O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


-modda. Dori vositalarini ishlab chiqarish



Yüklə 83,58 Kb.
səhifə7/25
tarix02.01.2022
ölçüsü83,58 Kb.
#43729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Drajelar va ularni ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish

7-modda. Dori vositalarini ishlab chiqarish

Dori vositalarini ishlab chiqarish — dori vositalarini ularni ishlab chiqarish hamda sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq ko‘plab hosil qilish, shu jumladan to‘liq texnologik turkum yoki uning ayrim bosqichlari: dori vositalarini sintez (biosintez) qilish, ekstraksiyalash, tozalash, ularga ishlov berish, ularni qadoqlash, idishga joylash-o‘rash va ularni markalash bosqichlari bo‘yicha hosil qilish.

O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalarini, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.

(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)

(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)

Dori vositalari davlat reestridan chiqarilgan taqdirda ishlab chiqarilgan hamda dorixonalar, omborlar va davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida mavjud bo‘lgan mazkur dori vositalarining qoldiqlari masalasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hal qilinadi.

Dori vositalarini yaratish, ularni sinash, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, yo‘q qilishni amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar dori vositalarining sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatga ega bo‘lishlari kerak.

(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)


Yüklə 83,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin