76
vositalar ("Sulfanol", "Profess", "Lotos", "Astra", "Ayna") tarkibida qo’llaniladi.
Vodorod peroksidini 1-6% li yuvuvchi vosita "Sulfanol", "Progress" eritmasi -
tiniq, sariqroq ishlov beriladigan predmetlarni buzmaydigan, metallarni
zanglantirmaydigai eritmadir. Vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan birga
qo’llanishi uning dezinfeksiyalash ta’sirini kuchaytiradi. Vodorod peroksidi va
yuvuvchi vositalar quyidagi hollarda ishlatiladi:
a) yuqumli kasalliklar shifoxonasi va bo’limlarda joriy va yakunlovchi
dezinfeksiya qilish uchun;
b) tug’ruqxonalar profilaktik zararsizlantirish maqsadida yopilganda (yiliga
kamida ikki marta) ularni yangidan ochish uchun dezinfeksiya qilish;
v) bolalar muassasalarida profilaktik va yakunlovchi dezinfeksiya qilish
uchun;
g) tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqaradigan zavodlarda dezinfeksiya va
sterilizatsiya qilish uchun.
Yuqorida ko’rsatilgan hollarda vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan
aralashmasi quyidagi ob’ektlarni dezinseksiya qilishda qo’llaniladi.
a) xonalar yuza sathini yuvish va zararsizlantirish (pol, devor, shift) uchun;
b) kiyim-kechaklarni va choyshablarni ivitib qo’yish va yuvish yo’li bilan
zararsizlantirish;
v) idish-tovoqlarni zararsizlantirish uchun.
Tarkibida 0,5% li N
2
O
2
va 0,5% li sintetik yuvish vositasi "Lotos" saqlagan
aralashmalar asboblarni sterilizatsiya qilishdan oldin yuvish uchun qo’llaniladi.
Polimer material, rezina, oyna, zanglamaydigan metallarni kimyoviy dezinfeksiya
qilishda 6% li vodorod peroksid qo’llaniladi.
Dezakson-1 - o’ziga xos uksus hidli, rangsiz suyuqlik bo’lib, tarkibida 8 - 5%
li naduksus kislotasi tutadi, suvda, spirtda va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi.
Dezakson eritma holida aktivligini tez yo’qotish sababli suvli eritmasi
tayyorlanishi bilanoq ishlatiladi. Bakteritsid, virusotsid va sporotsid xossaga ega.
Profilaktik va o’choqli dezinfeksiya uchun hamda plastmassali, zanglamaydigan
metallarni sterilizatsiya qilish uchun tavsiya etiladi. Shisha va polietilen idishda
30° dan yuqori bo’lmagan haroratda 6 oygacha saqlanadi.
Gibitan - rangsiz 20 % suvli eritma, suv bilan yaxshi aralashadi, qisman
zaharli, uzoq saqlanadi. Davolash muassasalarida bakteriyalar chaqirgan infeksiya
hollarida joriy va yakunlovchi dezinfeksiya uchun, 0,01 dan 0,5 gacha bo’lgan
eritmalari jarrohlik asboblari, jarroh qo’llarini zararsizlantirish uchun qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: