Kasallikning yuqish yo’llariga qarshi o’tkaziladigan chora-tadbirlar Agar bemor uyda qoldirilsa, u holda davolash mobaynida kichik tibbiyot
xodimlari tomonidan kundalik dezinfeksiya ishlari o’tkaziladi. Ovqatdan
tozalangan idish-tovoqlar dezinfeksiya maqsadida 0,5% soda eritmasida 15 minut
qaynatiladi yoki 0,5% xloramin eritmasida 10 minut ushlab turiladi, 150 g.
xloraminga 10 l suv to’g’ri kelishi kerak. Qoldiq ovqat esa 15 minut qaynatilib
so’ng chelakka tashlanadi.
Ust-bosh kiyimlar va yotishga ishlatiladigan choyshablar 0,5% soda eritmasi
qo’llanib 15 minut qaynatiladi yoki 0,5% xloramin eritmasi bilan 30 minut ushlab
turgandan so’ng qaynatiladi va quritiladi.
Plastmassa, yog’och, rezinadan tayyorlangan o’yinchoqlar 0,5% xloramin
eritmasida 30 minut mobaynida ushlab turiladi, matodan tayyorlangan
o’yinchoqlar 0,5% xloramin eritmasi bilan artiladi. Uydagi pollar ham Shu eritma
bilan artiladi. O’tirg’ich-gorshok, taglik - sudno, unitazlar 0,5% xloramin eritmasi
bilan artiladi, 30 minut ushlanadi.
Pashshalarga qarshi chora-tadbirlar uchun uydagi barcha eshik va derazalarga
to’r o’rnatiladi. Bemor uchun ishlatiladigan grelka, termometrlar ham 0,5%
xloramin bilan artiladi.