HBcAg (yadroviy antigen) faqatgina gepatotsitlarda topiladi, u qonda
aniqlanmaydi.
HbcAg ga nisbatan antitelolar (anti-HBc) odatda kasallikning klinik
alomatlari paydo bo’lishi bilan aniqlanadi. Infeksiya yuqqan kishi organizmida eng
avvalo HBcAg ning IgM sinfiga mansub antitelolar (anti-HBc IgM) paydo bo’ladi
va virusning faol replikatsiyasining o’tkir bosqichida anti-HBc IgM ning yuqori
titrda aniqlanishi, ushbu markerning o’tkir B gepatit diagnostikasidagi beqiyos
o’rnini belgilaydi. Keyinroq uning o’rniga HBcAg ning IgG sinfiga mansub
antitelola-ri (anti-HBc IgG) paydo bo’ladi va ular infeksiyaning o’tkir yoki
surunkali shakllarida ham, rekonvalestsentlarda ham aniqlanadi, og’rib o’tganlarda
umrbod saqlanib qoladi.
HBeAg (yuqumlilik antigeni) - eruvchan antigen, yadroviy antigen hosilasi
hisoblanadi, lekin undan antigen strukturasi bo’yicha farq qiladi. O’tkir
infeksiyada HBeAg HBsAg dan keyin paydo bo’lib, anti HBsAg cirkulyaciyasi
oldidan yo’qoladi. Organizmda uning replikaciyasi davom etayotganligidan dalolat
beradi hamda infeksiya manbaining atrofdagilarga xavflilik (yuqumlilik) darajasi