40
qilinmaydigan
Umumiy
Sanitariya-maorifi ishlari
Profilaktik
Laboratoriya tekshiruvlari
Aynan epidemiyaga
qarshi
tadbirlar (epidemiya o’chog’ida)
Ma’lum shart-sharoitdan kelib chiqadi
Aholini epidemiyadan saqlashning asosiy maqsadi: aholi orasida yuqumli
kasalliklar paydo bo’lishining oldini olish, agarda yuqumli kasallik paydo bo’lgan
bo’lsa, unda epidemiya o’chog’ini tezlikda yo’qotish, yuqumli kasalliklarni
kamaytirish va bu kasalliklarning aholi yashaydigan joylarda tarqalishining oldini
olishdir.
13-jadvalda chora-tadbirlarning to’rtta yo’nalishi tasvirlangan. Yuqumli
kasalliklar paydo bo’lishining oldini olish va aholi yashaydigan joylarda epidemik
o’choqni o’z vaqtida yo’qotish, qo’llanadigan chora-tadbirlar epidemik
jarayonning har bir omiliga qaratilishi natijasida erishiladi, buning jami esa
yuqumli kasalliklarning umumiy darajasini kamaytirishga olib keladi.
Chora-tadbirlarning ba’zilarini bajarishda epidemiyaga qarshi vositalar
qo’llaniladi va boshqalari tashkiliy xarakterga ega.
Ayrim chora-tadbirlar yuqumli kasallikning yuqishiga qarshi qaratilgan
bo’lsa, boshqa choralar esa kasallikni yo’qotishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: