5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
davlat buyurtmasini tuzadi va davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari, tibbiy buyumlarning asosiy turlari mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
(5-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qaralsin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining imtiyozli berilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 21 maydagi PF-212-sonli “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar vrachlarning retsepti bo‘yicha beriladigan dorilar uchun haq to‘lashdan ozod qilinganlar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
laboratoriya, ishlab chiqarish va dorixona amaliyoti uchun xos bo‘lgan standartlarni tasdiqlaydi;
milliy farmakopeyani tasdiqlaydi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati nazorat qilinishini, ular ro‘yxatdan o‘tkazilishi, standartlashtirilishi va sertifikatsiyalanishini ta’minlaydi;
narkotik, zaharli, psixotrop, radiofarmatsevtik (radioaktiv), kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari va etil spirtini sotish, saqlash, hisobga olish, ularning zaxiralarini hosil qilish tartibini belgilaydi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan e’lon qilib boradi;
Dori vositalarining zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni tayyorlash, ishlab chiqarish, olib kelish va sotishni to‘xtatib qo‘yadi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yish (dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi.
(5-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Dostları ilə paylaş: |