonida har xil sohadagi mutaxassislarni
qatnashishi, ular o’rtasidagi o’zaro tashkiliy munosabatlar o’rnatish ba’zida
ma’lum qiyinchiliklarga ham olib keladi. Chunki epidemiyaga qarshi kurashishga
jalb qilinadigan har xil sohadagi kishilar bajarishi lozim bo’lgan ishlar, ularning
o’zlarining asosiy funksiyalari bo’lmaganligi va bu kishilar har xil
ma’muriyatlarga mansub bo’lganligi uchun ular o’rtasidagi uzviy bog’liqlikning
yo’qligidan kelib chiqadi. Shu sababli sanitariya epidemiologiya muassasalarining
mutaxassislari epidemiologik diagnozlar, epidemiologik tekshiruvlar va kuzatuvlar
natijalariga asoslanib, bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni rejalashtiradilar va bu
ishlarni bajarish lozim bo’lgan tashkilotlarni, muassasalarni va xodimlarni aniqlab,
ular bajarishi kerak bo’lgan ishlarni isboti bilan ko’rsatib, bajarilish muddatlarini
ham belgilab, bu rejalarni mahalliy hokimiyat kengashlarida tasdiqlab olganlaridan
keyin bu rejalar yoki hujjatlar kuchga kiradi va ushbu hujjatlarda ko’rsatilgan
chora-tadbirlarni mazkur tashkilot va korxona xodimlari tomonidan bajarilishi
shartdir. Bajarilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi xabarlar davlat sanitariya
epidemiologiya nazorati markazi va boshqa tashkilotlar xodimlari o’rtasidagi
o’zaro axborot aloqalari tufayli amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: