Ich terlama va paratiflar epidemik o’chog’ida bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar. Muloqotda bo’lganlar bemor
gospitalizatsiya qilinganidan boshlab ich terlamada 21 kun davomida tibbiyot
xodimlari nazoratida bo’ladilar. Paratif bemorlari bilan muloqatda bo’lganlar esa
14 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo’lishadi.
Har kuni ularning tana harorati o’lchanadi, sog’ligi kuzatib turiladi.
Muloqotda bo’lganlarni 1 marta najas bakteriologik va zardob sistein bilan
RPGAda serologik tekshiriladi. Agar qo’zg’atuvchi najasdan bir marta ajratilib
olinsa, tashuvchilik turini aniqlash uchun safro, siydik va najas qaytadan
tekshiriladi. Serologik reaksiya musbat chiqsa, bir martadan najas, siydik va safro
tekshiriladi. Muloqotda bo’lganlarga bakteriofag beriladi. Bakteriofag berishning
birinchi qismi bemor gospitalizatsiya qilinganidan so’ng, ikkinchi qismi uyga
qaytishdan oldin o’tkaziladi (3 kunda 1 marta bakteriofag qabul qili-nadi).
Suv yoki oziq-ovqat orqali kasallik birdan epidemik avj olsa, muloqotda
bo’lganlardan tashqari o’sha hududda yashovchi aholiga ham bakteriofag beriladi.
Bakteriofag och qoringa ovqatlanishdan 2 soat oldin qabul qilinadi. 6 oydan-3
yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 tabletka, 3 yoshdan kattalarga 2 tabletka beriladi.
0,5 % li sodali suv ichib yuboriladi. Bakteriofaglarni qo’llanishiga qarshi
ko’rsatmalar yo’q. Ich terlama va paratif kasalliklari bo’yicha yuqori kasallik
ko’rsatkichiga ega bo’lgan hududlarda mavsumiy ko’tarilishlar davrida surunkali
bakteriya tashuvchilar orasida ham ularning epidemiologik jihatdan xavfini
kamaytirish uchun faglashni o’tkazish maqsadga muvofiqdir.