138
1. Salmonellyoz kasalliklari uchragan epidemik o’choqlarda zpidemiologik
tekshiruv o’tkazish. Bunda kasallikning etiologiyasiga e’tibor berish ahamiyatga
ega. Agar kasallikni salmonella tifimurium serologik varianti chaqirgan bo’lsa, u
holda infeksiya manbai odamlar bo’lishi, salmonellyoz antroponoz yo’l bilan
tarqalganlik ehtimoli borligini unutmaslik kerak. Agarda
kasallikni zoonoz sikldagi
salmonellalar chaqirgan bo’lsa, u holda kasallikka sabab bo’lgan yuqtirish
omillarini aniqlash va bu omillarning zararlanish sabablarini aniqlash lozim
bo’ladi. Bu holda epidemik o’choqda hayvonlar, parrandalar yoki kemiruvchilar
bor-yo’qligini aniqlab, bular haqida veterinariya xizmatidagi kishilarga axborot
berish lozim.
Dostları ilə paylaş: