13-modda. Dori vositalarini sotish
Dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotiladi.
Dorixonalar ishi dorixona amaliyoti uchun xos bo‘lgan standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Dorixonalar ishini boshqarish oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega shaxslargagina ruxsat etiladi.
Barcha dorixona muassasalari sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob berishi lozim.
Qalbakilashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Sifatsiz dori vositalarini realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
(13-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Dorixonalarning farmatsevtika faoliyatini nazorat qilishni davlatning vakolatli organlari amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-maydagi 181-sonli qaroriga asosan dorixonalarning farmatsevtika faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiyot texnikalarini sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |