O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
Axborot uchun ma’lumot 
 
Epidemiologik nazorat - bu DSENM faoliyatining epidemiyaga qarshi kurash 
tizimi hisoblanib, nazariy, uslubiy, tashkiliy prinsiplari asosida epidemiologik 
holatni dinamik baholaydi, kasallikning oldini olish va uni kamaytirish, ba’zi 
yuqumli kasalliklarni yo’qotishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 
Epidemiologik nazoratning nazariy asosi - bu epidemiologik holatni o’rganish 
hisoblanib, birinchi navbatda o’z-o’zini boshqarish nazariyasi hisoblanadi. Bu 
nazariy epidemiologik prognozda qo’zg’atuvchini epidemik tarqalishida parazit 
populyatsiyasida hosil bo’ladigan ichki qayta ko’rishini aniqlab beradi. 
Epidemiologik nazoratning uslubiy asosi epidemiologik 
usullar, 
epidemiologik tahlil va epidemiologik prognozdir. Bu nazariya kasallanish 
strukturasini, epidemiologik prognozni o’z vaqtida aniqlashni va Shu bilan birga 
o’tkaziladigan chora-tadbirlarning sifatini va epidemiyaga qarshi kurash tizimini 
baholab beradi. 
Epidemiologik nazoratning tashkiliy asosi - hozirgi zamon nazariyalarini 
boshqaruvchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi, epidemiyaga qarshi kurash 
ishlari epidemiyaga qarshi kurash tizimiga asoslanadi. 
Epidemiologik nazorat bu DSENM faoliyatining epidemiyaga qarshi olib 
boradigan chora-tadbiri 
hisoblanadi. Boshqaruv tizimida epidemiologik 
diagnostika. tashkiliy va uslubiy nazorat funksiyalari tafovut qilinadi. 
Epidemiologik nazoratni tashkillashtirilishi epidemiolog vrachlarning malakasiga 
bog’liq bo’ladi. Epidemiologik tahlilning bosqichlari. Epidemiologik tahlilning 
asosiy turlaridan biri retrospektiv epidemiologik tahlildir (REA), bunday tahlil 
doim yilning oxirida o’tkazilib boshqa yillar bilan solishtiriladi. 


Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalari ushbu hududda epidemiyaga 
qarshi chora-tadbirlar hisobot yilida qanday olib borilganligini ham baholaydi 
hamda hududda kasallikning tarqalish xususiyatlarini o’rganadi. 
Retrospektiv epidemiologik tahlilning ikkinchi bosqichi epidemiyaga qarshi 
kurash rejasini tuzish hisoblanadi. 
Epidemiologik tahlilning uchinchi bosqichi bu epidemiologik nazorat bo’lib 
quyidagicha bajariladi: 
- epidemiyaga qarshi rejalashtirilgan chora-tadbirlarni sistematik baholash
- epidemiyaning rivojlanishida ijtimoiy va tabiiy sharoitlarni ro’yxatga olish; 
- kasalliklarni epidemiologik kuzatish; 
- aniqlangan kasallik hodisalarini epidemiologik tekshirish. 
Kasallik hodisalarini epidemiologik baholash operativ tahlilda olingan 
materiallarga asoslanib birinchi navbatda epidemiyaning rivojlanishida tabiiy va 
ijtimoiy omillarning o’zgarishi epidemiyaga qarshi ishlar rejasiga o’zgartirishlar 
kiritish uchun ishlatiladi. Operativ epidemiologik tahlil REAning axborot manbasi 
sifatida ham qo’llaniladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin