O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Bitlash  (pedikulyoz)  odamning  qoni  hisobiga  kechadigan  o’ziga  xos 
parazitlik hodisasidir. Bitlashniig asosiy belgilari: 
1.  Qichish, qichinish, ba’zilarda allergiya belgilari bo’lishi. 
2. Bitlarning tinmay chaqishi hamda ularning teriga ta’siri natijasida terining 
dag’allashishi. 
3.  Melanodermiya  -  bitlarning  so’lagi  ta’siri  natijasida  hosil  bo’lgan 
to’qimadagi qonash va yallig’lanish hisobiga sodir bo’lgan pigmentatsiya. 
4.  Patak  (yag’ir)  juda  kam  uchraydigan,  boshni  qichish  tufayli,  soch 
tolalarining  yiringli  va  serozli  ajralmalarga  yopishib  so’ngra  qotib  kepak  va 
bularning ostida nam qatlam hosil bo’lishidir. Qichinishlar, dermatit, ekzema kabi 
ikkilamchi  teri  kasalliklarini  keltirib  chiqaradi.  Odamda  kiyim-bosh  va  qov 
bitlarining  uch  turi  mavjud.  Kiyim-bosh  bitlari  toshmali  tif,  volin  isitmasi  va 
qaytalama tif kasalliklarida tarqatuvchi hisoblanadi. 
Kiyim  bitlari  katta  epidemiologik  xavf  tug’diradi.  Chunki  ular  toshmali  va 
qaytalama  tiflarning  qo’zg’atuvchilari  mavjud  qonni  so’rib  olgach,  4-7  kundan 
so’ng  qo’zg’atuvchini  bemordan  sog’lom  odamga  yuqtirish  qobiliyatiga  ega 
bo’ladi. 
Toshmali  tifda  qo’zg’atuvchi  bit  oshqozonning  yoki  ingichka  ichagining 
epiteliy xujayralariga joylashib ko’payadi va najas orqali tashqariga chiqadi. 
Odamga toshmali tif va volin isitmasining yuqishi chaqishdan so’ng qichinish 
natijasida  bo’lgan  yulingan  joylarda,  bitning  najasi  tushganda  yoki  bitning  o’zi 
ezib  yuborilganda  yuz  beradi.  Kiyimga  o’tgan  bitning  najasida  Provachek 
rikketsiyalari  patogenlik  xususiyati  3  oy  va  undan  ko’p  muddatgacha  saqlanib 
turadi. 
Qaytalovchi tifda spiroxetalar qon orqali bitning me’dasiga, so’ngra tanasiga 
o’tadi.  Tanasida  spiroxetalari  bor  bit  qichish  paytida  ezib  yuborilganda  ushbu 
spiroxetalar odam terisining yuza qatlamlariga va shilliq pardalariga o’tadi. 
Toshmali  tif,  qaytalama  tif,  volin  isitmasi  kabi  bitlar  orqali  yuqadigan 
infeksiyalarning  qo’zg’atuvchilari  bitning  urg’ochisidan  naslga  transovarial 
o’tmaydi. 
Qov  biti  amalda  katta  epidemiologik  ahamiyatga  ega  emas.  Ammo  bosh  va 


 
71 
kiyim  biti  singari  kuchli  qichish  beradi.  Shuning  natijasida  bemorning  tinchligi 
buziladi. Kuchli qichinish natijasida paydo bo’lgan mayda tilinishlar tufayli har xil 
yiringli  kasalliklar  paydo  bo’lishi  mumkin.  Odamda  uning  kiyimi,  ko’rpa-
yostiqlarida va boshqa narsalarida bit bo’lishi Shu oilada yoki jamoada sanitariya-
ozodalik holati qoniqarsiz ekanligidan darak beradi. 
Bitlar-hashoratlarning  qon  so’ruvchi  turkumiga  kiradi,  odam  va  boshqa  sut 
emizuvchilarga ektoparazit (tashqi manqurt) hisoblanadi. 
Ushbu turkumning asosiy belgilari: tanasi ovalsimon yoki cho’zinchoq bo’lib, 
qorin  va  elka  yo’nalishda  yo’g’onlashgan  kulrang  jigar-rang  tusda,  yangi  qon 
so’rgan  bitlar  qizg’ish  qora  rangga  ega,  boshi  mayda  bo’lib  old  tomoni 
ingichkalashgan  ko’rinishli,  besh  bo’g’imli  mo’ylovli,  og’iz  apparati  sanchib 
so’ruvchi,  ko’krak  qismi  silliq,  qorin  qismi  9-ta  bo’g’imga  bo’lingan, 
urg’ochilarida  oxirgi  qismi  ikkiga  ayrilgan,  erkak  bitlarda  suyri  shaklda  bo’lib 
oxirgi  uchta  bo’g’im  bo’ylab  ustini  xitin  qoplagan,  konussimon  jinsiy  a’zosi 
ko’rinib turadi. Oyoqlari kuchli besh bo’g’imli, tizzasi qabariq, panjasining uchida 
o’roqsimon shakldagi tirnoqlar bo’lib ular tizza qabarig’i tomon egilgan, o’z shakli 
bilan ombirni eslatadi va kiyimga yopishish imkonini beradi. 
Erkak  bitlar  urg’ochilarga  nisbatan  kam  bo’ladi.  Bitlar  tuxum  qo’yuvchi 
hashoratdirlar.  Tuxumlari  (sirka)  uzinchoq-ovalsimon  shaklli,  tepa  qismi  tekis 
qopqoq  bilan  berkitilgandek,  sarg’ish,  oq  rangli,  pastki  qismi  bilan  soch  tolasiga 
yoki  matoning  ip  uchlariga  tuxum  qo’yish  paytida  urg’ochi  bitning  ajralmalari 
bilan yopishgan bo’ladi. 
Rivojlanishning  nojinsiy  bosqichlari  nimfalar  -  yetilgan  bitlardan  kichik 
jussasi,  tashqi  jinsiy  a’zolarining  yo’qligi  bilan  farqlanadi.  Rivojlanishning 
tuxumlik  davridan  boshqa  barcha  bosqichlarida  ho’jayin  to’qimasi  hisobiga 
yashaydi. 
Bosh  biti  soch  tolasining  teriga  yaqin  qismiga  yopishgan  bo’lsa,  kiyim  biti 
asosan  kiyimda  bo’ladi.  Odamlarga  bitlagan  odam  bilan  muloqotda  bo’lganda 
o’tadi. Masalan: bolalar jamoasida (bolalar bog’chasi, internat, lager), yo’lovchisi 
zich bo’lgan ulovda (transportda), kiyim, ko’rpa-yostiq, choyshab, taroq va cho’tka 
kabi ashyolardan bir necha kishi umumiy foydalanganda ham o’tishi mumkin. 
Katta  yoshdagi  odamlarga  qov  biti  asosan  jinsiy  muloqot  (yaqinlik)  paytida, 
bolalarga kattalarning kiyimi, parvarish paytida o’tishi kuzatiladi. 
Bosh va kiyim  bitlari  tashqi ko’rinishdan  bir-biriga  juda o’xshash bo’lib bir 
oilaga mansubdir. 
Bosh  biti  boshning  chakka,  qanshar  va  tepa  kabi  sochli  qismlarida  yashab 
ko’payadi.  Sovuqqa  chidamsiz,  tuxumi  5-9  kunda,  o’rtachasi  (lichinkasi)  15-17 
kunda  yetiladi.  Yetilgan  bosh  biti  27-30  kun  yashaydi.  Urg’ochisi  bir  kunda  2-7 
gacha,  umri  davomida  88  tadan  120  tagacha  tuxum  qo’yishi  mumkin.  Xo’jayin 
tanasini tark etgan bit bir kunga qolmay o’ladi. 
Profilaktik  va  qirg’in  keltiruvchi  choralarga  muntazam  badanni  toza  tutish 
(kamida  har  7-10  kunda  1  marta  cho’milish),  ichki  kiyimni  va  ko’rpa-yostiq 
jildlarini almashtirib turish yoki ularni kir bo’lib ketishiga  yo’l qo’ymasdan yuvib 
turish,  muntazam  ravishda  sochni  oldirish  va  har  kuni  tez-tez  sochni  tarash,  Shu 


 
72 
bilan  birga  ustki  kiyim-boshlarni,  ko’rpa-yostiqlarni,  uy-ro’zg’or  buyumlarni 
hamda xonalarni tozalikda ozoda saqlash kabi muolajalar kiradi. 
Bitning  (qaysi  bosqichdaligidan  qatiy  nazar)  borligi  aniqlanganda 
dezinseksiya  o’tkaziladi,  ya’ni  odamning  tanasidagi,  kiyimidagi  ko’rpa-
yostiqlaridagi va boshqa uy-ro’zg’or buyumlaridagi bitlar o’ldirilishi kerak. 
Bit va uning tuxumlarini yo’qotishda o’tkaziladigan dezinseksiyada mexanik, 
fizik va kimyoviy usullari qo’llaniladi. 
Bitlash  darajasi  kuchli  bo’lmay,  odamda  (tuxumlari  bilan  birga 
hisoblanganda)  10  tacha  bosh  biti  uchrasa,  ularni  yo’qotish  uchun  tishlari  zich 
taroq  bilan  sochni  tarash,  sochni  oldirish,  tuk  va  junlarni  qirish  kabi  mexanik 
usullarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. 
Olingan  sochlarni  bitlari  bilan  birga  yoqib  yuborish  maqsadida  soch 
olinayotgan paytda kleyonka yoki qog’oz to’shab yig’iladi. 
Sirkalardan tozalash uchun sochlarni tarashdan oldin boshni yaxshilab yuvish 
hamda  uni  ichimlik  sirkasi  yoki  5-10%  sirka  kislotasining  ilitilgan  eritmasi  bilan 
chayish kerak. So’ngra tishlariga sirka eritmasi shimdirilgan paxtalik pilik yoki ip 
o’tkazilgan mayda taroq bilan soch bit sirkasidan tozalanadi. 
Odam  tanasida  bit  topilganda  uning  badani  mochalka  (surtgich)  yordamida 
sovun surib issiq suvda yuviladi va bir yo’la ichki kiyimlar, ko’rpa-yostiq jildlari 
qaynatilib, qaynatilishi  mumkin bo’lmagan  kiyim-kechak  va  ko’rpa-yostiqlarning 
qaytarilgan joylariga issiq dazmol yurgiziladi. 
Odamning  sochli  va  tukli  joylariga  karbofosning  0,15%  suvli  eritmasi  (bir 
kishiga 10-50 ml), benzilbenzonatning suvdagi sovunli 20%li suspenziyasi (10-30 
ml),  borat  kislotasining  5%  li  surtmasi  (10-25  %),  kerosinning  10%  suvli-sovun 
emulsiyasi  (5-10  min)  kabi  insektitsidlar  bilan  ishlov  beriladi.  Bu  ishlov  berish 
payti 20-30 daqiqani tashkil etishi kerak. 
Insektitsidlar  bilan  ishlov  berilgach  va  yuvilgach  soch  sirka  kislotasining  5-
20% li suvli eritmasi bilan chayilishi lozim. 
Bosh  va  kiyim  biti  bilan  bitlagan  paytda  kasalliklar  o’chog’ida  boshqa 
vositalar  topilmasa  sun’iy  davo  moddasi  hisoblangan  butadionni  qo’llash  tavsiya 
etiladi.  Butadion  qabul  qilgan  odam  qoni  bosh  va  kiyim  bitlariga  14  kungacha 
zaharli ta’sir qiladi. Katta yoshdagilarga butadion ichishga ovqatdan so’ng ikki kun 
ichida 0,15 dan 4 mahal belgilanadi. Sutkalik miqdori 0,6 dan oshmasligi kerak, 4 
yoshgacha bo’lgan bolalarga butadion berilmaydi. 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga 
butadion  0,05  dan,  8  yoshdan  10  yoshgacha  0,08,  10  yoshdan  yuqori  bo’lgan 
bolalarga  0,12  ichish  tavsiya  etiladi.  Yuqoridagi  miqdorni  ikki  kun  davomida 
kuniga 3 mahal belgilanadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin