O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


-modda. Dori vositalarini eksport va import qilish tartibi



Yüklə 83,58 Kb.
səhifə13/25
tarix02.01.2022
ölçüsü83,58 Kb.
#43729
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Drajelar va ularni ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish

14-modda. Dori vositalarini eksport va import qilish tartibi

O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini, tibbiy buyumlarni eksport va import qilishning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan yagona tartibi amal qiladi.



Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 307-sonli qarori.

Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilish taqiqlanadi.



(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)

15-modda. Tibbiyot muassasalarining dori vositalarining qo‘shimcha salbiy ta’siri to‘g‘risida xabardor qilish borasidagi majburiyati

Davolash-kasallikning oldini olish, dorixona muassasalari hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va qo‘llovchi korxonalar dori vositalarini qo‘llash vaqtida aniqlangan barcha qo‘shimcha ta’sir hollari, shuningdek ilgari kuzatilmagan salbiy ta’sir hollari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilishlari shart.



16-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar haqida axborot berish va ularni reklama qilish

Dori vositalari va tibbiy buyumlar haqida axborot berish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo‘yiladigan tartibda amalga oshiriladi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni reklama qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)


Yüklə 83,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin