Epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan tadbirlarning sifati va samaradorligini baholovchi belgilar. Kasallik manbaiga qaratilgan tadbirlar
Tadbirlar
Belgilar
Diagnoz qo’yish
Dastlabki va asosiy diagnoz o’rtasidagi
farq
Ajratib qo’yish va shifoxonaga
yotqizish
Ajratib
qo’yilgan
(shifoxonaga
yotqizilgan)
bemorlarning
umumiy
bemorlarga nisbatan ulushi, bemorlarni
ajratib qo’yish (shifoxonaga yotqizish)
muhlatlar bo’yicha taqsimlash.
Davolash
Karantin va observatsiya qilinadigan
joylar va kishilarning to’liqligi. Karantin
va observatsiya qoidalarining buzilishi
yoki buzilmasligi
Deratizatsiya
Deratizatsiya
o’tkazilgan
joylarda
kemiruvchilar sonini kamayishi.
Veterinariya va sanitariya chora-
tadbirlari
Veterinariya va sanitariya holatidan kelib
chiqadigan
rasmiy
chora-tadbirlar
bajarilishining to’liqligi
Yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarining yuqish mexanizmini uzib qo’yish
tadbirlari sanitariya-gigiyena qoidalariga asoslanib bajariladi. Ma’lumki, ular katta
profilaktik ahamiyatga ega. Dezinfeksiya, sterilizatsiya va dezinseksiya (yuqumli
kasalliklarni tarqatuvchi hashoratlarga qarshi kurashish chora-tadbirlari) ham
yuqish mexanizmini uzib qo’yishga qaratilgan tadbirlar bo’lib, ularning
samaradorligi ko’pgina omillarga bog’liq (12-jadval).
Epidemik jarayonning uchinchi zvenosiga qaratilgan chora-tadbirlar bu
profilaktik emlashdir (bunga alohida mavzu bag’ishlanadi).
Parazitar sistemani tashkil qiluvchi, ya’ni "parazit-qo’zg’atuvchi" va "odam-
xo’jayin" populyatsiyasi biologik jihatdan bir xil emas. Bu esa o’z navbatida klinik
38
jihatdan har xil bo’lgan kasalliklarni keltirib chiqaradi va Shu bilan birga epidemik
jarayonning namoyon bo’lishiga ham ma’lum ta’sir ko’rsatadi.
12-jadval