O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Yuqish  mexanizmiga  qarshi  chora-tadbirlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Yuqish  mexanizmiga  qarshi  chora-tadbirlar.  Ich  terlama  epidemik 
o’chog’ida  bemor  gospitalizatsiya  qilinguncha  joriy,  gospitalizatsiya  qilingach, 
yakuniy  dezinfeksiya  qilinadi.  Bemorning  najasi,  kusuq  moddalari  xlorli  ohak 
sepilib, aralashtirilib yuboriladi, 1 kg chiqindiga 200 g. preparat. Siydik xlorli ohak 
bilan  aralashtiriladi  (1l  siydikka  10  g  preparat).  Chiqindilar  bo’lgan  idishlar 
dezinfeksiyalovchi  eritma  bilan  zararsizlantiriladi  (1%  li  xloramin  eritmasi  -  1 
soatga).  Bemorning  idish-tovog’i  ovqat  qoldig’idan  tozalanib,  1  soatga 
dezinfeksiyalovchi  eritmaga  bo’ktiriladi  (1%  li  xloramin  eritmasi).  Ovqat 
qoldiqlari  qaynashidan  boshlab  15  daqiqa  davomida  qaynatiladi  yoki  xlorli  ohak 
bilan aralashtirilib yuboriladi. Kiyimlar 2%li sodali eritmada 15 daqiqa qaynatiladi 
yoki  60  daqiqa  davomida  0,2%li  xloramin  eritmasiga  bo’ktirib  qo’yiladi,  keyin 
yuviladi.  Hovlidagi  axlatlarni,  hojatxona,  axlat  quvurlari  10%  li  xlorli  ohak 
eritmasida 
zararsizlantiriladi. 
Surunkali 
bakteriya 
tashuvchilar 
uylarida 
dezinfeksiya  o’tkaziladi.  Dezinfeksiya  yil  davomida  1  haftada  1  martadan 
o’tkaziladi. Dezinseksiya - apreldan to oktyabrgacha 1 haftada 1 marta o’tkaziladi. 
Dezinfeksiya va dezinseksiya aholi tomonidan amalga oshiriladi. DSENM tegishli 


 
126 
preparatlar bilan ta’minlaydi. 
Aholini  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlashni  yaxshilash,  vodoprovod  yo’q 
joylarda har kuni toza ichimlik suvini tashib keltirish tashkil etiladi, dala joylarda 
suvni qaynatish tashkil etiladi. 
Ochiq  suv  havzalarining  ifloslanishining  oldini  olish  (suv  havzalari  yaqinida 
joylashgan hojatxonalarni yo’qotish), chiqindilar tashlanadigan joylarni yo’qotish, 
chorvachilik  fermalari  chiqindilarini  suvlarga  tushishining  oldini  olish.  Maxsus 
ajratilgan joylarga chiqindilarni yig’ish va zararsizlantirish. 
Surunkali  tashuvchilar  yashaydigan  joylarda  markazlashtirilgan  vodoprovod 
suvlaridan,  ochiq  suv  havzalaridan,  umumiy  ovqatlanish  korxonalaridan, 
maktabgacha  bolalar  muassasalaridan,  maktablardan, uylardagi  suv  tarmoqlaridan 
suv olib har 10 kunda laboratoriya tekshiruvini o’tkazish. 
Mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda aniq dalillarni keltirib, aholi orasida 
gigiyenik tarbiya va sanitariya bilimlarini targ’ibot qilish. Barcha og’rib o’tganlar 
va  surunkali  tashuvchilar  o’zlarini  qanday  tutishlari  haqidagi  eslatma  bilan 
ta’minlanishlari zarur. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin