Elektiv muhitlar. Elektiv oziqli muhitlar turli xil, boshqa mikroflorali materialdan ma’lum
turni ajratib olish va uni to’plashga mo’ljallangan. Ma’lum mikroblarga elektiv oziqli muhitni
yaratishda, bu mikroblarning boshqa ko’pchilik mikroblardan farqlantiradigan biologik,
fermentativ xususiyatlariga asoslaniladi. Masalan qonli zardobli muhitlar bo’g’ma, ko’k yo’tal
qo’zg’atuvchisini ajratib olishda (Klauberg II, KUA) tuberkulyozda (Levenshteyn-Yensen)
stafilokokklarda natriy xlor tuzining konsentrasiyasi yuqori bo’lgan muhiti, vabo vibrionida esa
— ishqoriy muhit qo’llaniladi.
Differensial-diagnostik oziqli muhitlar. Ayrim turdagi (yoki gruppalar)
mikroorganizmlarni bir-biridan ajratish, farqlash uchun ishlatiladi.
Differensial-diagnostik muhit tuzilish prinsipiga ko’ra, bakteriyalar xilma-xil turlarining
o’zaro biokimyoviy faolligi hamda bir xil bo’lmagan fermentlar to’plamiga ega bo’lishi va oziqli
muhit tarkibiga kiruvchi substratlarning parchalanishiga asoslangan.
Differensial-diagnostik muhitlar tarkibiga quyidagi asosiy komponentlar kiradi: a)
bakteriyalarning ko’payishini ta’minlaydigan asosiy organik, neorganik birikmalar,kazein
gidrolizati pepton va bosh.
b) qo’shimcha ma’lum kimyoviy substrat ularni parchalanishi oqibatida muhitni rN nordon
tomonga (uglevodlar, mochevina) yoki ishqoriy (oqsillar parchalanishida) o’zgaradi. Bu xususiyat
shu mikrobning diagnostik belgisi hisoblanadi; v) rangli indikator (masalan, Andrede, bromtimol
ko’ki, bromkrezol purpur, krezol qizil indikatori), rangining o’zgarishi sodir bo’layotgan
biokimyoviy reaksiyadan va tekshirilayotgan mikroorganizmda ushbu ferment sistemasi
borligidan dalolat beradi.Agar oziq muhitdagi metobalitlarni parchalasa muhit nordonlashuvi
mumkin, Andrede indikatori bor muhit qizarishi, brom timol ko’k bilan musbat bo’lishi mumkin,
lekin oraliq mahsulot natijasida muhit ishqoriy tomonga siljisa bu ikki indikatorni rangi
o’zgarmaydi.
Hamma Differensial-diagnostik muhitlar 4 ta asosiy guruxga bo’linadi.
1.Tarkibida oqsil tutuvchi, bakteriyalar fermentlari ta’sirida harakterli o’zgaruvchi muhitlar
(qon, jelatina, sut va bosh.). Bu muhitlarda bakteriyalarni gemolitik, protolitik xususiyatlari
o’rganiladi, bulardan eng ko’p ( gusht peptonli jelatina, ivitilgan ot qon zardobi, sutli va qonli
agar) ishlatiladi.
101
2.Tarkibida uglevodlar, ko’p atomli spirtlar tutuvchi indikatorli muhitlar. Bu muhitlarda
bakteriyalar uglevodlarni parchalashi oqibatida kislotalar va gaz xosil bo’ladi, muhitning rN
nordon tomonga siljiydi va indikator muhitni rangini o’zgartiradi. Bakteriologik amaliyotda
lakmusli sut (Minkovich muhiti), Giss (Xissa) muxitlari keng qo’llaniladi.Giss muhitida
bakteriyalarni turli uglevodlarni fermentasiya qilish xususiyati o’rganiladi. Enterobakteriyalarni
farqlashda peptonli uglevod, Andrede indikatori qo’shilgan va muhitga gaz hosil bo’lishini
aniqlash uchun uzunligi 3 sm bo’lgan shisha naycha, uning bir tomoni berk, solib qo’yiladi. Agar
bakteriyalar uglevodni parchalasa indikatorni rangi o’zgaradi, gaz xosil bo’lsa shisha naychaga
gaz yig’iladi. Giss muhitida bir nechta uglevodlar qo’llanganligi sababli, bakteriyalar bir
uglevodni parchalashi, ikkinchisini esa parchalamasligi mumkin. Shuning uchun uglevodlar qatori
olachipor ( rangli qator) bo’lishi mumkin, nomlash shundan kelib chiqgan. Uglevodlardan
amaliyotda ko’pincha monosaxaridlar (glyukoza,arabinoza, mannoza), disaxaridlar
(laktoza,maltoza, saxaroza) polisaxaridlardan (kraxmal, glikogen, inulin, dekstrin) va
glikozidlardan esa (adonit, inozit, salisin) ishlatiladi.
3.
Bakteriyalar tomonidan ma’lum moddalarni parchalashini, tiklanishini (redusiruyuщie)
o’rganuvchi muhitlar (metilen ko’ki qo’shilgan sutli muhit, nitratli muhit). Masalan enterokokklar
metilen ko’ki qo’shilgan sutli muhitda, uni reduksiyaga uchratib, muhitni oqatirib qo’yadi, S.
pyogenis esa muhitnt rangini o’zgartirmaydi.
4. Bakteriyalar tomonidan ma’lum moddalarni o’zlashtira (assimilasiya) olishini aniqlovchi
muhitlar. Amaliyotda eng ko’p sitratli agar (Simmons muhiti) qo’llaniladi. Masalan Salmonella
avlodi vakillari Simmons muhitida yaxshi o’sadi muhit ko’karadi, ichak tayoqchasi esa sitratli
agarda moddalarni assimilasiya qila olmaydi, muhitni rangini o’zgartirmaydi
Oziqli muhitlarni tayyorlash.
Asosiy muhitlar. Triptik gidrolizat pastasi ma’lum hajmdagi distillangan suvda eritiladi, rN
o’rnatiladi, tegishli idishlarga quyilib, og’zi paxta-dokali probkalar bilan berkitiladi va avtoklavda
sterillanadi. Oziqli agar kukuni ma’lum hajmdagi suvga solinadi va 10—15 min davomida
qaynatiladi, so’ngra oziqli Petri kosachalariga yoki probirkalarga quyiladi. Qiyalantirilgan oziqli
agar tayyorlash uchun, ichiga agar quyilgan probirkalar stol ustida qiyshaytirilgan holda qotiriladi.
Qonli, zardobli va assitik muhitlar. Eritilgan va 45—50°G gacha sovutilgan oziqli agarga
steril sharoitda 5—10% fibrinsizlantirilgan qon yoki shu miqdorda qon zardobi, yoki 25% li assit
suyuqlik ko’shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va tezda Petri kosachasiga, probirka yoki boshqa
laboratoriya idishiga quyiladi. Suyuq muhit tayyorlash uchun oziqli bulonga yuqorida ko’rsatilgan
mikdorda zardob yoki assit suyuqlik qo’shiladi.
Uglevodli muhitlar. Oziqli agar yoki bulonga 0,5—1% di glyukoza yoki boshqa uglevod
qo’shiladi. Oquvchan bug’ yoki 0,5 atm bosimida bug’ bilan sterillanadi.
Elektiv oziqli muhitlar. 1% peptonli suv, rN 8,0. Vabo vibrioni uchun elektiv muhit bo’lib,
boshqa mikroblarga nisbatan juda tez ko’payadi. Muhitning ishqoriy reaksiyasi, vabo vibrionining
o’sishiga to’sqinlik qilmayidi, lekin boshqa mikroorganizmlarning o’sishini sekinlashtiradi.
Ishqoriy agar (IA). Qattiq muhit: oziqli agar, rN 7,8. Oldingi muhitga o’xshash, vabo
vibrioniga elektiv hisoblanadi.
Myuller muhiti. Tif-paratif bakteriyalar uchun elektiv hisoblanadi, chunki ular ichak
tayoqchasiga nisbatan tetrationat natriyga (bu birikma oziqli bulonga Lyugol eritmasi va natriy
giposulfit qo’shilganda hosil bo’ladi) deyarli chidamli.
Tuxum sarig’ining tuzli a r a r i (TSTA). Muhitning tarkibida natriy xlorid yuqori
konsentrasiyada (8—10%) bo’ladi. Bu esa, stafilokokkning o’sishi uchun to’sqinlik qilmay, balki
muhitni shu mikrob uchun elektiv holatga keltiradi. Muhit lesitovitellaza hosil qiladigan
stafilokokklarni shunday ferment ajratmaydigan stafilokokklardan farq qilishga yordam beradi.
Shu muhitda lesitovitellaza musbat mikrob koloniyalari atrofida sadaf rangli halqa hosil bo’ladi
(ferment tovuq tuxumi sarig’idagi lesitini parchalaydi, shuning uchun eritilgan va 45°S gacha
sovitilgan oziqli, tuzli agarga tuxim sarig’i qo’shiladi).
Differensial-diagnostik muhitlar.
Giss muhiti. 1% li peptonli suvga 0,5% uglevodlardan biri alohida-alohida (glyukoza,
laktoza,, maltoza, mannit va boshqalar) va Andrede indikatori (NaOH ning 1 n. eritmasidagi
nordon fuksin) qo’shiladi.. So’ngra probirkalarga quyilib, ichiga po’kak (uzunligi 3 sm bo’lgan
102
shisha naycha, uning bir tomoni berk) solinadi. Po’kak shisha naycha uglevodlarning
parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan gazsimon mahsulotlarni yig’ish maqsadida solinadi.
Oquvchan bug’ yoki 0,5 atm bosimidagi bug’ bilan sterillanadi; bunda-po’kak oziqli muhit bilan
to’ladi. Muhit 7,2— 7,4 rN da rangsiz bo’lib, uglevodlar parchalangandan so’ng qizil tusga kiradi.
Sanoatda uglevodli, VR-indikatorli (suvli havorang bo’yoq va rozol kislota aralashmasi)
yarim suyuq muhitlar poroshok shaklida paketlarda ishlab chiqariladi. VR-indikatori neytral
reaksiyali muhitda ranisiz bo’lib, nordon muhitda ko’k, ishqoriy muhitda esa, qizil rangga
aylanadi. Hosil bo’ladigan gaz yarim suyuq agar ustunchasini parchalab yuboradi.
Endo muhiti. Poroshok shaklda paketlarda chiqariladi. U quritilgan oziqli agar, 1 % li
laktoza va indikator –asosiy fuksin, rangsizlantirilgan natriy sulfitdan tashkil topgan.
Ishlatishdan oldin ma’lum miqdordagi poroshok distillangan suvga solinadi, qaynatiladi, so’ngra
Petri kosachalariga quyiladi. Yangi tayyorlangan muhit rangsiz yoki oq pushti rangli bo’ladi.
Laktoza musbat bakteriyalarning koloniyalari metallga o’xshab yaltiraydigan, to’q-qizil
rangga bo’yaladi; laktozomanfiy bakteriyalar esa, rangsiz koloniyalarni hosil qiladi, chunki fuksin
ma’lum muhitning rN da rangsiz bo’lsa, laktoza parchalanishi natijasida hosil bo’lgan kislota
muhitning rN ni nordon tamonga o’zgartiradi va fuksin natriy sulfitdan ajralib qizaradi, bu esa
bakteriya koloniyasini qizil rangga bo’yalishiga olib keladi.
L ye v i n m u h i t i. Kukun ko’rinishida paketlarda chiqariladi. U quritilgan oziqli agar
bilan laktoza, K2NRO4, metilen ko’ki va eozindan tashkil topgan. Endo muhiti kabi tayyorlanadi.
Muhit to’q-binafsha rangda bo’ladi. Laktoza musbat bakteriyalar to’yingan, havo rangli, laktoza
manfiylar — rangsiz koloniyalarni hosil qiladi.Buning mexanizimi ham Endo muhitidagi kabi
kislota hosil bo’lishiga asoslangan. Laktoza parchalansa muhitning rN nordon tomonga surilish
natijasida muhitning to’q binafsha rangi o’zgarib metilin ko’ki ta’sirida koloniya to’q havo
ranggiga kiradi. Masalan ichburug’ qo’zg’atuvchilari laktozani parchalamaydi, muhit rN
o’zgarmaydi, ularning koloniyalari rangsiz oqimtir bo’ladi, ichak tayoqchasi koloniyasi esa to’q
havo rangiga kiradi
Ploskiryov muhiti (J baktoagari). Quruq holda chiqarilib, laktoza, brilliant yashili, o’t
kislotalar tuzlari, mineral tuzlar va indikator (neytral qizil) oziqli agardan iborat. Bu muhit faqat
differensial-diagnostik bo’lib qolmasdan, balki selektiv hamdir. Chunki u ko’p mikroblarning
(ichak tayoqchasi va boshqalar) o’sishini to’xtatadi va ko’pgina kasal qo’zg’atuvchi bakteriyalar
(ich terlama, paratif, dizenteriya ko’zg’atuvchilar) ning o’sishini ta’minlaydi. Laktoza manfiy
bakteriyalar bu muhitda rangsiz, laktoza musbatlar esa, och qizil koloniyalarni hosil qiladi. Bu
muhitning mehanizimi ham kislota hosil bo’lishga asoslangan.
1. Materiallarni Drigalskiy usuli bilan shpatelda ekish. Oziqli muhitli 3 ta Petri
kosachasi olinadi. Birinchi kosachaga bir tomchi tekshirilayotgan materialdan tomiziladi va uni
sterillangan shisha shpatel bilan kosacha ichidagi oziqli agar yuzasiga surkaladi. Kiyin shpatelda
qolgan kulturani ( shpatel sterillanmaydi) ikkinchi va uchunchi kosacha ichidagi oziqli agar
yuzasiga surkab ekib chiqiladi, ekilgan ekma termostatga (37 Sº) qo’yiladi.
Birinchi kosachadagi oziqli agar yuzasida mikroblar qalin o’sishi mumkin, ikkinchi va
ayniqsa uchunchi kosachada aloxida chegaralanib yotgan mikrob koloniyalarini olish va ulardan
toza kultura ajratib olish mumkin.
2. Bakteriologik xalqa qovuzloq /petlya/ bilan shtrix va shpatel bilan gazon usulida
ekish.
Bu usul ham oldingi usullardan prinsipal jihatdan farqlanmaydi, lekin sezilarli tejamli.
Qovuzloq bilan shtrix usulida ekishni bir necha modifikasiyalari mavjud (Ekish texnikasiga
qaralsin). Birinchi xolatda qovuzloq bilan olingan material oziqli agar yuzasining bir chekkasiga
ko’p marotiba surkab ekiladi, qovuzloqdagi ko’p material shu yerda qoladi, sungra muhitning
qolgan qismiga bir-biriga paralel shtrix qilib ekib chiqiladi. Odatda birinchi qovuzloq bilan qalin
ekilgan sohada mikroblar ko’p o’sadi, ularning miqdori kiyin ekilgan shtirx bo’ylab kamayib
boradi, tabiyiki koloniyalar ham ekmani ohirrog’ida chegaralangan holda uchraydi. ( 22-rasm).
Ikkinchi xolatda qovuzloq bilan olingan materialni oziqli agar yuzasiga sektor usulida ekish
mumkin. Buning uchun Petri kosachasi oziqli muhit bilan olinadi va uni 4 sektorga bo’linadi.
Tekshirilayotgan material qovuzloq bilan birinchi sektorga olinadi va bir-biriga paralllel ravishda
shtrix qilib sektorga ekiladi (chiziqlar orasi 0,5 mm atrofida bo’ladi), shu qovuzloq bilan boshqa
103
sektorlarga ham ekib chiqiladi, ekilgan ekma termostatga (37 Sº) qo’yiladi.
Расм 23. Серияли суюлтириш усули билан экиш
3.1-rasm
4. Tekshirilayotgan materialni seriyali suyultirish usuli bilan ekish. Bu usulda sof
kultura ajratib olishdan tashqari tekshirilayotgan materialda mikroorganizimlarning miqdoriy
ko’rsatkichlari ham aniqlanadi (23-rasm ). Dastlab steril probirkalar olinadi va har biriga 9,0 ml
steril fiziologik eritma yoki steril suv olinadi va asosiy materialdan 1.0 ml olinib 1:10, 1:100,
1:1000, 1:10000 ( tekshirilayotgan materialga qarab yanada ko’proq suyultirish ham mumkin)
nisbatda suyultiriladi. Tayyorlangan probirkalardan belgilangan pipetka yordamida 0,1 ml
material olinib oziqli agar yuzasiga tomiziladi va shpatel bilan surkab gazon usulida ekiladi va
termostatga (37 Sº) qo’yiladi.Tekshirilayotgan materaldan umumiy mikroblar soni (UMS)
quyidagi formula orqali aniqlash mumkin UMS= AxVxS.
A- probirkadagi suyultirish darajasi;
V- 0,1 ekilgan ekma
S- oziqli agar yuzasida o’sgan mikroblar soni
Mikroorganizmlarni biologik xususiyatlariga asoslangan ajratish usular.
Shukevich usuli. Amaliyotda Proteya bakteriyasining sof kulturasini (Proteus vulgparis)
ajratib olishda, uning oziqli muhitda «yoyilib» o’sish xususiyatidan foydalaniladi.Buning uchun
tekshirilayotgan materialdan qovuzloq bilan yangi tayyorlangan qiyshiq agarni kondensasion
suviga ekiladi va termostatga (37 Sº) qo’yiladi.Proteya bakteriyalari oziqli muhitda o’rmalab
o’sish xususiyatiga ega va kiyingi kunda qiyshiq agarni yuqori qismiga o’rmalab o’sib chiqadi,
uning yuqori qismidagi kulturasidan olinib, toza kultura ajratib olish mumkin.
Qizdirish usuli bilan toza kultura ajratib olish. Spora hosil qiluvchi bakteriyalarni ajratib
olishda qo’laniladi. Bu usulda spora hosil qilmaydigan, ammo qo’shilib qolgan
mikroorganizmlarni vegitativ formasini yo’q qilish uchun, tekshiriladigan material 80°S da
qizdiriladi yoki qisqa vaqt davomida qaynatiladi. Bu holatda mikroorganizmning sporasi saqlanib
qoladi va qizdirilgan materialni oziqa muhitiga ekilganda, agar u shu turga mansub bo’lsa,
bakteriyaning sof kulturasini tashkil qilgan holda o’sib chiqadi.
Bakteriostatik usul (Ingibisiya usuli). Mikroorganizmlarni o’sishiga turli kimyoviy
moddalar va antibiotiklar va turli omillarni ta’sir qilishiga asoslangan. Tekshirilayotgan
materialni oziqli muhitga ekishda, asosiy mikrobning ko’payishiga ta’sir ko’rsatmaydigan
ammo
tashqi mikrofloraning ko’payishini, o’sishini to’xtatadigan temperaturada o’stiriladi. Masalan,
aktinomisitlar, iersiniya bakteriyasining sof kulturasini ajratib olish uchun, ekilgan material 22°S
temperaturada o’stiriladi. Ko’pchilik boshqa bakteriyalar bu haroratda ularni o’sishi sustlashadi.
Ikkinchi holatda oziqli muhitga, begona bakteriyalarning ko’payishini to’xtatadigan, ammo
tekshirilayotgan mikrobga ta’sir qilmaydigan aniq konsentrasiyada ma’lum antibiotiklar qo’shish
mumkin. Ko’k yo’tal qo’zg’atuvchisini ajratib olishda Kozeinli ko’mirli agarga (KKA) penisillin
antibiotigi qo’shiladi. Penisilin Gram manfiy ko’k yo’tal qo’zg’atuvchisiga ta’sir ko’rsatmaydi,
lekin gram musbat qo’shimcha gram musbat bakteriyalarni o’sishini to’xtatib qo’yadi.
104
3.2-rasm
Kislotaga chidamli bakteriyalarni toza kulturasini ajratib olishda, tekshirilayotgan material 5
% sulfat kislota bilan ishlov beriladi, kislotaga chidamsiz qo’shimcha floralar hammasi o’lib
ketadi, kislotaga chidamli bakteriyalar saqlanib qoladi, kiyin oziqli muhitlarga ekilganda ular
yaxshi o’sadi. Bu usuldan sil tayoqchasini sof kulturasini ajratib olishda keng qo’llaniladi.
Boyituvchi usul (metod obogasheniya). Tekshiriluvchi material bakteriyalar uchun elektiv
muhitlarga ekiladi bu muhitlarda ma’lum bir bakteriyalar yaxshi o’sa oladi. Masalan
stafilokokklar natriy xlor tuzining yuqori konsentrasiyasi bo’lgan (10-15%) muhitda, vabo
vibrionlari esa ishqoriy muhitda yaxshi o’sadi, qo’shimcha florani o’sishi to’xtab qoladi yoki
suslashadi.
Bakteriyalarni sof kulturasini biologik usullar bilan ajratib olish. Ko’pgina patogen
bakteriyalarni saprofitlardan ajratib olishda qo’laniladi. Amaliyotda ba’zi bakteriyalarni ajratib
olishda qiyinchiliklar tug’iladi, ya’ni tekshirilayotgan materialda izlanilayotgan bakteriyani
miqdori juda kam bo’lishi, yoki hayvonlarni o’ligini tekshirilgangda (o’latda), chirituvchi
bakteiyalarni ko’payib ketganligi, materialni laboratoriyaga yetkazib berish vaqtini cho’zilib
ketishi, bakteriyalarni sof kulturasini ajratib olish extimolini kamaytirib yuboradi. Bunday
xollarda biologik usul muhim ahamiyat kasb etadi. Materialni yuqtirish uchun, izlanilayotgan
bakteriyaga sezgir bo’lgan laboratoriya hayvonlari tanlanadi. Masalan pnevmakokk va o’lat
qo’zg’atuvchisi uchun eng sezgir hayvon oq sichqonlar xisoblanadi. Rikketsiyalar uchun esa
kalamush, zahim qo’zg’atuvchisi quyon organizmida yaxshi ko’payadi. Material yuqtirilgan
hayvonda kasallik belgilari ko’rina boshlansa, patologik anatomik tekshiriladi va ularning organ
va to’qimalaridan yuqoridagi usullar yordamida toza kulturasi ajratib olinadi.
Laboratoriya ishini bajarish:
Plastinkali GPA oziq muxitini tayyorlash.
1.
Toza sterillangan shisha kolba tayyorlanadi.
2.
Kolbaga 1 litr distillangan suvga 40 gr GPA kukuni solinadi eritiladi.
3.
rN tekshirib ko’rilib, og’zi paxta-dokali probka bilan berkitiladi.
4.
Avtoklavga qo’yib 10-15 minut davomida 120 ºS da, 0.5 atmosfera bosimida
sterilizasiya qilinadi.
5.
Tayyor bo’lgan oziq muxit sterillangan petri kosachalariga 15-20 ml quyiladi.
6.
Qiyalatilgan oziqli agar tayyorlash uchun, ichiga agar quyilgan probirkalar stol ustida 45
º qiyshaytirilgan holatda qotiriladi.
Havoni sedimentasion usul bilan ekish.
1.
Tayyorlangan plastinkali GPA xonaning ma’lum tanlab olingan joyiga qopqog’i ochib
15-20 minut qoldiriladi.
2.
Belgilangan vaqtdan kiyin kosachani qopqog’i yopilib, ustiga material olingan sana,
soati, gurux nomeri yozib qo’yiladi.
3.
Havo ekilgan GPA termostatga 37ºS ga qo’yiladi.
Bakteriyalarni toza kulturasini ajratib olish maqsadida bemor yiringi va najasini TSTA,
Endo muhitlariga ekish.
1.
Tekshirilayotgan bemor yiringi va najasi yuqorida keltirilgan bakteriyalarni ekish
texnikasi va aerob bakteriyalarni sof kulturasini ajratib olishdagi usullarga amal qilingan xolda
TSTA va Endo muhitlariga ekiladi.
2.
Ekma ekilgan Petri kosachasini qopqog’i yopilib, ustiga material ekilgan sana, soati,
gurux nomeri yozib qo’yiladi.
3.
Ekilgan GPA termostatga 37ºS ga qo’yiladi.
105
Bajarilgan ishlar bo’yicha protokol tuziladi va xulosa yoziladi.
Labaratoriya mashg’uloti 4
Mavzu: Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar
Mashgulot rejasi
1. Turli viruslar va faglarning morfologiyasi, ultra tuzilishini o’rganish.
2. Viruslarni hujayra kulturasida, tovuq embrionida va laboratoriya hayvonlari
organizmida o’stirish.
3. Viruslarni hujayra kulturasi va tovuq embrionida aniqlash (indikasiya) usullari.
4. Viruslarni identifikasiya qilish usullari
5. Tashqiy muhit ob’ektlaridan faglarni ajratib olish usullari.
6. Faglarni aniqlash (indikasiya) usullari
7. Grasiya usuli bo’yicha fagni titirlash
Namoyish qilish
1. Virusologik amaliyotda ishlatiladigan idishlar, asboblar (hujayra kulturasini o’stirish
uchun shisha idishlar, matras, ovoskop, avtomatik titrlashda qo’llaniladigon pipetkalar,
planshetkalar).
2. Chechak vaksinasi virusi morfologiyasini Morozov usuli bilan bo’yalgan preparatlari.
3. Viruslarni saqlanishini taminlaydigan va ko’paytirshda qo’llaniladigan oziq ( 199, Igla,
Xenks, Gidrolizat va bosh.) muhitlar.
4. Oddiy va murakkab virionlar tuzilishini sxema va elektron-mikroskopik fotosuratlari,
rangli surrat, slaydalar.
5. Birlamchi hujayra kulturasi va ularning tayyorlash etaplarining sxemasi.
6. 10-12 kunlik tovuq embrioni va unga patologik materiallarni yuqtirish usullari.
7. Viruslarni indikasiya va identifikasiya qilish usullari.
8. Tashqi muhit ob’ektlaridan faglarni ajratib olish usullari.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1. Hujayra kulturasida va tovuq embrionida viruslarni reproduksiyasini aniqlash (indikasiya).
a) viruslarning hujayraga sitopatik ta’siri bo’yicha.
b) gemagglyutinasiya reaksiyasi yordamida.
2. Rinositoskopik usulda bosma surtma tayyorlab bo’yab ko’rish.
3. Stafilakokk kulturasini fagotipini aniqlash.
Viruslar marfologiyasi va ultura struktura tuzilishi.
Mikroblar olamiga hujayra tuzilishiga ega bo’lgan prokariot va eukariotlardan tashqari
hujayra tuzilish formasiga ega bo’lmagan patogen agentlar ham kiritilgan. Bularga kiradi:
1. Prionlar
2. Virioidlar
3. Viruslar
Prionlar ( ing.so’z proeinaceous infectious partict – oqsilsimon yuqumli bo’lakcha).
Hujayrada normal prion oqsil strukturasi bo’lib (PrP
c
–celluar prion protein) tarkibida nuklin
kislota tutmaydi. Normal prion oqsili nukleazlarga rezistent bo’ladi, lekin proteaz fermentlar
ta’sirida inaktivasiyaga uchraydi. Ularni issiq qonli organizimlardagi (odamda) 20 xromosoma
tarkibidagi prion genomi tamonidan kodlashtirilib, boshqarilib turadi. Uzoq davom etuvchi
mutasiya ta’sirida PrR
c
gen va Pr R
Sc
ishtirokida transformasiyalanib (PrR
c
) normal prion
oqsilidan proteaz fermentlarga chidamli PrR
Sc
(screpie prion protein) patogent agentga aylanadi.
Prion oqsillari boshlang’ich yuqumli agent sifatida (skrepi) tovuqlardan (Kroytsfeldt-Yakoba
kasalligi), katta shoxli qoramollardan (spongiko’rinishdagi ensefalopatiya- sigir qutirishi kasalligi)
ajratib olingan.
Viruslar esa hozirgi kundagi klassifikasiyasiga asosan vira (Vira) podisholigiga kiritilgan.
Viruslar o’ta mayda organizimlar bo’lib, ularda hujayra tuzilishi va oqsil sintez qiluvchi sistemasi
shakillanmagan. Tarkibida bitta tipdagi nuklein kislatasi tutadi (RNK yoki DNK). Qa’tiy obligat
hujayra ichida ko’payuvchi parazitlar hisoblanib, parazitligini genetik darajada amalga oshiradi.
Shuning uchun viruslarni genetik parazitlar ham deb atashadi.
106
Viruslar avtonom genetik strukturalar bo’lib, faqat viruslarga xos bo’lgan bir-biridan
ajralgan (disyunktiv) usul bilan ko’payadi, ya’ni virusni nuklein kislotasi hujayrada alohida sintez
bo’lsa, uning oqsillari boshqa joyda sintez bo’ladi, kiyin ular har bir virus tiplariga xos bo’lgan
joyda (yadroda, yadro membranasida, sitoplazma strukturalarida yoki sitoplazmatik membranada)
yig’iladi.Ularning yig’ilishida nuklein kislota oqsilni tanishi, oqsil-oqsilni tanishi prinsiplari
yotadi.Viruslarning hujayradan tashqarisidagi formasini v i r i o n deb, hujayra ichidagi formasini
esa v i r u s deb yuritiladi.
Viruslarning morfologik va ulturastrukturasini elektron mikroskop yordamida o’rganiladi.
Virionlar o’lchami jihatdan mayda (22-30 nm poliomielit), o’rta (80-120 nm gripp), katta
o’lchamda (00-350 nm chin chechak)
bo’lishi mumkin.Virionlarning shakli ham (rasm 30) turli ko’rinishlarda uchraydi. Shakli
tayoqchasimon ( tamaki bargi virusi), o’qsimon (qutirish virusi), sharsimon (gripp, paragripp,
gepatit V viruslari), ipsimon (flaviviruslar), kuboidal (chin chechak, ospa vaksina)
spermatozoidsimon
(bakteriofaglar) bo’lishi mumkin.
Viruslar genomi gaploid ko’rinishda bo’lib bir tipdagi nuklein kislotadan DNK yoki RNK
iborat, lekin retroviruslarda diploidli genom uchraydi. Virus genomi oltitadan birnecha yuz genlar
tutishi mumkin va ularning nuklein kislotalari – ikki ipli, bir ipli, chiziqli (lineyni), xalqasimon va
fragmentlangan bo’lishi mumkin.
RNK saqlovchi viruslarda faqat musbat ipli (+RNK) genom tutuvchi viruslar uchrab,
infeksion virus deb ham ataladi. Bu viruslarda transkripsiya kuzatilmaydi, virusning RNK si bir
vaqtni o’zida informasion (iRNK) vazifasini ham bajaradi.
Manfiy ipli RNK tutuvchi viruslarda esa RNK genomi faqat nasliy funksiyani bajaradi.
Virionlar tuzilishi jihatdan oddiy (yalang’oya) va murakkab (kiyingan) viruslarga bo’linadi.
Oddiy viruslarga ( shol, gepatit A), murakkab viruslarga (qizamiq, OITV, gepatit V,) kiradi.
Oddiy virionlar nuklein kislota va uni zich o’rab turgan oqsil qobig’i — kapsiddan iborat
(capsa- lotincha bo’lib g’ilof demakdir). Virionlarning kapsidlari o’z navbatida ketma ket keluvchi
subbirliklardan iborat bo’lib ularni kapsomerlar deb ataladi (rasm-31). Kapsomerlarni elektron
mikroskopda ko’rish mumkin, har bir virionlar oilasi uchun kapsomerlarni soni ularga xos
xisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta , pikornoviruslar 60 ta kapsomerlar tutadi. Nuklein
kislotasi va kapsomer o’zaro birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi.
Murakkab virionlarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoproteinli qobiq bilan o’ralgan
bo’lib –superkapsid yoki peplos deb nomlanadi (rasm-31). Superkapsid tarkibida oqsillardan
tashqari, yog’ va uglevodlar lipo -, glikoproteinlar ko’rinishida uchraydi. Ba’zi viruslarda
glikoproteinlar supekapsid tarkibida tikanak ko’rinishida (gripp, pargripp viruslarda) bo’lishi
mumkin superkapsid ostida M, F oqsillar bo’lib, viruslar bilan zararlangan hujayralarning bir-biri
bilan qo’shilib ketishini taminlaydi, bu esa gigant ko’p yadroli simplast hujayralari hosil
bo’lishiga olib keladi va hujayralarning destruksiyasi bilan tugaydi. Bundan tashqari ba’zi viruslar
o’ta murakkab tuzilishlarga ega bo’lib virusning nuklein kislotasi oqsil qobiq bilan o’ralgan, uning
ustidan kapsid o’rab turadi (virus mag’izi), kapsid ustida esa virusni yana bir ichkiy matriks oqsil
qavati (M-qavat) bo’lib u super kapsidga birikib ketadi (OITV), chin chechak virusi tuzilishi esa
prokariot hujayralariga yaqin turadi.
Virionning kapsid kapsomerlari nuklein kislotani tashqi tomondan o’rab turganda ma’lum
simmetriya tiplarini shakllantiradi. Virionlarda uch hil simmetriya tiplari uchraydi: spiralsimon,
kubsimon va aralash.
Dostları ilə paylaş: |