havo-tomchi yo’li bilan o’tadigan kasalliklar epidemiologiyasi, o’ta xavfli yuqumli
kasalliklar epidemiologiyasi, emlash profilaktikasi bilan shug’ullanuvchi
epidemiologlarga bo’linadi. Mikrobiologlar ham bakteriologlar, virusologlar,
serologlar kabi mutaxassisliklarga bo’linadilar. Parazitologiya bo’linmasida
gelmintolog, parazitolog, entomolog va hu singari boshqa mutaxassisliklarga
mansub bo’lgan kishilar xizmat qiladilar.
Epidemiologiya xizmatini Respublika Davlat Bosh sanitariya vrachi
boshqaradi, ayni paytda u sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari ham hisoblanadi.
Muxtor Respublikalarda Davlat Bosh sanitariya vrachi muxtor respublika sog’liqni
saqlash vazirining o’rinbosari, o’lka, viloyat, shahar va tumanlarda mos ravishda
o’lka, viloyat, shahar va tuman Davlat Bosh sanitariya vrachlari tomonidan
boshqariladi.
DSENMlar ikki xil boshqaruvchiga bo’ysunadi: ma’muriy masalalar bo’yicha
tegishli yuqori sog’liqni saqlash, ya’ni tuman sog’liqni saqlash bo’limiga, Davlat
sanitariya nazorati faoliyati bo’yicha yuqori sanitariya epidemiologiya xizmati
organlariga yoki idoralariga bo’ysunadi. DSENMning barcha faoliyatlari sog’liqni
saqlash tizimidagi tashkilot va idoralar bilan yaqin aloqada olib boriladi.
Sanitariya epidemiologaya xizmatida
boshqarishning tuzilishi
Boshqarish
sathi
1
Sog’liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya
epidemiologiya nazorati Departamenti
V
2
Respublika DSENMi
IV
3
Viloyat, o’lka, muxtor Respublika DSENMi
III
4
Tumanlarga bo’lingan shahar DSENMi
II
5
Tumanlarga bo’linmagan shahar DSENMi
II
6
Shahardagi tuman DSENMi
I
7
qishloq tuman DSENMi
I
Tumanlarga bo’lingan davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari II
sathdan dastavval tashkiliy - metodik ishlarni tanlangan holda davlat sanitariya
nazoratini amalga oshiradi. Shahardagi tuman DSENMlari hamisha shahar davlat
sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga bo’ysunadilar.
Dostları ilə paylaş: