O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Sanitariya-epidemiologik 
nazorat. 
Malakali  o’tkazilgan  sanitariya-
epidemiologik  tahlil  vaksinaprofilaktikaning  samaradorligi  va  o’tkazilgan 
epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlarni  baholashning  ajralmas  sharti  bo’lib 
hisoblanadi,  bu  tahlil  o’zida  ayrim  kichik  uchastkalarda,  ayniqsa  kasallanish 
bo’yicha ahvol yaxshi bo’lmaganida, suv ta’minoti, kanalizatsiya va aholi yashash 
joylarini chiqindilardan tozalash haqidagi amaldagi ko’rsatmalarni yig’ish va qayta 
ishlashni nazarda tutadi. 
Ich  terlama,  paratif  A  va  V  bo’yicha  oxirgi  besh  yil  ichidagi  kasallanishlar 
alohida-alohida  tahlil  qilinadi  va  kasallanganlarning  yoshi,  jinsi,  kasbi, 
mavsumiylik ko’rsatkichlarini hamda infeksiya manbai va yuqtirish omillarini o’z 
ichiga oladi. 
Har  bir  o’choq  epidemiolog-vrach  tomonidan  tekshiriladi.  REA  natijasida 
aniqlangan xavfli guruhlar o’rtasida (suv omili, oziq-ovqat omillari) immunologik 
nazorat  tekshiruvlari  o’tkazish  mumkin.  Yuzaga  kelgan  avj  olish  hollarida  yoki 
aniqlangan 
kasallanishlar 
ko’rsatkichlarining 
sezilarli 
ko’tarilishlarida 
infeksiyaning  turli  xildagi  omillar  orqali  yuqishini  baholash  lozim,  bunda  har  bir 
omil  ta’sir  etishining  qay  darajada  uchrashi  aniqlanadi,  daryolar,  ariqlar  suvidan 
iste’mol qiluvchilar miqdori (% hisobida), turli taomlarni iste’mol qilish va tegishli 
ravishda kasallanmaganlarning guruhi. 
Yuqish  omillarini  aniqlashda  infeksiya  manbaini  topish  va  bemorlardan 
ajralayotgan  qo’zg’atuvchi  fagotipini  aniqlash  zarur.  Ich  terlama  bilan 
kasallanishning  kamayishida  chora-tadbirlarni  epidemik  jarayonning  barcha 
zvenolariga nisbatan olib borish muhim rol o’ynaydi. Eng asosiy chora-tadbirlarga 
aholini toza, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya-gigiyenik choralar 
kiradi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin