Og’iz orqali (peroral) emlash. Poliomielitga qarshi tirik vaksinani va
bakteriofaglarni og’iz orqali yuborish mumkin. Bu usulda yuboriladigan emdorilar
suyuq holda yoki quritilgan (tugmachalar, konfetlar) holda chiqariladi.
Burun orqali (intranazal) emlash. Bu usul bilan grippga qarshi tirik
vaksinani va odam leykotsitlarining interferonini gripp va boshqa virusli respirator
kasalliklarning oldini oluvchi dorilarni yuborish mumkin. Bu xil emdorilar shisha
idishchalarda quritilgan holda chiqariladi. Ishlatishdan oldin qaynatib uy haroratida
sovutilgan suvda eritiladi. Interferon esa distillangan steril suv bilan eritiladi.
Grippga qarshi tirik vaksina maxsus asbob yordamida burunga purkaladi,
interferon esa ingalyatsiya yo’li bilan yoki burunga tomizish yo’li bilan yuboriladi.