O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


PIKARNOVIRUSLAR OILASI (Picarnoviriadae)



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


PIKARNOVIRUSLAR OILASI (Picarnoviriadae) 
 
 
Pikarnoviruslar oilasi katta guruh viruslardan tashkil topgan bo’lib, odam va hayvon 
organizmini shikastlaydi.  
 
Oilaning nomi –  pico  –  mayda rha –  RNK so’zidan olingan bo’lib, sodda tuzilishga ega 
bo’lgan viruslardir.  
 
Pikarnoviruslar mayda RNK tutuvchi viruslar bo’lib, diametri 24 – 30 nm ni tashkil etadi. 
RNK kapsid bilan o’ralgan bo’lib, ikosaerd shakliga ega. Ularda tashqi qobig‘i, ya’ni superkapsidi 
bo’lmaydi, lipid, karbonsuvlari yo’q, efir va dezoksixalat ta’siriga chidamli.  
 
  
PIKARNOVIRUSLAR OILASI (PICARNOVIRIADAE) 4 TA AVLODNI O’Z ICHIGA OLADI 
 
Enteroviruslar avlodi – Enteroviadae. 
Kardioviruslar avlodi – Cardioviriadae. 
Rinoviruslar avlodi – Rinoviriadae. 
Aftoviruslar avlodi – Aphtoviriadae. 
Enteroviruslar avlodiga poliviruslar, Koksaki, ESNO va gepatit A viruslari kiradi. 
Kardioviruslar avlodiga odamlarda isitmali kasalliklar keltirib chiqaruvchi ensefalomiokaodit 

95 
 
virusi, Rinoviruslarga esa odam, sigir, otlarda yuqori nafas yo’llarida kasallik keltirib chiqaruvchi 
viruslar kiradi. Avtoviruslar avlodiga esa hayvonlarda, ayrim vaqtda odamlarda kasallik keltirib 
chiqaruvchi viruslar kiradi.  
Odamlarda patogen bo’lib, poliomielit, Koksaki virusining A va B guruhi, ESNO, 
entoviruslar va 68 –  72 serotiplarga mansub bo’lgan viruslar –  gepatit A viruslarini o’z ichiga 
oladi. Enteroviruslar avlodiga kiruvchi viruslarni 1969 yilda tiplar bilan belgilangan. Masalan: 
poliomielit viruslar enteroviruslarning 1 – 3 tiplari deb belgilangan. 
Barcha enteroviruslar bir biriga o’zining tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fizikaviy va kimyoviy 
omillarga chidamliligi va boshqa xususiyatlari ham o’xshaydi. Enteroviruslardan poliomielit virusi 
to’liq o’rganilgan.  
POLIOMIELIT VIRUSI 
 
Poliomielit virusi 1909 yilda  K.Landshteyner va E.Popperlar poliomielit bilan kasallanib 
o’lgan bolaning orqa miyasini ajratib oladilar va ula maymunlarga virusni yuqtirib, xaqiqiy 
poliomielit kasalligini chiqardilar. 1994 – yili D.Endryus virusni hujayra to’qimasida ko’payishini 
isbotlaydi.  
Virusni tuzilishi va kimyoviy tarkibi. 
Virusning RNK si bir ipli. Quruq massasining 30% RNK, 70% oqsil tashkil qiladi. RNK 
kapsid bilan qoplangan bo’lib, ikosaedral simmetriyaga ega. Kapsid o’z navbatida 60 ta 
kapsomerlardan iborat. Virusda tashqi  qobig‘ bo’lmaydi. SHuning uchun virus tarkibida lipid va 
karbonsuvlar bo’lmaydi. Virusning kattaligi 17 –  30 nm.ga teng. Virus bo’lakchasining tashqi 
ko’rinishi malina mevasiga o’xshaydi. Virus kapsidi 4 ta (VP
1
, VP
2
, VP
3
, VP
4
) oqsildan tashkil 
topgan. Bu  oqsillar har xil molekulyar massaga ega.  R4 oqsilli virus RNK bilan birikkan holda 
bo’ladi.  
 
Antigen tuzilishi 
Poliomielit virusi antigeniga ko’ra 3 ta serologik tiplarga bo’linadi (I, II, III). Kompliment 
bog‘lovchi antigen 3 ta serotipi uchun umumiy hisoblanadi. Bu serotiplar bir –  biridan antigen 
tuzilishi va ayrim biologik hususiyatlari bilan farq qiladi. Epidemiya vaqtida asosan I tip (65 – 
95%) uchraydi, II va III tiplar esa kamroq, ya’ni 3 – 35% bemorlardan ajratib olinadi.  
Virusning o’stirilishi va reproduksiyasi. 
Poliomielit virusi maymun va odam bo’laklarining birlamchi hujayra kulturasida va 
undiriluvchi Hela hujayra kulturasida, hujayraga patogen ta’sir (XPT) etib ko’payadi. Poliomielit 
viruslarining reproduksiya sikli 5 – 7 soat bo’ladi. Virus hujayraga vipropeksis yo’li bilan kiradi. 
Reproduksiya jarayoni sitoplazmada sodir bo’ladi. Bitta ho’jayin hujayrada 150 ta varion sintez 
qilinadi. Varion kapsiddan ozod bo’lganidan so’ng, replikativ shakldagi RNK hosil bo’lib, u RNK 
va varion RNK larining sintezi uchun matn bo’ladi. So’ng yagona yirik polipeptid hosil bo’ladi. 
Bu polipeptid proteolitik fermentlar yordamida bir necha bo’laklarga parchalanadi. SHu 
bo’lakchalarning bir qismida kapsomerlar, ularda kapsid, ikkinchi qismidan ichki oqsillar uchinchi 
qismida esa virion fermentlar (RNK – transkriptaza va proteaza) hosil bo’ladi. Keyin har bir moyil 
hujayrada bir qancha virion paydo bo’lib, hujayrani lizis qilib tashqariga chiqadi.  
CHidamliligi. 
Poliovirus 0 temperaturada suvda va najasda yuqish aktivligi 1 oygacha saqlanadi. Virus 
steril suvda uy haroratida 100 kungacha, sutda 90 kungacha, ochiq suv havzalarida bir necha oy 
saqlanadi. 50
0
S temperaturada 30 daqiqadan so’ng aktivligini yo’qotadi, - 20
0
S temperaturada esa 
yillab yuqish aktivligini yo’qotmaydi. Poliovirus 0,5 – 1% fenol eritmasi chidamlik, xlorli oxak, 
xloramin, formalin eritmalari va vodorod angidridi ta’sirida o’z faolligini yo’qotadi. 
Odamlarda kasallikning patogenezi 
Kasallikni manbai bo’lib, bemor odam yoki virus tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik havo 
tomchi, fekal, oral yo’llari bilan yuqadi. Virus og‘iz bo’shlig‘i, burun halqumlarining shilliq qavati 
epitelial hujayralarida reproduksiyalanadi. Birlamchi virus reproduksiyasi ingichka ichakni shilliq 
qavati va Peyer blyashkalarida ham ro’y beradi. Virus limfa sistemasidan qonga o’tib, MNS – ga 
boradi va periferik nerv aksonlariga pastki harakat neyronlarining tolalari bo’ylab tarqaladi. Virus 

96 
 
bosh miya va orqa miyani shikastlaydi. Orqa miyani oldingi shoxlaridagi hujayralar juda ham 
virusga sezgir bo’ladi, shuning uchun ushbu hujayralarning shikastlanishi falajlikka olib keladi.  
Klinik belgilari paydo bo’lganiga qadar bemorning burun, halqumi va najasidan virusni 
ajratib olish mumkin. Kasallik 4 – xil klinik shaklda kechadi.  
Klinik simptomlari rivojlanmagan shakli.   Kasallikning engil falajsiz shakli.Aseptik meningit 
shakli.   Falajlik shakli.Kasallikning yashirin davri 7 –  14 kun, ayrim hollarda 3 – 35 kun blishi 
mumkin. Poliomielit virusining 3 ta serotipi axoli orasida tarqalgan. Poliomielit bilan asosan 4 
oylikdan 5 oygacha bo’lgan bolalar kasallanadi va kattalar ham kasallanishi mumkin. Kasallik 
ko’proq kuz oylarida uchraydi. Kasallikning og‘ir kechishi, bemor organizmining holatiga va 
uning irsiyatiga bog‘liq.  
IMMUNITETI:  Poliomielitdan so’ng turg‘un, uzoq muddatli immunitet hosil bo’ladi. 
Virusning boshqa tipi yuqishi natijasida qayta kasallanishi mumkin. Virusning neytrallovchi 
antitelalar va sekretor immunoglobulin A hosil bo’ladi. Onadan o’tgan immunitet bolada 3 –  6 
haftagacha saqlanishi mumkin. Immunitet gumoral tipda xos bo’ladi. 
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun bemordan najas, burun 
halqumidan suyuqlik olinadi. Murdadan esa, bosh va orqa miya, muskullar ichak devori va boshqa 
a’zolar olinadi.  
Poliomielit  virusi Koksaki va ESNO viruslaridan farqli o’laroq, orqa miya suyuqligida 
kam uchraydi. Bakteriya mikroflorasini o’ldirish maqsadida tekshiriluv materiallarda antibiotiklar 
qo’shib, ulardan suspenziya tayyorlanadi. Ularni maymun, odam embrioni buyraklarining hujayra 
kulturasiga va odam amnioni hujayra kulturalariga yuklatiladi. Bu hujayra kulturalarida virus 
reproduksiyalanadi (XPT etadi) va tipga xos zardoblar yordamida hujayra kulturasidan 
neytralizatsiya reaksiyasini qo’yib, viruslar idintifikatsiya qilinadi.  
Poliomielit kasalligida bemor qonida komplement bog‘lovchi va viruslarni neytrallovchi 
antitelalar paydo bo’ladi. Ularning titri kasallikning dinamikasida ortib boradi. SHu sababli 
bemordan juft zardoblar olinib KBR va neytrallash reaksiyalarini quyib, diagnoz qo’yiladi.          
PROFILAKTIKASI:  Poliomielit maxsus profilaktikasi 1954 yil Amerikada boshlangan 
bo’lib, Amerikalik virusolog Dj. Solk formalin yordamida 1, 2, 3 tiplaridan undirilgan vaksina 
tayyorlanadi. Bu vaksina organizmda yuqori immunogenlik hususiyatiga ega bo’lib, antitelalarni 
hosil qiladi. Ammo bu vaksina ichak shilliq qavat hujayralaridagi virusning ko’payishiga 
to’sqinlik qila olmaydi. Bu vaksina muskul orasiga yuboriladi.  
A.Sebinning virusning kuchsizlantirilgan shtammidan tayyorlangan tirik vaksinasi 
yuqorilardagidan tashqari yana sekretor me’da ichak sistemasi, ayniqsa ingichka ichakning shilliq 
qavatlarida ko’payib gumoral va sekretor A antitelalarni hosil qiladi. SHu bilan ichakda virulentlik 
polivirusni ko’payishiga to’sqinlik qiladi.  
Ushbu vaksinani ishlab chiqarish texnologiyasi sobiq sovet virusologlari A.A.Smorodinsev 
va M.B.CHumakovlar tomonidan yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu vaksina 85 –  95% emlangan 
bolalarda immunitet hosil qiladi. Vaksina draje va suyuq holda chiqariladi va og‘iz orqali 
yuboriladi.  
Maxsus passiv profilaktika 7 yoshgacha bemor bilan muloqotda bo’lgan bolalarga hamda 
o’smirlarga immunoglobulin, ota –  onalarning qonini quyish, sog‘lom odamlarning zardoblarini 
quyish bilan amalga oshiriladi. Polimielitga qarshi bolalarni yoppasiga emlash kasallikni 
epidemiya shaklida tarqalishini yo’q qiladi. Ushbu qoidaga amal qilib barcha bolalarni o’z vaqtida 
yoppasiga emlansa bu kasallikni yo’q qilish mumkin
17

DAVOLASH:  Bemorlarga immunoglobulin yuboriladi. Simptomlariga ko’ra davolanadi. 
Muskullarning tortishib qolishiga qarshi dorilar beriladi.        
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
                                                            
17
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

97 
 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
 
2.LABORATORIYA MASHG‘ULOTLAR UCHUN MATERIALLARI 
 
  
 
Labaratoriya mashg’uloti 2 
Mavzu: Mikroorganizmlar morfologiyasi, strukturasi, bakteriyalarning kimyoviy 
tarkibi.Murakkab bo’yash usullari va axamiyati 
Bakteriyalar  —  bir hujayrali mikroorganizmlardir. Ular turli shaklda bo’lib, murakkab 
tuzilishga ega, bu esa ular faoliyatining turli-tumanligini belgilaydi. Bakteriyalarni asosan to’rt 
shakli tafovut qilinadi: sharsimon, tayoqchasimon, burama shaklli va ipsimon  
Sharsimon bakteriyalar  —  k o k k l a r (yunoncha coccus-  don, mag’iz degan so’zdan 
olingan). bo’linish sathi va har bir  hujayraning surtmada joylashishiga ko’ra kokklar bir-biridan 
farq qiladi. 
1. Aohida-alohida joylashgan kokklarni mikrokokklar deb ataladi, saprofit kasallik keltirib 
chiqarmaydi ( rasm-9). 
1
2
3
4
5
6
7
8
Расм 9. Шарсимон бактерия-
ларнинг асосий формалари: 1 –
микрококклар; 2,3,4 – дипло-
кокклар; 5 – тетракокклар; 6 –
c
арцинлар; 7– cтафилококклар; 
8-
стрептококклар

 
2.1-rasm 
2. Diplokokklar – surtmada juft- juft bo’lib joylashgan kokklar. Diplokoklar orasida odamda 
uchrovchi har xil kasalliklarning qo’zg’atuvchilari (pnevmokokklar, gonogokklar, 
meningokokklar) bor. 
3. Streptokokklar –  bo’lingandan keyin bir-biridan ajralib ketmasdan, zanjirsimon 
joylashgan kokklar. Bularning vakillarining ko’pchiligi odam uchun patogen hisoblanadi. 
4. Stafilokokk (uzum shingiliga o’xshab joylashgan). Bo’linishi muayyan tartib bilan 
bormaydigan bo’lsa, u vaqtda kokklar birgalikda qolaveradi va uzum shingiliga o’xshash 
to’plamlar hosil qiladi.Odam uchun patogen turlari mavjud. 
5  Tetrakokklar (to’rtta-to’rtta bo’lib joylashgan kokklar) bir-biriga tik ikki tekislikda 
bo’linganda to’rta kokkdan iborat bo’lib joylashadi. Odam uchun patogen emas. 
6.Sarsinalar (8 yoki 16 ta kokklardai tashkil topgan to’plamlar) bir-biriga tik uchta tekislikda 
bo’linganda kubchalar ko’rinishini eslatadigan kokkdan iborat bo’lib joylashadi. Odam uchun 
patogen emas. 

98 
 
Bakteriyalarni morfologiyasini o’ganish. Buning uchun bakteriyalar kulturalaridan tirik 
preparatlar, yopishtirilgan surtmalar tayyorlanib, anilin bo’yoqlari bilan bo’yaladi va mikroskopda 
ko’riladi.  
Metodik ko’rsatmalar 
Mikroskop yordamida tekshirish uchun preparatlar tayyorlash. 
Tekshirish uchun materialning olinishi. Preparat tayyorlash uchun probirka, kolba yoki 
Petri kosachasidan bakteriologik  qovuzloq yoki steril pipetka orqali tekshiriladigan material 
olinadi. Ayrim hollarda bu maqsadda preparovka ignalari ham ishlatiladi. Bakterial kulturali 
probirka chap qo’lga, bakteriologik qovuzloq esa, o’ng qo’lga olinadi. Qovuzloq gorelka 
alangasida qizargunga qadar qizdiriladi. Paxtali probka probirkadan o’ng  qo’lning IV, V 
barmoqlari bilan kaftga siqib burab, chiqarib olinadi va probirka og’zining chetlari alangada biroz 
qizdiriladi. Qovuzloq asta-sekin probirka ichiga kiritiladi, ichki devoriga tekkizib sovitiladi, so’ng 
asta harakat qilib material olinadi. Shundan keyin yana probirka chetlari qizdiriladi va probka 
bilan berkitiladi. Preparat tayyorlangandan so’ng, qovuzloq albatta gorelka alangasida qizdirilishi 
(sterillash) lozim. Suyuq materialni probirka yoki kolbadan pipetka orqali olish mumkin, bunda 
pipetka o’ng qo’lda ushlanadi va pipetka teshigi II barmoq bilan berkitib turiladi. 
Surtma tayyorlab ko’rish etaplari 
1. Surtma tayyorlash. 
2. Quritish 
3. Fiksasiya (qotirish) qilish 
4. Bo’yash 
5. Mikroskopda ko’rish. 
Ish tartibi. Surtma tayyorlash uchun buyum oynasi yog’sizlantiriladi ( spirtovka 
alangasida), mikrob kulturasi qovuzloq bilan olinib ( mikrob kulturasi agarda o’sgan bo’lsa steril 
fiziologik eritma bilan) buyum oynasiga surtma tayyorlanadi. Surtma yupqa 10 so’mli tangaday 
bo’lishi kerak. Material aynan shunday taqsimlangandagina yakka-yakka joylashgan  bakterial 
hujayralarni ko’rish mumkin. Agar tekshirilayotgan material suyuq muhitda bo’lsa, u holda uni 
qovuzloq bilan to’g’ridan-to’g’ri buyum oynasiga tomiziladi va surtma tayyorlanadi 
Quritish- surtmalar havoda yoki iliq havo oqimida gorelka alangasi ustida quritiladi. 
Fiksasiya qilish- surtmani qotirish uchun buyum oynasi (surtmani yuqoriga qaratgan holda) 
3 marta asta-sekin (3 sekund davomida) gorelka alangasidan o’tkaziladi. Ayrim hollarda qon 
surtmasi, a’zo va to’qimalar surtma tamg’alari, mikroorganizm kulturalaridan tayyorlangan 
surtmalar 5—20 min metil yoki etil spirti, Nikiforov aralashmasi, sulemali spirt yoki boshqa 
fiksasiya qiladigan suyuqliklarga solinadi va fiksasiya qilinadi. Mikroorganizmlar fiksasiya 
qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq birikkan holda o’ladi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi. 
 
Fiksasiyadan maqsad-  mikroorganizmlar fiksasiya qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq 
birikkan holda o’ldiriladi, zararsizlanadi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi va o’lgan 
bakteriyalar yaxshi bo’yaladi. Fiksasiyada ro’y beruvchi xatoliklar. Agar buyum oynasini 
yuqorida ko’rsatilgandan ko’proq qizdirilsa, hujayralarning tuzilishi keskin o’zgarib ketadi. 
Surtmani bo’yashda 2 xil oddiy va murakkab usullardan foydalaniladi. Oddiy usulda faqat 
bitta bo’yoq qo’llaniladi, murakkab bo’yashda esa bir necha bo’yoqlar qo’llanilishi mumkin.  
Oddiy usul.  Fiksasiyalangan surtma birgina bo’yoq bilan bo’yaladi, masalan, fuksinning 
suvli aritmasi (1—2 min) yoki metilen ko’kining eritmasi bilan (3—5 min) bo’yaladi, so’ng suv 
bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida immersion sistemada ko’riladi.  
 
Labaratoriya mashg’uloti 3 
Mavzu:  Mikroorganizmlar fiziologiyasi: ozik muxitlari, ularning klassifikasiyasi.nafas olishi, 
o’sishi va  ko’payishi. Aerob va anaerob bakteriyalarni sof kulturasi. 
Sterilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika.Antibiotiklar, ularning klassifikasiyasi. 
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniklash usullari. 
Bakteriyalar fiziologiyasini o’rganish bakteriyalarning oziq-ovqatga extiyojini, plastik va 
energetik metabolizmda qatnashuvchi fermentlarini aniqlash, qattik, suyuq, va yarim suyuq oziqli 
muhitlarda o’sishi va ko’payishini tekshirishdan iborat. Turli mikroorganizmlar metabolizmidagi 

99 
 
umumiy qonuniyatlar energitik va konstruktiv metobalizmda turga xos belgilar, o’zgarish usullari 
va yo’llaridagi jiddiy  farqlar bilan birga kechadi. Mikroorganizmlarni bir-biridan ajratish va 
identifikasiya qilish shularga asoslangan bo’lib, yuqumli kasalliklar mikrobiologik diagnostikasida 
muhim bosqichlardan hisoblanadi.  
Bakteriyalar metabolizmini o’rganish faqat amaliy  ahamiyatga ega bo’lib qolmay, balki 
biokimyoviy va irsiy axborotga javobgar    gen tiplarining    mexanizmlarini va ularni amalga 
oshirish yo’llarini, oqsil sintezidagi boshqaruv sistemasini va mikrob hujayrasida sodir bo’ladigan 
boshqa jarayonlarni bilish uchun juda keng istiqbollar ochib berdi. 
Mashg’ulot rejasi:  
1.  Oziqli muhitlarni tayyorlash usuli. 
2.  Oziqli muhitlar va ularni    tayyorlash uchun kerakli ingredientlar. 
3. Oziqli muhitlarga aerob sharoitda birlamchi patologik materiallarni ekish usullari
Namoyish qilish. 
1.   Oziqli  muhitlarni  tayyorlash uchun ishlatiladigan  ingredientlar. 
2.   Oziqli  muhitlarni  tayyorlash etaplarini o’quv laboratoriyasida ko’rish. 
3.   Asosiy,  differensial-diagnostik,    elektiv,  sun’ii    oziqli muhitlar ularni tayyorlash 
etaplari. 
4.   Kukun yoki pastadan oziqli muhit tayyorlash. 
5.   Oziqli muhitlarga qo’yiladigan talablar bilan tanishish. 
6.   Oziqli bulonning rN ni aniqlash. 
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq 
1.   Petri kosachasiga go’shtli peptonli plastinkali agar tayyorlash. 
2.  Tayyorlangan go’shtli peptonli plastinkali agarga havodan (sedimintasion) cho’ktirish 
usuli bilan ekish 
3.  Bakteriya sof kulturasini ajratib olish maqsadida bemor yiringini sut qo’shilgan tuzli agar 
(SQTA) ga ekish. 
4.  Bemor najasidan  Endo muhitiga ekish. 
 
Oziqli muhitlar 
Mikrobiologik amaliyotda bakteriya yoki boshqa mikroorganizmlarni laboratoriya va ishlab 
chiqarish sharoitida ko’paytirish uchun qo’llaniladigan, turli tarkibli murakkab yoki oddiy 
birikmalardan tashkil topgan muhitga oziqli muhit deb ataladi. 
Oziqli muhitlarga qo’yiladigan talablar: 
1.Tarkibi (asosiy xususiyalaridan biri) –  ma’lum mikroorganizmlar-ning ko’payishi uchun 
barcha kerakli moddalar tutishi (azot va uglerodni universal manbasi oqsil gidrolizati, peptid va 
peptonlar, vitamin va mikroelementlarning manbasi o’simlik, xayvon oqsillari) kerak; 
2. Oziq moddalarni bakteriyalar oson o’zlashtirishlari zarur; 
3. Qulay namlik, yopishqoqlik va har bir bakteriyalarga hos  rN ga ega bo’lishi; 
4. Izotonik holatda tiniq bo’lishi kerak; 
5. Har bir muhit albatta sterillangan bo’lishi kerak. 
Tarkibi bo’yicha oqsilli, oqsilsiz va mineral oziqli muhitlar ishlatiladi. 
Oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab bo’linadi-  t a b i i y  va  
s u n ‘ i y. Tabiiy muhitlar xayvonlar mahsuloti (qon, zardob, o’t sapro, mol gushti, tuxum va 
bosh.) va  o’simliklardan ( meva va sabzavotlar) olinadi. Sun’iy muhitlar esa yuqoridagi 
moddalardan olingan mahsulotlardan (pepton, aminopeptid, achitqi uglevodlar va jo’xori 
ekstraktlari) tayyorlanadi. 
Oziqli muhitda o’stiruvchi omillarning borligi katta ahamiyatga ega. Ular metabolik 
jarayonlarda katalizator vazifasini bajaradi, asosan V gruppa vitaminlari, nikotin kislota va 
boshqalar shular qatoriga kiradi. 
Yu m sh o q – q a t t i q l i g i g a (konsistensiyasiga) ko’ra oziqli muhitlar qattiq, suyuq va 
yarim suyuq bo’ladi. Qattiq muhitlar suyuq muhitga 1,5—2%  arap,  yarim suyuq muhitga 0,3—
0,7% agar qo’shish natijasida tayyorlanadi. Agar —  maxsus dengiz o’simligini qayta ishlash 
natijasida hosil bo’lgan mahsulot bo’lib u qotirilsa, muhitni qattiq holatga keltiradi. Agar 80—
86°S da eriydi, 40°S da qotadi. Ayrim  hollarda qattiq oziqli muhitlarni olish uchun (10—15%) 

100 
 
jelatin ishlatiladi. Tabiiy muhitlar, ivitilgan qon zardobi, tuxum oksili o’z-o’zidan qattiq holatda 
bo’ladi. 
Bakteriologiya amaliyotida ko’pincha quruq oziqli muhitlardan foydalaniladi. Ular sanoat 
ko’lamida oziq-ovqat  uchun ishlatilmaydigan mahsulotlarning arzon gidrolizatlaridan (baliq 
chiqindilari, go’sht-suyak uni, -texnik kazein) va oziqli agardan tayyorlanadi. Quruq muhitlarni 
uzoq vaqt saqlash mumkin,  ularni  transportda   yuborish ham qulay, negaki tarkibi standart,    
o’zgarmagan holda saqlanadi. 
Oziqli muhitlar qo’llanilishi va nima maqsadda ishlatilishiga ko’ra  saqlab  turuvchi, 
(konserviruyuщie)  ko’paytiruvchi  (obogasheniya)  asosiy,  elektiv,  maxsus  va  differensial-
diagnostik turlarga bo’linadi. 
Saqlab turovchi muhitlar. Patogen bakteryalarni saqlanishini taminlaydi va saprofitlarni 
ko’payishini to’xtatishi mumkin. Amaliyotda gliserin aralashmasi (Tiga muhiti), gipertonik 
eritma, gliserinli konservant va dezoksixolat natriy va bosh. qo’laniladi. Bu muhitlar asosan 
bakteriyalarni ma’lum mutdatda saqlash va laboratoriyaga yetkazib borishda ishlatiladi. 
Ko’paytirovchi muhitlar.  Ma’lum guruh bakteriyalarni ko’paytirib olishda qo’llaniladi va 
birlamchi ekishda ishlatiladi. Masalan bularga (Myuller, Kitta –Tarossi, tioglikolli muhitlar va 
selenitli bulon) kiradi. 
Asosiy muhitlar. Bu muhitlar ko’pgina bakteriyalarni o’stirish uchun qo’llaniladi. Bular 
baliq mahsulotlarining triptik gidrolizatlari, gusht bulonlari yoki kazeinlar bo’lib, ulardan suyuq 
muhit  —  oziqli bulon va qattiq oziqli agar tayyorlanadi. Bunday muhitlar boshqa murakkab 
muhitlarni tayyorlash uchun asos bo’ladi. Ko’rsatilgan muhitlar qandli, qonli, zardobli va boshqa 
patogen bakteriyalarni oziqli muhitga talabini qondira oladigan aralash muhitlar tayyorlashda 
ishlatiladi. Ayrim hollarda muhitning asosi sifatida ma’lum mineral tuzlardan tayyorlangan sun’iy 
muhitlar  ishlatilib, ularga aminokislotalar, vitaminlar, glyukoza,  pepton, jo’xori yoki achitqi 
ekstrakti va boshda oziqli moddalar qo’shiladi. 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin