O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


-modda. Farmakologik vositalarni klinik sinovlardan o‘tkazish



Yüklə 83,58 Kb.
səhifə9/25
tarix02.01.2022
ölçüsü83,58 Kb.
#43729
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Drajelar va ularni ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish

10-modda. Farmakologik vositalarni klinik sinovlardan o‘tkazish

Farmakologik vositalarning klinik sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda klinika muassasalarida o‘tkaziladi.

Farmakologik vositalarni odamda klinik sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga beriladi.

Qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:

sinovlarda ixtiyoriy qatnashuvchi mijozning roziligi;

klinikada qo‘llashgacha bo‘lgan davrda farmakologik vositalarning xavfsizligi va samaradorligini o‘rganish natijalari;

farmakologik vosita qo‘llanilishidan kutish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ta’sirning xavfi kutilayotgan ijobiy samaradan ancha past bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi.

Sinovlar chog‘ida odatdan tashqari reaksiyalar ro‘y bergan yoki jamiyat uchun yoxud sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozning salomatligi va hayoti uchun xavf-xatar tug‘ilgan taqdirda klinik sinovlar rahbari sinovlarni to‘xtatishi hamda bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilishi shart.

Farmakologik vositalarni sinovdan o‘tkazishni mablag‘ bilan ta’minlash sinalayotgan farmakologik vositani taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.


Yüklə 83,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin